Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 2-davra tinglovchilari bilan 2022 yil 24 oktabr kuni tushdan keyingi tadbirlar rejasiga asosan Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida davra suhbati tashkil etildi.
Tinglovchilarni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Diniy-maʼrifiy tadbirlar boʼlimi boshligʼi Tohir Evadullayev kutib olib, ushbu markazning faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.
T.Evadullayev Markaz musulmon dunyosi buyuk mutafakkirlarining boy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʼshgan bebaho hissasi va ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʼrnini chuqur tadqiq etish va keng targʼib qilish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo munosabatlarda bagʼrikenglik, oʼzaro hurmat, tinch-totuv hayotga intilish kabi islom dinining asl qadriyatlari va madaniyatini toʼgʼri anglash va ularga sadoqat ruhida tarbiyalash, xalqaro miqyosdagi hamkorlik va oʼzaro muloqotni mustahkamlash maqsadida tashkil etilganligi bo’yicha o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Shuningdek, Markazda tashkil etilgan muzey markazidagi "Sahihi Buxoriy" kitobining qadimiy qo‘lyozma nusxasi va buyuk muhaddisning ayni paytda dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan noyob asarlarining nusxalari bo’yicha ma’lumotlar berib o’tildi.
Tinglovchilar Markazda allomalarning bebaho merosini o‘rganishda o‘ziga xos maktab yaratgan buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, ulug‘ faqihlar Burhoniddin Marg‘inoniy, Abullays Samarqandiy, kalom ilmining buyuk mutafakkirlari Abu Mansur Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ajdodlar boy merosini alohida-alohida o‘rganish va ilmning shu sohalari bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilganligiga bevosita guvoh bo’ldilar. Tadbir davomida tinglovchilar markazda tashkil etilgan markaz kutubxonasi bilan tanishdilar.
Tadbir davomida har bir kishi buyuk muhaddisning ibratli hayot yo‘li, ijodi va jahon ilm-ma’rifatiga qo‘shgan xissasi haqida o’zlarining qiziqtirgan savollarini berdilar va yangi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish