14.05.2022

"Islom maʼnaviyati yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati"

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Xalqaro Islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali hamkorligida "Islom maʼnaviyati yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati" mavzusida Milliy libos va san'at fakulteti talaba yoshlari bilan 2022 yil 13 may kuni davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Mirishkor” jome masjidi imom-noibi Turdiyev Abdulfayz Sherali o’g’li, Termiz davlat universitet korrupsiyaga komplayin nazorat tizimini bo'limi boshlig'i F.Qodirov, TerDU inspektori katta leytinant X.Mahmetov, Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Toshqobilov, tyutorlar hamda talabalar shtirok etishdi.

Suhbatda islom dinining kelib chiqish tarixi, Qur'oni Karim oyatlari, allomalar hadislari, islom dini to'g'ri talqin etish to'g'risida so'z olib borildi.

Tadbir fikr-mulohazalarga boy bo'ldi va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Izoh qoldirish

Izohlar