16.06.2022

Bosh imom-xatiblarning ayollar masalalari boʼyicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etilgan 1-kunlik o’quv-seminari

2022-yil 16-iyun kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqiy filiali tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi shahar va tumanlar Targ’ibot  guruhlari rahbarlari, bosh imom-xatiblarning ayollar masalalari boʼyicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etilgan 1-kunlik o’quv-seminari tashkillashtirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning 2022 yil 07-iyundagi №04-12/4503 sonli xatiga asosan 2022 yil 16-iyun kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqiy filiali tomonidan, hozirgi kunda dolzarb boʼlgan “Oilaviy ajrimlarni oldini olish” mavzusida otinoyilar, targʼibotchilar hamda yetakchi mutaxassislar uchun bir kunlik oʼquv seminar-trening mashgʼulotlari oʼquv jadvali asosida tashkil etildi. O’quv seminarni Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raysining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlari bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari R.Saparbaev ochib berdi va jamiyatda din omillari bilan bog’lik bo’lgan turli nozik savollarga xolis javoblar to’g’risida to’xtalib utdi.

1-Mavzu: Oʼzbekistonda davlat va din munosabatlarining ustuvor yoʼnalishlari, diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati. 

Maʼruzachi: J.N. Sagindiqov – Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqiy filialining falsafa fanlar nomzodi, dotsent 

2-Mavzu: Otinoyi tushunchasi, vazifalari va jamiyatdagi oʼrni, ahloq va odobi, shuningdek oilaviy ajrimlarning oldini olishdagi maʼsulyati.

Maʼruzachi: A.Idrisov - Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqiy filialining oʼqituvchisi.

3-Mavzu: Mutaassiblikka moyilligi bor, yot gʼoya taʼsiriga berilgan xotin-qizlarning uyma-uy, mahallabay oʼrganish mexanizmi va ular bilan psixologik seminar-treninglarning oʼtkazish tamoyillari (usullari) haqida.

Maʼruzachi: N.J.Sagindikova– Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat  Universiteti Psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), docent

Tashkil etilgan oʼquv-seminarlar interaktiv, zamonaviy axborot-pedagogik texnologiyalar asosida maʼruza va amaliy shaklda olib borildi.

 

Izoh qoldirish