10.03.2022

“Islom – ezgulik va tinchlik elchisi”

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 5-davra tinglovchilari 2022 yil 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar.

Dastlab, mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tashrif davomida markaz rahbariyati hamda markazda tahsil olayotgan afg‘onistonlik yoshlar ishtirokida “Islom –  ezgulik va tinchlik elchisi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida, imom-xatib va noiblar tomonidan: Islom dinining tinchlik dini, tinchlik va xotirjamlik Allohning katta ne’matlaridan ekanligi ushbu ne’mat uchun Allohga shukrona aytishimiz; har bir daqiqani g‘animat bilib ilm olish lozimligi; Har bir mamlakatning, jamiyatning taraqqiyoti u yerda ilmu fanning naqadar rivoj topgani bilan uzviy bog‘liqligi; Ilmga va uni o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor o‘sha davlatning ertangi kunini belgilab berishligi borasida to‘xtalib o‘tildi.

Izoh qoldirish

Izohlar