19.04.2022

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali "Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari" kafedrasi o‘qituvchisi Jo‘rayev Akram Namozovich 2022 yil 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar.


Dastlab, mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tashrif davomida markaz rahbariyati hamda markazda tahsil olayotgan afg‘onistonlik yoshlar ishtirokida “Bugungi geosiyosiy jarayonlarda islom omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati davomida, Akram Jo‘rayev tomonidan: Dunyo siyosatida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan islom omili haqida so‘z yuritib, xususan, zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida musulmon mamlakatlarning kollektiv subektligiga doir yondashuvlar, musulmon dunyosidagi demografik o‘sish, migratsiya, xalqaro islomiy tashkilotlar faoliyati, Islom sivilizatsiyaning bugungi kundagi holati, G‘arb va musulmon olami o‘rtasidagi qarama-qarshi tendensiyalar borasida to‘xtalib o‘tildi.

Izoh qoldirish

Izohlar