12.05.2022

Davra suhbati

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetida hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali hamkorlikda “Islom ma’naviyatining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida 2022 yil 12 may kuni davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida globallashuv sharoitida yoshlar ongida islomiy qarashlarni shaffoflashtirish, turli illatlarga qarshi kurashishda Islom dini asosi yuksak ahamiyatga ega ekanligi haqida. Islom anʼanalarini to’g’ri talqin qilishga doir hadisu shariflardan misol keltirib o’tildi

Davra suhbati davomida Islom olamidagi ilm, odob-axloq masalalari, ilm olishda ustozlarga hurmat va shu kabilar yuzasidan so'z yuritildi.

Tadbirda talabalar tomonidan turli savollar yo'llandi hamda javoblar olishdi.

 

Izoh qoldirish

Izohlar