17.03.2022

Ishanqal'a qo’rg’oniga sayohati

Ishanqal'a qo’rg’oni XIX asrning II yarmidan qurila boshlagan. Qal’aning o’rnida oldin XVIII asrlarda kichkina qishloq bo’lgan, keyinchalik bu qishloq o’rniga “Ishanqal’a” qurilgan. Bu qal’a XVIII-XIX asrda yashagan Imom eshon (Imamaddin Kayipnazar biy o’g’li) ning katta o’g’li Atag’ulla eshon tomonidan qishloq kuchi bilan Xivadagi ichan va Dichan qal’alarining dastlabki namunasi bo’yicha qurilgan. Qal’a qurilib tugatilgandan so’ng uning atrofidagi aholi qal’aga qo’shilib yashay boshlagan. Aytishlaricha, kuz va qishda odamlar Ishanqal’a yonida juda ko’payib ketishar ekan. Ularning hammasi dehkonlar, baliqchilar, cho’ponlar bo’lgan. Bir vaqtlari Ishanqal’aga qishni o’tkazish maqsadida kelgan oilalar soni  40 mingdan ortganligi aytiladi. Ishanqal’adagi masjid-madrasa hozirda ham saqlanip qolgan, unda bir paytning o’zida 50 ga yaqin talabalar ta’lim olgan. 

Qal’aning yonian kata kanallar qazilgan, ularga suvlar boshqa yirik kanallardan kelib turgan. Qal’aning turar uylari qurilgandan so’ng, unung asosiy devorlari qal’ani aylantirib qurilgan. Qal’a asosan diniy ta’lim berish maqsadida qurilgan bo’lganligi uchun uning devorlari juda baland qilib qurilmagan. Yozma manbalarga qaraganda, qal’aga 4 tomondan kirish eshigi va darvozasi bo’lgan.

Qal’a asta-sekin rivojlana boshlagan. Qal’ada har kuni saharda azon o’qilgan. Ma’lumotlarga ko’ra qal’a qurilmasidan oldin, qishloq nomi bir necha marta o’zgarib turgan. Qal’a qurilishi boshlangan vaqtda qishloq nomi “Kenjeli”  bo’lgan. Keyinchalik bu erda eshonlar yashaganligi bois qal’a nomi “Ishanqal’a” deb atala boshlagan. 

Ishanqal’a bilan bog’liq ko’plab rivoyatlar mavjud. Shulardan biri yaqin vaqtlargacha bu muqaddas dargohga yo’lbarslarning ziyoratga kelib turishidir. Keksa yoshdagi kishilar yo’lbarslar ulamolar yashagan boshqa joylarga ham ziyorat qilib turganligini ta’kidlashadi.

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali hodimlari bilan birgalikda  malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom-xatiblar va noib imomlar 2022-jıl 17-mart kuni Ishanqal'a qo’rg’oniga borib ziyorat qildilar.

 

 

 

Izoh qoldirish