16.09.2022

Nukus shahridagi Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrifi

2022-yil 15-sentyabr kuni, Xalqimizning tarixini va madaniyatini, ota-bobolarimizdan bizga meros bo’lib qolgan urf-odat dastirlarimizni, qoraqalpoq xalqining o’tmishdagi tarixi, etnografiyasi, madaniyatini keng targ'ibot-tashviqot etish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialiga malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom xatib va imom noiblarimiz Nukus shahridagi Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Tinglovchilarimiz ko’rgazma zalidagi eksponatlar va rasmlarni tomosha qildilar.

 

Muzey fondida zargarlik, arxeologiya, hunarmandchilik, amaliy san'at, tabiat, XX asrga tegishli bo'lgan ma'lumotlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi tasviriy san'ati rivojiga hissa qo'shgan, shuningdek, Orolbo'yida ijod qilgan rassomlarning tasviriy san'at asarlari saqlanadi. 

Muzey 3 bo’limdan: tabiat va arxeologiya, yangi tarix va etnografiyadan iborat.                 7 fondga bo’lingan. 1. Qimbatbaho metallar fondi, 2. Etnografiya fondi, 3. Yangi tarix fondi, 4. Tabiat fondi, 5. Arxeologiya fondi, 6. Fotorasmlar va fotonegativlar fondi, 7. Hunarmand fondlaridan iborat.

Izoh qoldirish