16.06.2022

1-kunlik o’quv-seminari

022-yil 15-iyun kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqiy filiali tomonidan Xorazm viloyati shaxar va tumanlar targʼibot guruhlari rahbarlari, bosh imom-xatiblarning ayollar masalalari boʼyicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etilgan 1-kunlik o’quv-seminari tashkillashtirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning 2022 yil 07-iyundagi №04-12/4503 sonli xatiga asosan 2022 yil 15-iyun kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqiy filiali tomonidan, hozirgi kunda dolzarb boʼlgan “Oilaviy ajrimlarni oldini olish” mavzusida otinoyilar, targʼibotchilar hamda yetakchi mutaxassislar uchun bir kunlik oʼquv seminar-trening mashgʼulotlari oʼquv jadvali asosida tashkil etildi. 

Oʼquv-seminar 8-30 da boshlanib 13-20 gacha Xorazm viloyatidagi Urganch shahri, Yoshlar markazi binosi kata majlislar zalida oʼtkazildi. Oʼquv seminarda quyidagi mavzularda mashgʼulotlar olib borildi:

1-Mavzu: Oʼzbekistonda davlat va din munosabatlarining ustuvor yoʼnalishlari, diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati.

Maʼruzachi: J.N. Sagindiqov – Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqiy filialining falsafa fanlar nomzodi, dotsent 

2-Mavzu: Otinoyi tushunchasi, vazifalari va jamiyatdagi oʼrni, ahloq va odobi, shuningdek oilaviy ajrimlarning oldini olishdagi maʼsulyati.

Maʼruzachi: I.M.Sherniyazov - Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqiy filialining oʼqituvchisi.

3-Mavzu: Mutaassiblikka moyilligi bor, yot gʼoya taʼsiriga berilgan xotin-qizlarning uyma-uy, mahallabay oʼrganish mexanizmi va ular bilan psixologik seminar-treninglarning oʼtkazish tamoyillari (usullari) haqida.

Maʼruzachi: Jumaniyazova Muxayyo Xusinovna – Urganch davlat Universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)

4-Mavzu: Jamiyatda din omillari bilan bogʼliq boʼlgan turli nozik savollarga xolis javoblar. 

Maʼruzachi: Аbduqodirov Davron – “Faxriddin Аr Roziy” nomidagi oʼrta maxsus islom bilim yurti mudiri

Tashkil etilgan oʼquv-seminarlar interaktiv, zamonaviy axborot-pedagogik texnologiyalar asosida maʼruza va amaliy shaklda olib borildi.

 

Izoh qoldirish