
Nukus shahridagi Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat
Nukus shahridagi Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1929 yilda tashkil etilgan. Dastlab To'rtko'l tumanida O'lkashunoslik muzeyi sifatida ish boshlagan inshoot 1944 yil Nukus shahriga ko'chirilgan. Bugungi kunda muzeyning etnografiya, tabiat, arxeologiya, hunarmandchilik, yangi tarix va fotografiya kabi fondlarida jami 90 mingga yaqin eksponat saqlanib kelinmoqda. Shundan 400 dan ziyodi noyob eksponat hisoblanadi. O'lar ulkamizning go’zal tabiatin, qoraqalpoq xalqining o’tmishdagi tarixi, etnografiyasi, madaniyati va Mustaqillik yutuqlari haqida so’z etadi.







Muzey fondida zargarlik, arxeologiya, hunarmandchilik, amaliy san'at, tabiat, XX asrga tegishli bo'lgan ma'lumotlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi tasviriy san'ati rivojiga hissa qo'shgan, shuningdek, Orolbo'yida ijod qilgan rassomlarning tasviriy san'at asarlari saqlanadi. Xalqimizning tarixini, san'at asarlarini o'zida jamlab, 90 yildan ortiqdan buyon beminnat xizmat qilib kelayotgan Qoraqalpoq davlat o'lkashunoslik muzeyiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi “2017-2018 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi nomi berilgan. Shuningdek ushbu qaror asosida Mo'ynoq tumani “Ekologiya” va Ellikqal'a tumani “Arxeologiya” muzeylari muzey filiallariga aylantirilgan.Muzey 3 bo’limdan: tabiat va arxeologiya, yangi tarix va etnografiyadan iborat. 7 fondga bo’lingan. 1. Qimbatbaho metallar fondi, 2. Etnografiya fondi, 3. Yangi tarix fondi, 4. Tabiat fondi, 5. Arxeologiya fondi, 6. Fotorasmlar va fotonegativlar fondi, 7. Hunarmand fondlaridan iborat.
25-fevralkuni, Xalqimizning tarixini va madaniyatini, ota-bobolarimizdan bizgameros bo’lib qolgan urf-odat dastirlarimizni, qoraqalpoq xalqining o’tmishdagi tarixi, etnografiyasi, madaniyatini keng targ'ibot-tashviqot etish maqsadida Qoraqalpog’istonRespublikasi mintaqaviy filialiga malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom xatib va imom noiblarimizni muzeygaolib bordilar. Tinglovchilarimiz ko’rgazma zalidagi eksponatlar va rasmlarni tomosha qildilar.
Izoh qoldirish