22.02.2022

Nuriddin domla hazratlari Nukus shahriga tashrifi

2022-yil 21-fevral kuni O’zbekiston musulmonlar idorasi raysi muftiy Nuriddin domla hazratlari Nukus shahridagi markaziy “Imom Eshon Muhammad” jome masjidida jamoa bilan peshin namozini birga ado etish va mav’iza qilish uchun tashrif buyurdilar. Peshin namozini masjid qavmi bilan ado etgandan so’ng, muftiy hazratlari Alloh taoloning bergan ne’matlariga shukr qilish fazilatlari haqida namozxonlarga suhbat qilib berdilar. Suhbatga O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali hodimlari va malaka oshirishga kelgan tinglovchilar ham qatnashdilar.  Yirik jome masjidga yig’ilgan mo’min-musulmonlar muftiy hazratlarining tashriflaridan behad mamnun bo’lib, go’zal suhbatlaridan ruxiy ozuqa oldillar.

Muftiy hazratlarining Qoraqalpog’iston diyoriga safarlari davom etmoqda, u Xudjayli tumani “Pirim iyshan baba” jome masjidiga quptan namoziga borib,  namozdan so’ng masjid jamoati bilan suhbat o’tkazmoqchi.

Izoh qoldirish