19.04.2022

Termiz davlat universitetidagi Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyiga sayohat

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari 2022 yil 19-aprel kuni Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyiga tushdan keying tadbirlar rejasiga asosan sayohat uyushtirdilar.

Muzeyda zamonaviy texnik vositalar — sensor kiosk, monitorlar bilan jihozlangan podiumlarda turli hujjatlar, foto va video materiallar hamda qimmatli tarixiy eksponatlar joy olgan.

“Vatanimiz ozodligi yo‘lida jon fido qilganlarni xotirlash, ularning Vatan, xalq oldidagi buyuk xizmati va jasoratini yosh avlod o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu muzey eksponatlarini muntazam boyitib boramiz”, — deydi muzey direktori Anvar Boqiyev.

Ushbu Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida ayni paytda Chor rossiyasi mustamlakachilik, Sovet hokimiyati hamda Mustaqillik davri kabi bo‘limlar mavjud bo‘lib, 216 ta eksponat bilan boyitilgan.

Izoh qoldirish

Izohlar