23.04.2022

Imom xatiblar va imom noiblar uchun o’tkazilgan malaka oshirish o’quv kursining yakuni haqida

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialida 2022 yil 28-martdan 23-aprelgacha bo’lib o’tgan oltinchi davra ettinchi guruh imom xatiblar va imom noiblar uchun o’tkazilgan malaka oshirish o’quv kursining yakuni haqida MA’LUMOT

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialida 2023 yil 28-martdan 23-aprelgacha “Islomshunoslik (islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi)” yo’nalishi bo’yicha 144 soatlik imom-xatiblar va imom noiblar uchun malaka oshirish o’quv kursi tashkil etilib, Xorazm viloyatidan 3 nafar, Qoraqalpog’iston Respublikasidan 4 nafar, jami 7 nafar imom xatib va imom noiblar keldilar.

Rejaga mufofiq, 22-aprel sanasida malaka oshirish o’quv natijalari bo’yicha yakuniy nazorat test sinovlari o’tkazildi. Test sinovlarida malaka oshiruvchilar to’liq ishtirok etdi va barchasi ijobiy ballarga ega bo’ldi. 

23-aprel kuni tinglovchilar tomonidan tayyorlangan malakaviy ish himoyasi bo’lib o’tdi. Tinglovchilarning  malakaviy ish himoyalari komissiya a’zolari tomonidan ijobiy baholandi va 144 soatlik “Islomshunoslik” kursini muvaffaqqiyatli  tugatganliklari uchun sertifikatlar  topshirildi.

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish