29.11.2022

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatriga tashrifi

Sapar Xoʻjaniyozov nomidagi Qoraqalpogʻiston yosh tomoshabinlar teatri — yoshlar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan teatr. Ushbu teatr bundan 40 yil avval ish boshlagan. Teatr jamoasi 1990-yili Toshkentda oʻtkazilgan birinchi hududiy Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston yosh tomoshabinlar teatrlari, 1998-yili Toshkentda oʻtkazilgan birinchi xalqaro “Humo”, 2007-yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtkazilgan Folklor va milliy teatrlar xalqaro festivallarida, oʻsha Misrda oʻtkazilgan teatr festivallarida muvaffaqiyatli ishtirok etip kelgan. 1978-yil sentabr da "Kechikkan bahor" (K.Rahmonov) spektakli bilan ochilgan. Teatrning ijodiy jamoasini, asosan, Toshkent teatr va rassomlik sanʼatini tugatib borgan yoshlar va Berdaq nomidagi teatrdan oʻtgan aktyorlar tashkil etadi. Teatr repertuarining shakllanishi, janr va mavzu nuqtai nazaridan boy va xilma-xilligini taʼminlashda mahalliy dramaturglardan K.Rahmonov, S.Jumagulov, S.Xoʻjaniyozov, Q.Matmurodov va boshqalarning xizmatlari katta boʻlgan. Chorak asr davomida teatr repertuari "Xeops piramidasi" (T.Qaipbergenov), "Mening doʻstlarim" (S.Xoʻjaniyozov), "Nukus afsonasi" (T.Seytjonov), "Toʻqqiz bemaza toʻngʻildoq va bir uddaburon chinqildoq" (K.Rahmonov), "Suyunchi" (P. Aytmurodov), "Pitoniyga sayohat" (J. Xoʻjanov), "Odamlar nega ayniydi" (S.Jumagulov), "Dutorly soldat" (P. Tlegenov) kabi zamonaviy va afsonaviy, doston va xalq ertaklari asosida yaratilgan sermazmun, tomoshabop spektakllarini qo’yib kelmoqda. 

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali hodimlari bilan birgalikda  malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom-xatiblar va noib imomlar 2022-jıl 11-noyabr kuni Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatriga tashrif buyurib spektakl tomosha  qildilar.

Izoh qoldirish