Qo’mondonlik tarkibi ofitserlari uchun malaka oshirish o’quvlari boshlandi
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2022-yilning 17-oktabr kunidan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Yot g’oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo’nalishida 72 soatlik malaka oshirish o’quvlari boshlandi. Unda 20 nafar tinglovchilar ishtirok etmoqda.
Ushbu o’quvlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” kitobining mazmun-mohiyati”, “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari”, “O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan diniy konfessiya va tashkilotlar faoliyati”, “O‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan ekstremistik oqimlar va norasmiy diniy jamoalar”, “Missionerlik va prozelitizm: mohiyat, maqsad va oqibatlar”, “Harbiy xizmatchilar orasida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga doir tavsiyalar”, “Islom dini manbalari va ularda insonparvarlik, vatanparavarlik g‘oyalarining aks etishi”, “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirishda axborot iste’moli madaniyatining o‘rni” kabi mavzularda dars mashg’ulotlari tashkil etiladi.
Mazkur o’quvlaridan ko’zlangan maqsad haybir xizmatchilarda turli yot g’oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, turli ekstremistik guruhlar va ularning targ’ibot usullari haqida to’liq tushunch hosil qilishlarini ta’minlash, missionerlik va prozelitizm g’oyalarining tarqalishini oldini olishga doir choralar ko’rish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, islom dini manbalarida aks etgan insonparvarlik, vatanparvarlik g’oyalarini yetkazish orqali harbiy xizmatchilarda burchga sadoqat va vatanga xizmat tuyg’ularini yanada mustahkamlash belgilangan.
Malaka oshirish o’quvlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish