16.06.2022

Qoraqalpog'iston Respublikasi I. V. Savickiy nomidagi davlat san’at muzeyiga sayohat

Qoraqalpog'iston Respublikasi I. V. Savickiy nomidagi davlat san’at  muzeyiga sayohat

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali hodimlari bilan birgalikda  malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom-xatiblar va noib imomlar 2022-jıl 16-iyun kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V.Savickiy nomidagi davlat san’at muzeyiga tashrif buyurib ekspoziciya zallarida joylashgan muzeyning bebaho eksponatlarini tomosha qildilar va ularga muzey eksponatları haqida keng tushincha berildi. 

 

Tinglovchilar bu eksponatlar haqida tushunchaga ega bo'lib, keng ma’lumotlar oldi.

Muzey davlatimizning yirik baʼdiy markazlaridan biri. Muzey koʼrgazmalari 3 boʼlimdan iborat: Qoraqalpogʼistonning qadimiy davri (Qadim Xorazm, Kardar madaniyati) sanʼati, xalq amaliy sanʼati va tasviriy sanʼat boʼlimlari. Muzeyda jami 100 mingga yaqin ashyolar saqlanadi, shulardan 2500 mingga yaqini koʼrgazmaga qoʼyilgan. Xronologik jihatdan ashyolar bronza davridan to zamonaviy sanʼat asarlarini oʼz ichiga oladi. Muzeyning eng mashhur ashyolari qatoriga 1920-1930 yillar "Аvangard" deb nomlangan oʼzbek va rus rassomlarining asarlari kiradi. 

Muzeyda rassomning hayotiga, ijodiga bagʼishlangan ashyolar va asarlar oʼrin olgan. Bu qavatda Oʼzbekistonning 1920-1930 yillardagi tasviriy sanʼat asarlari, realizm yoʼnalishi va boshqa rassomlar asarlari oʼrin olgan. Muzeyimiz fondida saqlanayotgan jahon sanʼati asarlari, shuningdek jahon durdonalari nusxalari ham koʼrgazmaga qoʼyilgan.

Muzey kollektsiyasining faqatgina 2,5% eksponatlari muzey ekspozitsiya zallarida namoyishda bo’lishiga qaramastan, muzey fondida saqlanib kelayotgan eksponatlar bilan muzeyga tashrif buyuruvchilar bilan tanishtirish maqsadida har yili muzey maʼmuriyati tarafidan 20 dan oshqin ko’rgazmalar tashkillashtiriladi. Faqatgina muzeyda emas balkim ko’chmali ko’rgazmalar muzey kollektsiyasin keng jamoatchilikka tanishtirishda ahamiyati juda katta.

Izoh qoldirish