11.06.2022

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyiga tashrifi

 2022-jıl 11-mart kuni O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali hodimlari bilan birgalikda  malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom-xatiblar va noib imomlar Berdaq  nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib bobomiz yashagan davri, uning o’qigan kitoblari, uning o’zi kiygan choponi, shu zomondagi kiyinish, tutunuv buyimlari bilan, shuningdek Berdaqning asarlari asosida ishlangan rassomlar bilan tanishdilar.

       Bu muzeyda qoraqalpoq xalqining buyuk donishmand shoyri va adibi Berdaqning boy tarixiy ijodi va davrini o’rganish, keng targ’ib qilish, shuningdek, o’g’zaki xalq ijodiyoti, erta davrdagi qoraqalpoq adabiyoti, qulyozmalar tarixi va Berdaqning keyingi davr adabiyotini o’rganish, yoshlar o’rtasida adabiy muhitni yanada keng rivojlantirish uchun xizmat etib kelmoqda. Bu erda xalqimizning uzoq asrlar davomida saqlap kelgan arab, forsi, turk va eski qoraqalpoq tillarida yozilgan qol yozmalar, tosh boshpa kitoblar madrasalarda o’qitilgan kitoblar, Berdaq yashagan davriga tegishli qoraqalpoq xalqining o’tmi  shi, buyimlari bor bo’lib, hozirgi kunda 5300 dan ko’proq eksponantlar to’plangan.

Shuningdek XIX-asrga tegishli qol yozma nusqasi, musulmonlarning eng muqaddas kitobi Kalamulla ya’niy Ollohning so’zi, Qur’on mushafining qo’ldan ko’chirilgan bir necha to’liq saqlangan nusqalari muzeyda saqlanip tur. 

Izoh qoldirish