04.10.2022

Qoraqalpog'iston Respublikasi I. V. Savickiy nomidagi davlat san’at muzeyiga sayohat

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali hodimlari bilan birgalikda  malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom-xatiblar va noib imomlar 2022-jıl 4-oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V.Savickiy nomidagi davlat san’at muzeyiga tashrif buyurib ekspoziciya zallarida joylashgan muzeyning bebaho eksponatlarini tomosha qildilar. 

Muzey 1966 yili rassom Oʼzbekistonga xizmat koʼrsatgan sanʼat arbobi, Qoraqalpogʼiston xalq rassomi, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sovrindori I.V.Saviсkiy tashabbusi bilan ochilgan.

I.V.Savitskiy 1915 yil Kiev shahrida tugʼilgan, 1984 yil Moskva shahrida kasalxonada vafot etadi, o’zining vasiyatiga koʼra Nukus shahriga dafn etilgan. Uning vafotidan so’ng muzeyga uning ismi berilgan. I.V.Saviсkiy Qoraqalpogʼistonda rassomchilik sanʼatining asoschilarining biri.

Muzey koʼrgazmalari 3 boʼlimdan iborat: Qoraqalpogʼistonning qadimiy davri (Qadim Xorazm, Kardar madaniyati) sanʼati, xalq amaliy sanʼati va tasviriy sanʼat boʼlimlari. Muzeyda jami 100 mingga yaqin ashyolar saqlanadi, shulardan 2500 mingga yaqini koʼrgazmaga qoʼyilgan. Xronologik jihatdan ashyolar bronza davridan to zamonaviy sanʼat asarlarini oʼz ichiga oladi. Muzeyning eng mashhur ashyolari qatoriga 1920-1930 yillar "Аvangard" deb nomlangan oʼzbek va rus rassomlarining asarlari kiradi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish