09.06.2022

Nukus shahridagi Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat

2022-yil 9-iyun kuni, Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialiga malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom xatib va imom noiblarimiz xalqimizning tarixini va madaniyatini, ota-bobolarimizdan bizga meros bo’lib qolgan urf-odat dastirlarimizni, qoraqalpoq xalqining o’tmishdagi tarixi, etnografiyasi, madaniyatini keng targ'ibot-tashviqot etish maqsadida Nukus shahridagi Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurdilar va ko’rgazma zalidagi eksponatlar va rasmlarni tomosha qildilar.

Muzey fondida zargarlik, arxeologiya, hunarmandchilik, amaliy san'at, tabiat, XX asrga tegishli bo'lgan ma'lumotlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi tasviriy san'ati rivojiga hissa qo'shgan, shuningdek, Orolbo'yida ijod qilgan rassomlarning tasviriy san'at asarlari saqlanadi.

 

 

 

Izoh qoldirish