Samartqand viloyati shahar va tumanlar targʼibot guruhlari rahbarlari, bosh imom-xatiblarning ayollar masalalari boʼyicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etilgan 1-kunlik o’quv-seminari tashkillashtirildi
2022-yil 16-iyun kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand mintaqiy filiali tomonidan Samartqand viloyati shahar va tumanlar targʼibot guruhlari rahbarlari, bosh imom-xatiblarning ayollar masalalari boʼyicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etilgan 1-kunlik o’quv-seminari tashkillashtirildi
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning 2022 yil 7-iyundagi №04-12/4503 sonli xatiga asosan 2022 yil 16-iyun kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand mintaqiy filiali tomonidan, hozirgi kunda dolzarb boʼlgan “Oilaviy ajrimlarni oldini olish” mavzusida otinoyilar, targʼibotchilar hamda yetakchi mutaxassislar uchun bir kunlik oʼquv seminar-trening mashgʼulotlari oʼquv jadvali asosida tashkil etildi.
Oʼquv-seminar 8-30 da boshlanib 13-20 gacha Samarqand viloyatidagi Samarqand shahri, Konsertlar zalida oʼtkazildi. Oʼquv seminarda quyidagi mavzularda mashgʼulotlar olib borildi:
1-Mavzu: Oʼzbekistonda davlat va din munosabatlarining ustuvor yoʼnalishlari, diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati.
Maʼruzachi: X.Djurakulov – Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqiy filialining kafedra mudiri, dotsent
2-Mavzu: Otinoyi tushunchasi, vazifalari va jamiyatdagi oʼrni, ahloq va odobi, shuningdek oilaviy ajrimlarning oldini olishdagi maʼsulyati.
Maʼruzachi: S.Najmiddinova – Din ishlari bo`yicha qo`mitaning viloyat hududiy boshqarmasining etakchi mutaxassisi
3-Mavzu: Mutaassiblikka moyilligi bor, yot gʼoya taʼsiriga berilgan xotin-qizlarning uyma-uy, mahallabay oʼrganish mexanizmi va ular bilan psixologik seminar-treninglarning oʼtkazish tamoyillari (usullari) haqida.
Maʼruzachilar: S.Zohidova – Viloyat targ`ibot guruh rahbari, M.Nurmatova – Respublika psixologlar uyushmasi a`zosi, SamDCHTI katta o`qituchisi
4-Mavzu: Jamiyatda din omillari bilan bogʼliq boʼlgan turli nozik savollarga xolis javoblar.
Maʼruzachi: N.Аbdumannonov – Samarqand shahridagi “Damariq” masjidi imom-xatibi
Tashkil etilgan oʼquv-seminarlar interaktiv, zamonaviy axborot-pedagogik texnologiyalar asosida maʼruza va amaliy shaklda olib borildi.
Izoh qoldirish