FOYDALI MANBALAR
Вилоятлар
Qisqacha ma'lumot
F.I.SH.:
Худайбердиев Фарход Зокирович
Kafedra va lavozimi:
Ижтимоий - иқтисодий фанлар, Ўқитувчи
Tug'ilgan sanasi:
1987-07-05
Davlat mukofoti va yili:
Yoq, Yoq
Ilmiy unvoni va darajasi:
,
Tugatgan oliygohi, mutaxassiligi va yili: Самарқанд давлат университети (кундузги), Ўзбекистон тарихи, 2015
Qisqacha ma'lumot:
Maqolalar:

МАЪНАВИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА СОХИБҚУРОН АМИР ТЕМУР ЎГИТЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ МАСАЛАЛАРИ

МАЪНАВИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА СОХИБҚУРОН АМИР ТЕМУР ЎГИТЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ МАСАЛАЛАРИ.

Жойлаштирди: Худайбердиев Фарход Зокирович
Кўриб чиқилди: 123
Metodik materiyallar:

GLOBAL O‘ZGARISHLAR VA YOSHLARNING MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORALARI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR KAFEDRASI

GLOBAL O‘ZGARISHLAR VA YOSHLARNING MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYASI SAMARADORLIGINI OSHIRISHCHORALARI (Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining milliy g‘oya fanlar yo‘nalishi o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma)

Samarqand -2016

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR KAFEDRASI

GLOBAL O‘ZGARISHLAR VA YOSHLARNING MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYASI SAMARADORLIGINI OSHIRISHCHORALARI

(Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining milliy g‘oya fanlar yo‘nalishi o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma)

Samarqand -2016

F.Xudayberdiyev Global o‘zgarishlar va yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirish choralari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining milliy g‘oya fanlar yo‘nalishi o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma–Samarqand, 2016, 24-bet.

Uslubiy ko‘rsatmadaGlobal o‘zgarishlar va yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirish choralariyoritilgan bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari va boshqa barcha xalq ta’limi muassasalari xodimlariga mo‘ljallangan.

         Mas’ul muharrir:     S.A.Yuldosheva- SamVXTXQTUMOI

                                  “Til va adabiyot ta’limi kafedrasi dotsenti

         Taqrizchilar:           G.Normurodova- SamDU O‘zbekiston tarixi

                                                 Kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Fayzieva M-SamVXTXQTUMOI “Ijtimoiy-iqtisodiy”                            fanlar kafedrasi assistent

Samarqand VXTXQTUMOI Ilmiy kengashining 2016 yil- iyundagi yig‘ilishida muhokama etilgan va __ sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan

KIRISH

XX asr so‘ngida ikki qarama-qarshi qutbli dunyoning barham topishi davrimizning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Prezident I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda quyidagicha ta’kidlaganidek, «XXI asr – shiddatkor tezliklar asri, axborot va axborot texnologiyalari asri, intellektual resurslar, yuksak texnologiya va zamonaviy bilimlar insoniyat taraqqiyotining asosiy va hal qiluvchi omiliga aylanayotgan davrdir».

         Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir esa ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga        o‘tkazayotgan         ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim. Bu hodisani chuqur o‘rganmay turib unga moslashish, kerak bo‘lganda, uning yo‘nalishini tegishli tarzda o‘zgartirish mumkin emas.

Globallashuv shunday jarayonki, uni chuqur o‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo‘yish bilan baravar bo‘ladi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o‘tkazgan va o‘tkazayotgan tadqiqotlarga ko‘z yugurtirish bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuv milliy ma’naviyatga ham ta’sir o‘tkazadi. Har qanday siyosat, jumladan iqtisodiy siyosat va ma’naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo‘lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga yetarli ko‘mak berishlarini e’tirof etishga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko‘proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yo‘nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning to‘g‘ri yo‘l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin.

Globallashuv va dunyo beqarorligining sabablari hamda manbalari.

Globallashuv shunday jarayonki, uni chuqur o‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo‘yish bilan baravar bo‘ladi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o‘tkazgan va o‘tkazayotgan tadqiqotlarga ko‘z yugurtirish bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi.

O‘z davrida fransuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma’nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” - deb yozgan edi. Ayni shu ma’noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma’nosini izohlashga harakat qilamiz. “Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes revyu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo‘llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan[1]. Mazkur ta’rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e’tibor berilgan. Baholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning ta’kidlashicha, “...eng umumiy ma’noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi”[2]. V.I.Danilov-Danilyan esa “Globallashuv ko‘proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so‘zdir. Globallashuv jihatlarining o‘zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas”[3], - deb yozgan edi. Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinadiki, globallashuv jarayoni o‘zining murakkabligi va serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham S.Otamuratov “...globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki uning makon va zamonda sodir bo‘lish xususiyatlari turlicha bo‘lib dunyoning o‘zgarishiga o‘tkazayotgan ta’sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo‘lmoqda”[4].

Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir shaxsning ma’naviyati va intellektual salohiyatiga yangicha talablar qo‘ymoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘laqonli a’zosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, yuqori bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo‘lgan talab kelajakda ham oshib boradi. Shu bois yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda.

Globallashuv – bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir.

Globallashuvning salbiy oqibatlari asosan, quyidagi sohalarda namoyon bo‘lmoqda: ekologiya, sog‘liqni saqlash, demografik, resurslar, axloq, oila, ta’lim-tarbiya, ma’naviy, dunyoqarash va boshqalar shular jumlasidandir. Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarida          yaxshi ifodalangan: “Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman”.

MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqda. Bu erda ular turli anjumanlar, seminarlar o‘tkazish uchun to‘planib turadilar.XX asr o‘rtalarida   globallashuvning institutsionallashuvi, ya’ni tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o‘zi ham keskin tezlashdi va shiddatli tus oldi. Institutsionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Evropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlarining vujudga kelgani misolida ham ko‘rish mumkin.

Globallashuvning taraqqiy qilgan mamlakatlarga yaratib berayotgan “marhamati”-qashshoq mamlakatlarni ularga bog‘lab qo‘yishning qaramlikka aylanishga olib boruvchi yo‘li, deyishimiz mumkin.

Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog‘liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi. Bunday sharoitda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo‘q emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va diniy eksteremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda.

Ma’lumki, hozirgi davr dunyo miqyosida mafkuraviy jarayonlar misli ko‘rilmagan darajada globallashib borayotgan davrdir. Axborot tarqatish jarayoni butun yer yuzini qamrab olmoqda. XX asrning so‘ngi o‘n yilligida yaratilgan mo‘jiza – xalqaro kompyuter tarmog‘i, ya’ni internet tizimining vujudga kelishi va u orqali axborot almashinuvi jarayonlarining tezlashib borishi bugungi kunda g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish ko‘lamini kengaytirmoqda. Internet insoniyatning muhim yutug‘i bo‘lib, axborot va kommunikatsiya jarayonlarini misli ko‘rilmagan darajada tezlashtirdi. Odamlarga qator qulayliklar yaratdi, ular o‘z uyidagi kompyuter qarshisida o‘tirgan holda pul topadigan, universitetda tahsil oladigan, buyum xarid qiladigan, hatto oila quradigan bo‘lishdi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra 2005 yilda AQSH va Evropada internet orqali amalga oshirilgan savdo-sotiqning umumiy hajmi 5 trillion dollarni tashkil qilgan edi.

Bu yaxshi, albatta. Lekin kuchli mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lgan bu mo‘jiza ayrim jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda Ushbu tizimdan qo‘poruvchilik, g‘oyani «eksport» qilish, odamlar ongini zaharlash maqsadida foydalanish esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtiradi, odamlarni elektron xurujlar qarshisida chorasiz qilib qo‘yadi.         Bugundunyo yagona axborot maydoniga aylanib borayotganligi globallashuvning xavfli jihatlaridan biri bo‘lib qolayotir. Axborot yovuz kuchlar - uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo‘lida xavfli qurolga aylanmoqda. «Ma’lumotlarga qaraganda, axborot tahdidini uyushtirish ustida 120 ga yaqin davlat «hamjihatlik» bilan ish olib boryapti.

Bugungi dunyoda axborot-kommunikatsiya jarayonlarida sun’iy yo‘ldoshlarning o‘rni katta bo‘lmoqda. Lekin fazodagi sun’iy yo‘ldoshlar bir nechagina - AQSH (30 ta), Yaponiya (21 ta), Rossiya (12 ta), Xitoy va Hindiston (9 tadan) davlatlariga tegishli, xolos. Qaysi davlat informatsion resurslarga ko‘proq ega bo‘lsa, uning axborot maydonidagi ta’siri ham orta boradi.

Jahon taraqqiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar.

XXI asrning dastlabki o‘n yilligida Yer yuzida yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ekologik muhit bilan bog‘liq global o‘zgarishlar dunyo mamlakatlarining har biriga bevosita ta’sir o‘tkazmoqda. Dunyoda kechayotgan global o‘zgarishlar va jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat g‘oyat murakkab, ziddiyatli jarayonlarning guvohi bo‘lmoqda. Jumladan u:     birinchidan, dunyo xaritasida yangi davlatlarning vujudga kelishi, insoniyatning tinch-totuv yashashi va taraqqiyotning yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi;

ikkinchidan, dunyoviy taraqqiyotga to‘siq bo‘ladigan, demokratik rivojlanishni izdan chiqaradigan va insoniyat birligiga tahdid soladigan g‘oyaviy yo‘nalishlarning vujudga kelishi;

uchinchidan, globallashuv jarayonining jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib kelayotgani bilan belgilanadi. "Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda.

Masalan, Internet tizimi orqali axborot almashuv, binobarin, g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda. Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir"[5].

Taassufki, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlardan ba’zan yovuz maqsad yo‘lida foydalanib, uni taraqqiyot kushandasiga aylantirayotgan kuchlar ham mavjud, ular o‘z sa’y-harakatlari bilan kishilarning tinch-farovon hayotiga daxl qilmoqda. Yangi axborot xurujlari inson ongi va qalbiga tajovuz qilib, uning turmush tarzi, qarashlarini o‘zgartirishga intilmoqda. "Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash xilma-xil g‘oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan mafkuralarning asosiy maqsadiga aylanmoqda"[6].

Shu ma’noda, XXI asrni axborot, targ‘ibot asri desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, bu davrda ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmas qudratli targ‘ibot kuchlari, demokratik rivojlanishni izdan chiqaradigan, xalqlar va millatlar tinchligiga rahna soladigan xavf-xatar hamda tahdidlar bizni har tomondan qurshab turgani barchaga ayon.

Xullas, dunyo xalqlari tarixining g‘oyat mas’uliyatli pallasida insoniyat ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Birinchisi, XXI asrda hali o‘z echimini topmagan an’anaviy muammolar bo‘lsa, ikkinchisi, so‘nggi vaqtda vujudga kelgan yangi xavf-xatar va tahdidlardir. Jumladan, butun insoniyatga tahdid solayotgan xalqaro terrorizm va ekstremizm dunyo sivilizatsiyasining, davlatlararo integratsiyaning ashaddiy dushmaniga aylanib bormoqda. U tobora kengayib, jahondagi ko‘plab mamlakatlarga balo-qazodek yopirilmoqda. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Bu ofat qachon, qaysi tomondan, qanday hujum qilishini hech kim bilmaydi[7]”. Shuning uchun ushbu tahdidlarga jiddiy yondashgan holda, ularni bartaraf etishning izchil va samarali yo‘llarini izlab topish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. “Har bir mamlakatning manfaatlari va xavfsizlikning yaxlitligi tamoyilidan kelib chiqib, hammamiz uchun umumiy bo‘lgan tahdidlarga qarshi kurashda yagona pozitsiyada turib ish tutmoq muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqadagi mavjud ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni baholashda kelishilgan yondashuvlar hamda radikalizm, ekstremizm mafkurasi xuruji va millatchilik ko‘rinishlariga qarshi javob harakatlarini ishlab chiqish zarur”[8].

Hozirgi davrda global muammolar bo‘yicha bosh qotirish, ularning echimini izlash taraqqiyotni belgilovchi hayot-mamot masalasiga aylandi. Jamiyatda global muammolar haqida habar tarqatmagan bironta ommaviy axborot vositasi qolmadi. Global muammolar bilan tegishli tashkilotlardan tashqari siyosiy etakchilar, xalqaro tashkilotlar, biznes tuzilmalari, nohukumat xalqaro tashkilotlar va hokazolar shug‘ullanmoqda. Qiziqishning bunday ommaviylashganiga qaramasdan, muammolar bo‘yicha hali hanuz echim topilmayapti.

XX asrning ikkinchi yarmidagi global muammolarning tahlili natijalariga ko‘ra, ularning planetar, umumdunyoviy xarakterga ega ekani, dunyo xalqlari manfaatlariga taalluqliligi, bunday sharoitda ishlab chiqarishdagi inqiroz insoniyat holatiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani, ularning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan qarorlar qabul qilinishi, chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurati tug‘ilgan. Bunday holat butun jahon hamjamiyati, barcha davlatlarning hamkorlikda harakat qilishi davr talabi ekanligini tushunish mumkin. Dastlab global muammolarga ekologik, tinchlikni saqlash va qurolsizlanish masalalari kiritilgan bo‘lsa, kelgusida uning tarkibi tobora kengayib boradi. Bugun globallashuv sharoitida qandaydir ma’noda global tus olmagan biron bir xalqaro masala qolgani yo‘q. Bu borada mamlakatimiz rahbari Islom Karimovning quyidagi fikrlariga e’tibor qaratish lozim: “Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida ta’kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o‘limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to‘siqlar bo‘lib qolmoqda”[9]. Bu fikrlar mazkur holat hozirgi davrning dolzarb muammolari ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Bugungi kunda dunyoning beqarorligi, antropogen xususiyatdagi kishilar faoliyati, ularning hayotiga tahdid solishi mumkinligi haqidagi qarashlar beqarorlik va tahdidlarni kim, qanday qilib va qaysi faoliyat turlari keltirib chiqarishini aniqlab olishni taqozo etadi. Ayrim kishilar, guruhlar, jamiyatlar, kompaniya va davlatlar ongsiz tarzda yoki g‘arazli niyatda emas, balki yaxshilikni ko‘zlab yohud o‘z maqsadlarini amalga oshira borib, beqarorlik va tahdidlar vujudga kelishiga imkon yaratadi. Shu bois, jahon hamjamiyatining sa’y-harakatlari ko‘p qirrali beqarorlikni bartaraf etishga yo‘naltirilishi lozim.

Bu borada davlatimiz rahbari Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin: “Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo‘lishimiz shart.

Ma’lumki, hayot xech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Shu bois, avvalambor, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli falokatlar, jahon iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozini oldindan ko‘rish imkonini beradigan, har tomonlama chuqur o‘ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‘lgan mamlakat va xalq pirovard natijada muvaffaqiyatga erishadi”[10]. Shu bois globallashuv sharoitida dunyo davlatlarida qator muammolar yuzaga kelayaptiki, bular, o‘z navbatida, davlatlarning tashqi va ichki siyosatida beqarorlik vaziyatlarini keltirib chiqarmoqda.

XXI asr boshida dunyo bo‘yicha globallashuv jaryoni sodir bo‘layotgan hozirgi sharoitda bir tomonda insoniyatning mushtarak bo‘lgan ko‘pchilik manfaatlarini ko‘zlab, yangicha ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy munosabatlar qaror topayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa insoniyat tor doiradagi manfaatlar bo‘lgan diniy va milliy ruhdagi ekstremizm, narkobiznes va halqaro terrorizm tushunchalari va ularning mudhish hodisalariga duch kelmoqda. Shu nuqtai nazardan qarab, ekstremizmning mazmuni va mohiyati to‘g‘risida fikr yuritilsa, aytish mumkinki, jamiyatda qabul qilingan va faoliyat ko‘rsatayotgan qonun - qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo‘lgan g‘oyalar «ekstremistik» hisoblanadi. Dinning qandaydir bir yo‘nalishini buzgan holda talqin etib, siyosiy maqsadni ko‘zlovchi harakat diniy ekstremizmga olib keladi. Diniy ekstremizm qanday nomlanmasin yoki qanday ko‘rinishga ega bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni shakllantirish orqali hokimiyatni qo‘lga olishdan iboratdir. Bunday havfli illatdan O‘zbekiston mamlakati ham to‘ligicha holi bo‘lmaganligini muhtaram yurtboshimiz Islom Karimov Konstitutsiyamizning 13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek,-«Yana bizga shunisi ham yaxshi ma’lumki, qo‘lga kiritayotgan yutuqlarimiz g‘animlarga, bizga o‘zini hayrihoh ko‘rsatuvchi aslida esa erishgan yutuqlarimizdan g‘ashi kelayotgan ba’zi do‘stlarimizga yoqmaydi. Hayotimizdagi yangilanishlar ularning asablarini buzadi, halovatini ug‘irlaydi.Ayrimlar bu holatni mevali daraxtga tosh otiladi degan naql bilan izohlashar, lekin mamlakatimiz tomon «otilayotgan» goh mafkuraviy, goh axborot xuruji tarzidagi bu toshlar, tassufki oddiy emas. Bu «tosh» g‘araz, hasad, adovat, xusumat, yovuzlik, hudbinlik singari irqiy illatlardan tashkil topgandir. Shuning uchun ham u xavflidir, zulmatga eltuvchidir».  

Xo‘sh, ekstremizm va uni keltirib chiqaradigan omillar nimalardan iborat? Ekstremizm – lotincha (extremus – o‘ta,keskin degan mazmunni beradi) jamiyatdagi ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora-tadbirlar, fikr va qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir.

Ekstremizm mazmuniga ko‘ra – diniy va dunyoviy bo‘lishi yoki namoyon bo‘lishiga ko‘ra – hududiy, mintaqaviy, halqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistlar qarashlari juda chuqur ildizlarga ega bo‘lib, ular hech qachon chegara bilmagan yoki din, millat, biron bir mamlakat hududini tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lsa, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Ular xristian dinida, katoliklar, protestantlar, provaslavlar orasida ham mavjud.

Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan bo‘lib, ular qayerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom diniy «xalifalik» davlatini barpo qilishdir. Bu maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar keltirib chiqarib qurolli to‘qnashuvlar orqali ya’ni qon to‘kish, zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar. Bu esa har bir millatning mustaqilligiga, jamiyat taraqqiyotiga katta g‘ov hisoblanadi.

Islom diniy ekstremizmi o‘zining ikki xususiyati bilan boshqa ekstremistik guruhlardan ajralib turadi. Birinchisi, ularning aqidalariga ko‘ra, go‘yo barcha hozirgi zamon islomga e’tiqod qiladigan   davlatlardagi musulmonlar jamoalari islomiy tuslarini yo‘qotgan bo‘lib, joxiliya (islom kelib chiqishidan avvalgi arablardagi ma’naviy buzilish davri) jamiyatlariga aylanib qolgan deb hisoblaydi. Bunday yondoshuv faoliyatdagi hukumat va uning olib borayotgan siyosatini tanqid qilishga asos qilib olinadi. Ikkinchidan, ular go‘yo, «haqiqiy» musulmonlar bo‘lib, o‘zlarini hokimiyatga kelishlari uchun barpo qiladigan «islomiy tartibni» qaror toptirishning yagona yo‘li keskin va jangarilik yo‘li bilan agressiv harakat qilish lozim deb hisoblaydilar.

Aslida esa islom ekstremizmi g‘oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‘oyalardan faqat vosita va niqob sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, iqtisodiyotni turli yo‘llar bilan (diversiya qilib) izdan chiqarish, iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarish orqali hukumatni kuchsizlantirib obruyini to‘kishdir.    

Islom ekstremizmi o‘zining shunday g‘arazli harakatlarida muqaddas Qur’oni Karim oyatlaridan foydalanib, islomning sof g‘oyalarini jamiyatga tadbiq etish emas, balki yurtdoshlarimizning e’tiborlarini chalg‘itib islom omili orqali xokimiyatga intilishdan boshqa narsani ko‘zlamaydi. Shu o‘rinda Prezidentimiz I. Karimovning fikriga e’tiborni qarataylik. «Oq-qorani, do‘st-dushmanni taniydigan xalqimiz din nimayu soxta aqidalar nimaligini, kim pok niyatli xudojuy insonu, kim munofiq, riyokor ekanini yaxshi biladi. Taassufki, ba’zan islom dini va islom fundamentalizmi haqida gapirganda bu ikki tushunchani bir-biriga aralashtirib yuborish xollari uchramoqda... Muqaddas islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan allaqanday mutaassib kuchlar, tabiiyki, yer yuzidagi barcha musulmonlarning ruhiy olami va dunyokarashini belgilay olmaydi»,- deb qayd etadi yurtboshimiz. Darhaqiqat, islom dinining ma’rifiy-ma’naviy mohiyati va mazmunini xalqimiz yaxshi biladi.

Terrorizmning mohiyati to‘g‘risida fikr yuritilsa, terrorizm tushunchasi (lotincha – «terror» - qurquv, dahshat ma’nolarini anglatadi) ma’lum yovuz maqsadlar yo‘lida siyosiy kurashning jamiyatda beqarorlik o‘rnatishga hamda aholida vahima va dahshat uyg‘otishga qaratilgan jinoiy usuldir. Bu konsperativ ruhdagi tashkilotlar davlatni beqarorlik holatiga keltirishda shu usuldan foydalanadilar. Terrorizmning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, u buzg‘unchilik, qo‘poruvchilik, qo‘rqitish yo‘li bilan o‘z hukmini o‘tkazib, davlatni qulatuvchi, hokimiyatga erishishda parokandalikka olib keluvchi g‘oyasidan foydalanish bilan xarakterlanadi.

Hozirgi davrdagi shakllangan halqaro terrorizm tushunchasida esa davlatlar, halqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalarni beqarorlashtirish va halqaro ijtimoiy – siyosiy nufuzga ega bo‘lgan alohida siyosiy arboblarni qotil qilishga yo‘naltirilgan buzg‘unchi siyosiy xususiyati bilan xarakterlanadi.

Terrorizm iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, milliy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta’qib qilish, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorizmning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, u gumanizm, demokratiya, adolat tamoyilillariga ziddir. SHuning uchun terrorizm qanday «bayroq» ostida amalga oshirilmasin, mohiyati insoniyatga, jamiyat taraqqiyotiga, ezgulikka qarshi jinoyatdir.

Terrorning iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlovchi, moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad qilib olgan ko‘rinishlarda, raqib shaxslarni jismoniy yo‘q qilish, o‘g‘irlab ketish, garovga olish, tajovuz bilan qo‘rqitib o‘z hukmini o‘tkazish yoki raqiblar boyliklarini o‘zlashtirishda foydalanadi.

Siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan terrorizm qadimdan mavjuddir. Masalan, O‘rta asrlar davrida siyosiy terrorchilik diniy mazmundagi terrorchilik bilan qo‘shilib ketgan edi. Chunki, o‘sha davrlarda hukmdorlar ham diniy hamda dunyoviy hokimiyatni o‘yg‘unlashtirib boshqarganlar. Islomda Muhammad s.a.v vafotidan keyinga to‘rtta halifadan faqatgina Abu Bakr Siddiq o‘z ajali bilan vafot etgan. Qolgan halifalar Umar Ibn Xattob, Usmon Ibn Affon va Ali Ibn Abu Toliblar ham siyosiy muholiflari tomonidan terroristik yo‘l bilan o‘ldirilganligini ko‘rish mumkin.

O‘rta asrlarda G’arbiy Yevropada ham muqaddas «Injil» g‘oyalariga shak keltirganlar «Rim Papasi» tomonidan terror qilingan. Yoki XVIII asrlarga kelib diniy ma’rifat o‘rniga dunyoviy bilimlarning jamiyatdagi o‘rni ko‘chayishi, dunyoviylikka asoslangan siyosat qaror topishi bilan siyosiy terror kuchaydi. Masalan, Galileo Galiley jazolanishi, Jardano Brunoning o‘tda kuydirilishi kabi voqealar juda ko‘p marta amalga oshirilgan.

XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib terrorchilik alohida olingan davlat yoki mintaqa doirasidan chetga chiqib, halqaro miqyosda uyushgan tashkilot darajasigacha ko‘tarildi. Ular ezgulik g‘oyalariga qarshi, muxolif g‘oya sifatida uyushib insoniyat taraqqiyotiga havf solayotgan halqaro tashkilotga aylanib ulgurdi.

Hozirgi kunda jahonda 500 dan ortiq halqaro terroristik tashkilotlar, markazlar mavjud, eng dahshatlilaridan bo‘lgan «Al-qoida» xalqaro terroristik tashkiloti tomonidan AQSH, Yevropa, Yaqin Sharq, Iroq, Rossiya, Ispaniya, Turkiya va O‘zbekiston kabi davlatlarda sodir etilgan dahshatli terroristik hurujlar shuni ko‘rsatadiki, terrorizm qanday bayroq ko‘tarib chiqmasin (diniymi, siyosiymi, iqtisodiymi, milliymi) qanday niqoblar bilan bo‘yalmasin, uning reaksion jangari jinoyatkorona mohiyatini tushunib olib, ularning yovuz niyatini ochib tashlash har bir ongli, vatanparvar insonning burchidir.

O‘zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmi va ekstremizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, shu yo‘l bilan islohotchi dunyoviy davlatga ishonchini yo‘qotish, vujudga kelgan umumhalq birdamligi va hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqda. Ular va boshqa diniy aqidaparastlik guruhlariga oid ba’zi g‘arazli shaxslar chet eldan bizga yot-begona bo‘lgan g‘oyalar va ekstremistik oqimlarning adabiyotlari, mablag‘larini olib kelib, islom dini niqobi ostida harakat qilmoqdalar. Islom ekstremizmi va terrorizmining maqsadi, mohiyati hamda bugungi mustaqil O‘zbekiston uchun mavjud tahdidini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida», «Olloh qalbimizda, yuragimizda», «Vatanimizning tinchligi va havfsizligi o‘z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq» kabi asarlari, shuningdek, (2005 yil yanvardagi) Rossiyani «Nezavisimaya» gazetasi muhbiriga bergan intervyusida hamda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma’ro‘zasini 4-qismida ham alohida ta’kidlab aytdiki, «islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik mafkurasini yaratayotgan ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda yoshlar ongini zaharlab, ulardan terrorchilar tayyorlab musulmon olamida halifalik davlati tuzishdek xomhayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak» deb vazifa qo‘ydi.

Yurtboshimiz yana shu ma’ro‘zasida alohida ta’kidladiki, halqaro terrorizmni ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas islom dini bilan bog‘lashdek havfli niyat va urinishlarni keskin qoralaymiz. Bular «Al-qoida», «Xizbut taxrir» kabi ashaddiy ekstremistik tashkilotlardir. Bugun bag‘ri keng, ma’rifatli islomni niqob qilib olib, islom dini obro‘yini tushurishga qarshi kurashmok har bir musulmon, niyati pok kishining burchi ekanligini belgilab berdi.

Hozirgi vaqtda dunyoda 500 ga yaqin ekstremistik, terroristik tashkilotlar mavjud bo‘lib, ulardan 100 ga yaqini qurollangan tashkilotlardir. Masalan: «Al-qoida», «Xizbullox», «Xamaz», «Abu Said», «Tolibon», «Jamoati islomiy», «O‘zbekiston islom harakati», «Hizbut tahrir» kabilardir. Hozirgi vaqtda ekstremistik tashkilotlarning ixtiyorida 45 milliard dollarga ega bo‘lgan mablag‘i va 400 ga yaqin kompaniyalari mavjudligi adabiyotlarda qayd etiladi.

Hozirgi vaqtda jahonda ekstremistik, terroristik tashkilotlarning 3 ta geografik o‘chog‘i yoki markazi mavjud:

1-markaz, Shimoliy Afrika: Misr, Jazoir, Sudanda «Musulmon birodarlari» tashkiloti 1928 yildan bo‘yon faoliyat ko‘rsatmoqda.

2- markaz Yaqin Sharq: Falastin, Iroq, Livan bo‘lib, u yerda asosan «Hizbulloq» faoliyat olib boradi. Bu tashkilot hozirgacha 800 ga yaqin terroristik jinoyatlarni amalga oshirgan. Falastinda «Hamaz» tashkiloti faoliyat ko‘rsatadi. Ular asosan, «Kamikadze» (o‘z-o‘zini qurbon qilish) usulida kurash olib boradi.

3-geografik markazni Janubiy Sharqiy o‘choq deb atasa bo‘ladi. Pokiston janubida «Al-qoida», «Turkiston islom harakati», «Tolibon kuchlari» bor. Xindistondagi Kashmir viloyatida «Tablo» jamiyati bo‘lib, ular Indoneziya, Filippinda ham faoliyat olib boradi.

Shunday qilib, diniy ekstremistik va terrroristik faoliyatlar amalda 3 ta usulda olib borilishi kuzatiladi:

1-usul: Diniy tashkilot bo‘lgan machitlarga yordam ko‘rinishida bo‘lsa;

2- yo‘nalish diniy struktura (tashkilot) lar tuzilishi orqali amalga oshiriladi. Masalan: 1990 yillarda O‘zbekistonda «Tavba», «Adolat», «Islom lashkarlari», «Turkiston islom tashkiloti» «Akromiylar» «Nurchilar» kabi tashkilotlarni tuzishgan.

3-ish uslubida davlat tomonidan kam e’tibor beradigan joylarda o‘zlarini nazoratini o‘rnatish yoki kuchaytirish orqali faoliyat olib boradi. Masalan: Filippinda, Tojikistonda, Chechenistonda, Afg‘oniston kabi joylarda o‘zlarining ta’siriga olishgan edi.

Ekstremistik harakat bo‘lgan «Hizbut tahrir» - ancha ustalik va firibgarlik bilan faqat g‘oyaviy kurash olib boramiz deb, yoshlar ongini zaharlaydi. Ularning ish faoliyati 3 bosqichdan iboratdir.

1-bosqich - islomiy madaniyatni shakllantirish;

2-bosqich - butun xalqni islomlashtirish;

3-bosqich – inqilob qilib davlat to‘ntirishini amalga oshirish.

Bunda ham kuch ishlatish, zo‘ravonlik qilib, portlatishni amalga oshirishni ko‘zda tutadi va bu jarayonni nihoyatda yashirincha saqlaydi. Ular Rossiyada, Germaniyada ham terroristik tashkilot deb tan olingan. Buni shunda ko‘rish mumkinki, Rossiyada ayol kishi «Hizbut tahrir» ga a’zo bo‘lib, uni chuqur o‘rganib, «200 dney jixada» nomli maqolasini matbuotda e’lon qilgan. Unda «Hizbut tahrir»ning makkorona mohiyatini ochib bergan va uning terrorizmga tayyorlaydigan ekstremistik tashkilotlar ekanligini isbotlagan.  

Ekstremistik tashkilot bo‘lgan «Hizbut tahrir»ni boshqaruv markazi Britaniyaning poytaxti Londonda joylashgan. Ekstremistik va terroristik tashkilotlarni ayrim davlatlar moliyalashtiradi. Masalan: Ben Laden tashkilotini ham mustahkamlashda ayrim davlatlar yordami bo‘lganligi adabiyotlarda qayd

Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatishga o‘rinayotgan ekstremizm 1970 yillarda boshlanib, hozirgacha 5 ta bosqichni bosib o‘tgan.

1-bosqich – 1970-85 yillar bo‘lib, 1956 yilda Sobiq Sho‘rolar xukumati ayrim arab davlatlari bilan aloqa qiladi va shu doirada Livan davlati muftisi Moskvaga keladi va I. Buxoriy qabrini ziyorat qilishni so‘raydi va shu yo‘l bilan sovet davrida islom diniga munosabatni aniqlab ketadi.

1985-89 yillarda 2-bosqichda O‘zbekistonga tashqaridan diniy mavzudagi adabiyotlar kirib kela boshladi. Uni chetdan o‘qish uchun kelgan talabalar yoki o‘qituvchilar orqali amalga oshirilib, shu sababli islomga e’tiqod qiluvchilar orasida ayrim ixtiloflar, har xil oqimlar kelib chiqadi va ular machitlarda ham turli mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qila boshlaydi.

3-bosqich 1989-93 yillarda mustaqillik munosabati bilan O‘zbekistonda dinga katta erkinlik berib yuboriladi. O‘zbekistondagi machitlar 5000 tadan oshib ketadi va bundan foydalanib Farg‘ona vodiysida «Adolat», «Islom o‘yg‘onish partiyasi», «Nurchilar» kabi guruhlar kelib chiqib, davlatga qarshi ochiqchasiga siyosiy talablar qo‘ya boshladi.

4-bosqich 1993-99 yillarda diniy ekstremistlar mahfiy faoliyatga o‘tdi va ular ko‘prok yoshlarni jalb qila boshlashdi. Asosan dunyoviy va diniy bilimga ega bo‘lmagan yoshlarni ko‘proq qamrab oldi. 1996 yilda Juma Namongoniy rahbarligida «O‘zbekiston islomiy harakat» ni tashkil qiladi. Ular oldin Tojikiston va Afg‘onistonga o‘tib, Usama Bin Laden bilan birlashdi.

5-bosqich 1999 yildan keyingi bosqichdagi ekstremizm bir muncha ayollar faoliyatiga e’tiborni kuchaytirib, shu yo‘l orqali ayollar o‘zlarini o‘zlari portlatish darajasigacha olib keldi. «Hizbut tahrir»ning «Ong» degan jurnalida shu jamoa a’zolarini shaxid darajasigacha chiqaradi, ya’ni o‘zini o‘zi o‘ldrishgacha olib boradi. Islom olimlari esa «Hizbut tahrir» ni islomga zid bo‘lgan g‘oyadir deb tan olishgan.

Zero, biz farzandlarimizni Prezidentimiz aytganidek, islomdagi Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar, Yassaviylar, Termiziylar ta’limoti asosida tarbiyalasak, ularni turli islom niqobi ostidagi g‘arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga meros bo‘lgan musaffo, ma’rifatli islom bilan ekstremizm farqini ajrata oladigan darajada yoshlarimizni bilimli qilishimiz zarur bo‘ladi.

Shunday qilib, bugungi davrda kim bo‘lishimiz va qanday mavqega ega bo‘lishimizdan qat’iy nazar, har birimizning vazifamiz ekstremizm va terrorizmning qabihva g‘arazli jinoyatkorona maqsad va mohiyatini yoshlarimiz va butun xalqimiz orasida tinimsiz fosh qilish asosida ogohlikka chaqirishdan iboratdir.

Islomni asl holida saqlab qolish uchun harakat qilib, odamlarni bir-biriga qarshi qo‘yib, qon to‘kishni tashkil qilayotgan, amalda o‘zining huzur-halovatini o‘ylayotgan kimsalarni Yevropada fundamentalistlar deb ataydilar.

«Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo‘lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o‘ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko‘rsatuvchi misollar ko‘p. Fanatizmning o‘ziga xos xususiyati va ko‘rinishlari, avvalambor o‘z dinining haqiqiyligiga o‘ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishdan iboratdir».

Mas’uliyatli davrda, istiqlolimiz uchun kurash jarayonida yoshlarimizni axloqiy yetuk inson sifatida tarbiyalashda din barcha illatlardan poklanishga, yuksak axloqiy negizlar va ma’naviy fazilatlarni tiklashga ko‘maklashadi.

Din iymon, e’tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy qadriyatlarni hurmat qilgan holda, yoshlarni zamonaviy dunyoviy fanlar asosida tarbiyalash mutlaqo zamon talabi ekanligini unutmaslik kerak.

Prezidentimiz «O‘zbekiston buyuk kelajak sari» asarida «Biz bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz, lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz», degan edi.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib shunday xulosa chiqarish zarurki, aholining barcha qatlamlarida mafkuraviy tarbiya tizimini izchil ravishda yo‘lga qo‘yish davr talabidir. Shu o‘rinda Prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin. «Men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» degan fikrini ko‘p mushohada qilaman”.

O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari.

Mamlakatimiz aholisi o‘rtasida milliy g‘oyani keng targ‘ib etish yurtdoshlarimizda dunyoda va yon atrofimizda sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlarga nisbatan ongli munosabatni, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 18 yanvardagi F-1331-sonli “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va Respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga muvofiq yangi avlod darsliklari, o‘quv va metodik adabiyotlar tayyorlandi hamda uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etildi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Kuch – bilim va tafakkurda”. Bugun yoshlarimiz o‘zlarining kim ekanligini, hech kimdan kam emasligini, ajdodlari kim bo‘lganini anglab etdilar. Lekin ayni paytda xalqimizning ma’naviy birligiga rahna solishga, yoshlarimizning yurtimizga bo‘lgan ishonch-e’tiqodini buzishga urinayotgan kuchlar ham borki, ular turli xil vayronkor, aldamchi g‘oyalarni pesh qilib, yovuz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, ayrim irodasi zaif yoshlardan o‘z yurtiga, ona-Vataniga, hatto, ota-onasiga qarshi bo‘lgan kimsalarni tayyorlashga urinmoqdalar.

Bunday sharoitda yot g‘oyalarga qarshi kurashni bir daqiqa ham susaytirib bo‘lmaydi. Bu borada targ‘ibotchi-tashviqotchilar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, olimlar, shoir, yozuvchilar yoshlar bilan bo‘layotgan suhbat va uchrashuvlarda g‘oyaviy dushmanlarni mafkuraviy qurolsizlantirish, ularning mamlakatimizga qarshi qaratilgan tahdidlarini, g‘oyaviy, mafkuraviy, informatsion xurujlarini, uydirmalarini fosh qilish xalqimizda, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratishlari lozim.

Mafkuraviy hurujlarga, ya’ni jaholatga qarshi qanday kurashish kerak? Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi «Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi PQ-451-son Qarorida aniq ko‘rsatib berilgan. Mazkur Qarorda xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni ilg‘or talablar asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish uchun quyidagi choralarni ko‘rish belgilab berilgan:

• milliy g‘oya va mafkura masalasi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash, ularni aholining turli qatlamlaridagi ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;

• xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari va hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, ma’naviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish bo‘yicha ilmiy-amaliy dasturlarni ishlab chiqish;

• fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘­lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, turli ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlash. Bu borada ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy axborot texnologiyalari va mexanizmlarini, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat­ tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratish;

• o‘z faoliyati doirasida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalarini, tahliliy materiallarning xulosalarini ommaviy axborot vositalari orqa­li muntazam ravishda chop etib, keng jamoatchilikka etkazish1.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda. Mazkur Kengash huzu­rida tashkil etilgan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bu borada keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar bilan birgalikda amaliy chora-tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

Kengash huzuridagi yana bir tashkilot Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi ham o‘z faoliyatini takomillashtirib, aholining keng qatlami, avvalambor, yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan turli davra suhbatlari va uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib kelmoqda. Markaz siyosatshunoslar, olim va mutaxassislar, ijodkor va ziyolilarni keng jalb qilgan holda mehnat jamoa­larida, ta’lim muassasalari va mahallalarda yurtimizga qarshi qaratilgan g‘oyaviy, mafkuraviy xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilishga, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etishga yo‘naltirilgan samarali targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Milliy istiqlol g‘oyasini chuqur idrok etgan ong har qanday kuchli mafkuraviy xurujlarning buzg‘unchi, vayronkor ta’siriga bardosh bera oladi. Buning uchun esa har qaysi shaxs insonparvar, bunyodkor ma’naviyat izmida bo‘lishi lozim. SHu tufayli ota-bobolarimiz aql-idrokni yovuzlik qo‘liga tutqazmaslikka harakat qilganlar, uni ma’naviyat bilan, iymon-e’tiqod, insof va diyonat bilan boshqarishga alohida e’tibor berganlar. Bu tamoyil xalqimiz ruhini, dahosini aks ettiruvchi o‘lmas qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqdir. Xususan, buyuk ajdodimiz, Sohibqiron Amir Temurning «Kuch – adolatdadur» degan naqli ma’naviyatimizning shiori bo‘lishga arzigulik.

Milliy istiqlol g‘oyasi har bir fuqaromizning, har bir yoshning qalbini egallasa, ular ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylansa, Vatan, jamiyat manfaatlariga yo‘naltirilgan faollikka da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi qudratli kuchga aylanishi shubhasizdir. Shu boisdan mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashda axborot xavfsizligini ta’minlash ham nihoyatda muhimdir. Axborot xavfsizligi quyidagilarni qamrab oladi:

• Muhofaza qilinayotgan axborotning aylanishi, uni saqlash va tarqatish sohasidagi amaldagi qo­nunlar, boshqaruv va me’yoriy materiallar, bandlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va hokazolarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi;

• axborot muhofazasi sohasida boshqaruv va loyiha echimlarini belgilovchi jami hujjatlar;

• axborotning boshqarilishi, muhofaza qilinishi va tarqatilishi asoslangan jami qonunlar, qoidalar va amaliy tajribalar;

• kompyuter muhofazasini ta’minlash uchun tanlangan reja yoki harakatlar yo‘nalishi;

• muayyan tashkilotda boshqaruv siyosati. Boshqaruv ob’ektlari qatoriga konfidensial axborot yoki chek­langan foydalanuvchilar doirasi uchun mo‘ljallangan axborotni qabul qilish, unga ishlov berish va uzatish kiradi1.

Bugungi globallashuv sharoitlarida murakkab mafkuraviy jarayonlarga sergaklik bilan munosabatda bo‘lish, aholi turli qatlamlariga, ayniqsa yoshlarga zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish alohida muhim ahamiyatga egadir. Ana shu dolzarb vazifa ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, respublika Ma’naviyaning mazkur yo‘nalishdagi faoliyatlarini yanada takomillashtirishni talab etadi.

XULOSA

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari darslarida Global o‘zgarishlar va yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirish choralari, mavzusida uslubiy ko’rsatma berilganda yoshlarni bugungi kunda bo’lib turayotgan muammolar ekstrimizm, terorizmga qarshi turaoladigan farzandlarni tarbiyalash har bir davlatning eng ustivor vazifalari bo’lib kelmoqda.

Prezidentimiz «O‘zbekiston buyuk kelajak sari» asarida «Biz bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz, lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz», degan edi.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib shunday xulosa chiqarish zarurki, aholining barcha qatlamlarida mafkuraviy tarbiya tizimini izchil ravishda yo‘lga qo‘yish davr talabidir. Shu o‘rinda Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat yengilmas- kuch” asaridagi quyidagi fikrlarini keltirish mumkin. «Men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» degan fikrini ko‘p mushohada qilaman” degan fikrlari bugun o’z isbotini topayapti.

XXI asrning dastlabki o‘n yilligida Yer yuzida yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ekologik muhit bilan bog‘liq global o‘zgarishlar dunyo mamlakatlarining har biriga bevosita ta’sir o‘tkazmoqda. Dunyoda kechayotgan global o‘zgarishlar va jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat g‘oyat murakkab, ziddiyatli jarayonlarning guvohi bo‘lmoqda.

Hozirgi davrda global muammolar bo‘yicha bosh qotirish, ularning echimini izlash taraqqiyotni belgilovchi hayot-mamot masalasiga aylandi. Jamiyatda global muammolar haqida habar tarqatmagan bironta ommaviy axborot vositasi qolmadi. Global muammolar bilan tegishli tashkilotlardan tashqari siyosiy etakchilar, xalqaro tashkilotlar, biznes tuzilmalari, nohukumat xalqaro tashkilotlar va hokazolar shug‘ullanmoqda. Qiziqishning bunday ommaviylashganiga qaramasdan, muammolar bo‘yicha hali hanuz echim dolzarb bo’lib qolmoqdalar.  

FOYDALANilGAN adabiyotlar

1.Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. 6-жилд.— Т.: Ўзбекистон, 1998 й.

2.Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари –олий қадрият. 14-жилд.— Т. Ўзбекистон, 2006 й.

3.Каримов И.А. БМТ Бош Ассамблеясининг Мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисидаги нутқи. Хорижий ижтимоий-сиёсий доиралар вакилларининг муносабатлари ва шарҳлар.-Т.Ўзбекистон, 2010 й.

  1. Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси.Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза // “Халқ сўзи”, 2010 йил 13 ноябрь.
  2. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. – Т.: Ўзбекистон, 2001 й.

6.Данилов-Данилян В.И. Устойчивое развитие – проблема выжывания человека//.Наука.Общество.Человек. - М., 2004 й.

7.Отамуратов С. Глобаллашув ва миллат.–Тошкент, Янги аср авлоди, 2008 й.

  1. Умаров Б. Глобаллашув зиддиятлари. – Тошкент: Маънавият, 2006 й.

9.Очилдиев А. Глобаллашув ва мафкуравий жараёнлар. – Тошкент: Муҳаррир нашриёти, 2009 й.

INTERNET SAYTLARI

www.ziyonet.uz

www.kutubxona.uz

www.kitob.uz

MUNDARIJA

Kirish­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­……………………………………………………………………………….5

Globallashuv va dunyo beqarorligining sabablari hamda manbalari......................6

Jahon taraqqiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar...................................................8

O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari....................................................................................................19

Xulosa……………………………………………………………………………..22

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………..23

XUDAYBERDIYEV FARHOD ZOKIROVICH

GLOBAL O‘ZGARISHLAR VA YOSHLARNING MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYASI SAMARADORLIGINI OSHIRISHCHORALARI

Terishga berildi:_____________

Bosishga ruxsat etildi:________________

Ofset bosma qog’ozi. Qog’oz bichimi 60x80 1/16

“Times” garniturasi. Ofset bosma usuli.

1 bosma taboq.

Adadi:25 nusxa.

Buyurma №____

Samarqand viloyati xalq ta’limi

Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish institute bosmaxonasida chop etildi.

Samarqand shahar, Boysunqir ko’chasi 3-uy.

[1] Умаров Б. Глобаллашув зиддиятлари. – Тошкент: Маънавият, 2006. – 8-б.

[2] Очилдиев А. Глобаллашув ва мафкуравий жараёнлар. – Тошкент: Муҳаррир нашриёти, 2009. - 64 б.

[3] Данилов-Данилян В.И. Устойчивое развитие – проблема выжывания человека//.Наука.Общество.Человек. - М., 2004. – 143 с.

[4] Отамуратов С. Глобаллашув ва миллат. – Тошкент, Янги аср авлоди, 2008. – 13 б.

[5]Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. – Т.: Ўзбекистон, 2000. 23-б.

[6]Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. – Т.: Ўзбекистон, 2000. 22-б.

[7]Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. 6-жилд.— Т.: Ўзбекистон, 1998. 32-б.

[8] Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари –олий қадрият. 14-жилд.— Т. Ўзбекистон, 2006. 258- б.

[9]Каримов И.А. БМТ Бош Ассамблеясининг Мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисидаги нутқи. Хорижий ижтимоий-сиёсий доиралар вакилларининг муносабатлари ва шарҳлар.-Т.Ўзбекистон, 2010.

[10]Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жа

Жойлаштирди: Худайбердиев Фарход Зокирович
Кўриб чиқилди: 259

Islom Karimov asarlari

Жойлаштирди: Худайбердиев Фарход Зокирович
Кўриб чиқилди: 27

миллий ғоя

Сўз бошига

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма тўрт йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида”ги қарорида энг улуғ, энг азиз байрамимизнинг мазмун-моҳияти, унинг халқимиз тақдиридаги ўрни ва аҳамиятини тарғиб қилиш, ёшлар онги ва қалбига чуқур сингдириш билан боғлиқ муҳим масалалар белгилаб берилди. Хусусан, қарорда “халқимиз асрлар давомида интилиб яшаган ва курашган, мустақиллик деган бебаҳо неъматнинг қадр-қимматини теран идрок этиш, ўтган давр мобайнида босиб ўтган оғир ва машаққатли, айни вақтда шарафли йўлимиз, кенг кўламли ислоҳотларимиз, қўлга киритган улкан ютуқларимизнинг туб моҳияти ва аҳамиятини юртимиз ва жаҳон жамоатчилилигига етказиш, содда қилиб айтганда, биз кеча ким эдигу бугун ким бўлганимизни англаш, ватандошларимизни янги марралар сари руҳлантириш” айни пайтдаги муҳим вазифа эканлиги алоҳида таъкидланди.

Ушбу вазифани амалга оширишда биринчи галда маънавият тарғиботчилари – педагоглар, тарбиячилар, устоз ва мураббийлар, ижодкорлар, хуллас, зиёлиларнинг алоҳида ўрни борлиги ўз-ўзидан аён.

1-мавзуга

Глобал ўзгаришлар ва ёшларнинг маьнавий-марифий тарбияси самарадорлигини ошириш зарурати.

АХБОРОТ УРУШИ ВА “FLESHMOB” ВОСИТАСИДА МАФКУРАВИЙ ТАҲДИД

Ҳушёрлик, огоҳ бўлиб яшаш – бу бир кунлик ёки бир ойлик

мавсумий масала эмас, балки, кундалик иш, кундалик амалий ҳаракат бўлиши лозим.[1]

И.А.Каримов

ДУНЁ АХБОРОТ УРУШИ

Маълумки, бугун ахборотга эгалик қиладиган ахборотни излаб, топиб, яратиб, таҳлил этиб, тарқата биладиган одам дунёга ҳам эгалик қилади деган қараш ҳақиқат даражасига кўтарилган. Аммо, хозирги вақтда улар ижобий эмас аксинча салбий мақсадларда фойдаланиб келмоқда. Ахборот излаб топувчилар, яратиб, тарқатувчилар ўз манфаатлари учун қабиҳ мақсадларини амалга ошириб келишияпти. Бу - дунёда “Ахборот уруши” демакдир. “Ахборот уруши”- у ўзи нима?, қандай сўз?, қачон, қандай пайдо бўлган?

Бунга жавоб қидириш мақсадида иш столимга ўтириб, ўша ахборот излагувчи ва тарқатувчи интернет деганларига юзландим. Унда бир маълумотга кўзим тушди. Россиялик етакчи мутахассислар ёзишича, ахборот уруши (information war) – стратегик мақсадларни амалга ошириш учун рақибнинг ахборот майдонига информацион таъсир кўрсатиш ҳаракатидир деб ёзилган экан. Қизиқиб мақолага чуқурроқ ёндошишга ҳаракат қилдим ва унда кўрсатилишича:.

«Ахборот уруши» атамаси илк бор 1967 йили тилга олинган бўлиб, бу иборанинг муаллифи собиқ совет иттифоқига қарши бошланган ахборот урушининг асосчиларидан бири Аллен Даллесдир. 1985 йили ахборот уруши атамаси Хитойда ҳам қўлланган.

1992 йили АҚШ ҳарбий қўмондонлиги Форс кўрфазида амалга оширилган «Саҳродаги бўрон» амалиёти учун «Ахборот уруши» деб номлаган алоҳида ҳужжат ҳам ишлаб чиққан.

«Ахборот уруши» атамаси 1995 йилда Россияда ҳам пайдо бўлди.

Ахборот уруши-рақиб саналган мамлакат раҳбариятига, унинг жамоатчилик ёки диний ташкилотларига ва улар қабул қиладиган қарорларга таъсир кўрсатиш, ижтимоий фикр ва жамоатчилик онгини ўзига керакли йўналишда шакллантиришга уринишдир. Таъсир қилишнинг асосий дастаклари-китоблар, кинофилмлар, телевидение, интернет, ОАВ нашрлари.[2]

            Юқорида келтирилган маълумотларга қўшимча қилиб айтиш мумкинки, ахборот таъсири кутилган натижани бериши учун зарур пайтда ёлғон хабар тарқатиш (дезинформация) босимини кучайтириб, ахборот жанг майдонини (полигонини) ёлғон маълумотга тўлдириб юбориш, зарур пайтларда эса ахборот бўшлиғини (вакуум), яъни ахборот олиш жуда муҳим бўлган вақтда ахборот бермай «ахборот очлигини» ташкил қилиш каби усуллардан фойдаланилади.

Ҳатто ахборот урушлари турли хил алоқа (коммуникация) воситалари ёрдамида амалга оширилиб, воситалар нави (ассортименти) жуда бой бўлиб, унга машҳур ОАВлардан бошлаб миш-мишлар, ғийбатлар ва ҳатто латифаларгача (анекдот) киритиб қўйишади.

Дарҳақиқат кечаги ахборот урушлари бугунгисидан батамом фарқ қилади. Янги замонавий ахборот технологияларининг ривожланиб кетиши, сунъий йўлдош телевидениелар, интернет тармоқлар бошқалар учун ёпиқ бўлган маълум ҳудуд, яъни локал конфликтларнинг зудлик билан тарқалиши уларга оламшумул аҳамият берилишига сабаб бўлди.

Бугунги кунда Хитойда 500 миллион, Россияда эса 50 миллион, Ўзбекистонда 11 милионга яқин интернетдан фойдаланувчилар рўйхатдан ўтган. Эндиликда ижобий ёки салбий мазмундаги ахборотларнинг глобал тармоққа чиқиши учун бир сония кифоя. Бу ахборотларнинг нафақат миллий манфаатлар, хавфсизлик ва мамлакат суверенитетига, балки шу мамлакатда яшаётган фуқароларга ҳам алоқаси бор.

“Ахборотуруши”ни оддий рекламадан фарқлайдиган жиддий белгиси шуки, бунда асосий мақсад қарши тарафга нисбатан унинг мақсади ва унга етишиш воситаларидан тўлиқ фойдаланишига тўсқинлик қилиш, чалғитишдир. Ҳаттоки тинч осуда мамлакатларни ва халқларини кулгига қолдириб, уларга нисбатан ёлғон ишлатиб, жамиятда уларнинг юзларини қора қилиш, обрўсизлантириш йўлларини топиб, амалга оширишдир.

Бундан ташқари, «соф Ислом» тарафдорларининг кўпчилиги мусулмон давлатлари ва Яқин Шарқ давлатлари ҳамда Исломга қарши бошлаган ахборот урушининг қурбонига айланиб, ўзлари билиб-билмай бегона мамлакат махсус хизматларининг «бешинчи колонна»сига айланиб, «бошқариладиган конфликт»га амалий ҳиссаларини қўшмоқда.

Афсуски, кўпчилик ёшлар нозик чегара чизиғини англамай, шундай тарғиботларга учиб, динига, диндошларига, ўз халқи ва мамлакатига қарши исён қилишгача борадилар. Бунинг натижасида Араб давлатларидаги “Араб баҳори” деб ном олган инқилобий намойишлар ва халқ ҳаракатларини келтириб чиқармоқда. Ахборот урушида катта вазифани бажарадиган Интернетнинг ижтимоий сайтларига араб мамлакатларида бўлаётган воқеларни дунёнинг йирик давлатларидан бири бевосита ташқи таъсир кўрсатиб ундан катта куч сифатида маънавий таҳдидлари ва бузғунчи ғоялари остида Яқин Шарқнинг Араб давлатларидабир қанча инқилобий ҳаракатларни амалга оширилди.

Биз ҳам “араб баҳори” воқеаларини ўрганиб чиқишга ва ушбу ҳолатни ўзимизча изоҳлашга ҳаракат қилдик.

Аввало бу тўғрисида Президент Ислом Каримов 2012 йил 31 август куни  “Қатағон қурбонларини ёд этиш куни муносабати билан Тошкентдаги Шаҳидлар хотираси” ёдгорлик мажмуида дунёнинг узоқ ва яқин минтақаларида рўй бераётган қарама-қаршиликлар, турли низо ва зиддиятлар, жумладан, Яқин Шарқда – айрим араб мамлакатларидаги нотинч вазият, хавфсизлик ва барқарорликка салбий таъсир кўрсатиши мумкинлигига эътибор қаратган ҳолда барчани мамлакатимизда ана шундай нотинчликни олдини олишга чақирди”[3].

Шу ўринда ўша араб мамлакатлакатларида юз берган нотинчлик ва турли нохуш воқеалар, хусусида.

Энг аввало “араб баҳори” нима? У қачон ва қаерда бошланган? У ўз фаолиятини қандай амалга оширмоқда? каби саволларга жавоб бериб ўтсак.

Араб баҳори – 2010 йил 18 декабрда араб юртларида бошланган инқилобий намойиш ва норозиликлар тўлқинининг мажозий номланишидир. Бу инқилоблар Тунис, Ливия, Миср, Яман, Баҳрайн, Сурия ва бошқа мамлакатларда бўлиб ўтган. Араб дунёсида бўлаётган воқеаларнинг сабаблари ҳақида кўплаб фикрлар, қарашлар мавжуд, аммо, бу тўғрида ҳар кимнинг ўзи фикрлаб кўриши жуда муҳимдир.

“Араб баҳори” бу-шунчаки учунчи куч (шахс ёки давлатлар) томонидан ташкил этилиб, четдан кузатиб турганлиги аниқ. Бу уларга нима учун керак? деган савол туғилади. Улар ўз маънфатлари, бойлик ортириш йўлида ҳамда мусулмон давлатларининг нозик жойларини ва бундай ҳаракатларни қандай кутиб олинишини ўрганиш учун керак. Биз, албатта бундай маънавий таҳдидлардан огоҳ бўлишимиз билан бирга, балки, огоҳликка чақиришимиз зарур.      

“Араб баҳори” деб ном олган инқилобчилар ҳаракати ўз мақсадларига етишиш йўлида энг аввало ахборот тарқатувчи тизимлардан кенг миқиёсда фойдаланиб келмоқда. Бунда уларга асосан ОАВ телекомуникацияси, яширин рекламалар, янги турдаги имкониятлари кенг телефонлар орқали ҳамда интернетнинг барча ижтимоий сайтлари бундан ташқари “FLESHMOB” усули жуда қўл келмоқда. Шарқ мамлакатларига қарши ахборот урушининг асосий мақсади халқларнинг миллий маданият ва турмушларида этно-экзотик хусусиятларнигина сақлаб қолиб, бойваччаларнинг хизматларини қилиб юрадиган, алданиб, аҳмоққа айланган истеъмолчи қулларга айлантиришдир.

Ушбу тактикани амалга ошириш стратегияси “рангли инқилоб”лар тактикасидан фарқ қилмайди, шакллари (схема) мутлақо бир хил.

Дезинформация, ёлғон хабарларни ўртага ташлаш, айни пайтда ҳаёт ва мансабда бирон нарсага эга бўла олмаган фаол, ёш йигит-қизларни ўзига оғдириб, уларнинг онгига ўзларининг ёлғон мафкурасини сингдириш ва мақсадлари йўлида вайронкор ғояларни сингдириб, бу дунё ва охиратда муваффақият қозонишнинг ягона ва мақбул мафкура эканига ишонтиришдан иборат.

  Бундан ташқари “араб баҳори” ахборот уруши ва хуружларидан қандай йўллар орқали халқ ҳаракатларини келтириб чиқараётганини аниқлаш учун Интернет ва бошқа телекоммуникация воситаларига алоҳида эътибор бериш керак. Чунки маънавий-маърифий сайтларга зарурият катта эканидан фойдаланиб, ташқаридан кириб келаётган хуружлар ва вайронкор ғоялар билан тўлдирилган сайтларнинг саноғи кўп. Шундайлардан бири янги ном билан қуюндай кириб келаётган “FLESHMOB” атамасини олган усулдир.

“ФЛЕШМОБ” НИМА?

            Бугун биз интернетга оид сўзлар ичида “Флешмоб” деган атамага кўп дуч келмоқдамиз. Бу сўз нима ҳақида эканлигини аниқлашдан аввал унинг луғавий маъноси ва келиб чиқиш тарихига эътибор қаратсак!

“Флэшмоб” сўзини таржима қилганда бу сўз инглиз тилидан “flashmob” яни “лаҳза оломон” деган маъносини англатади. Яъни flash- учқун,чақмоқ ва mob-оломон, тўп одам сўзлари бирикмасидан иборат бир атамадир. Яна бир қизиқарли факт шундаки,“mob” сўзи немис тилида эса “ифлослар, маразлар, ярамаслар” деган маъносида келтирилган. Шундан келиб чиқадики ушбу сўз “ярамаслар тўдаси” деган маъносини ҳам бериши мумкин, мисол сифатида таниқли бўлган “Превед!” коллажи келтирилиши мумкин. (Ушбу “маразгўйлик” лексикаси нафақат ўз ичида балки интернет бўйлаб ҳам тарқалиб кетган).

Бундан ташқари “флэшмоб” деганда бир тўп одамларнинг олдиндан ўзаро келишган ҳолда (асосан интернет орқали) бир дақиқада, тўсатдан бир ерда пайдо бўлиши ва олдиндан келишиб қўйилган тадбирни амалга ошириши биланоқ тезда ғойиб бўлиши тушинилади. Кўп ҳолларда “флэшмоб” тадбиридан на ҳукумат ва на Оммавий ахборот воситалари хабарсиз қолади. Политсия учун кутилмаган “флэшмоб”дан хавфли нарсанинг ўзи йўқ.

Ушбу сўз “оммабоп харакат” деган маънони ҳам англатади. Бу сўзни янада батафсилроқ ўрганиш мақсадида қилган ҳаракатларимиздан шу нарса маълум бўлдики, “флешмоб” сўзи ҳақида ҳозирги кунда маълумотлар етарли эмас. Аммо биз “флешмоб” орқали АҚШ, Европа, Яқин Шарқ давлатларидан Тунис, Ливия, Миср, Яман, Баҳрайн, Сурия ва яна бир қанча давлатлардаги ҳаракатларни кузатамиз. Флешмобчилар сайтида қуйидаги бир воқеани кузатиш мумкин, яъни Нью-Йорк фуқароси бўлмиш Билл SMS ҳамда е-mail орқали 150 га яқин нотаниш одамларни жамлаб олган экан ва 2003 йилнинг 17 июнида ҳаммаси ‘Macy’s’ магазинида йиғилишиб шаҳар чекасидаги коммуна учун 10.000 $ лик “севги гиламини” сўрашган. Бу ҳодиса хақида телевидение батафсил информацион дастурларида ёритиб борган. Биз буни илк “флешмоб” десак адашмаган бўламиз.

            “Флешмоб”ни кўпчилик инсонлар янги ҳодиса сифтида тан олмайдилар. Маълумки, флешмоб атамаси маъно жиҳатдан илгари мавжуд бўлган рус тилидаги экзотинг оҳангга эга бўлган “хэппенинг” ва “перформанс” атамаларига яқин келади. Аммо бундай сўзларнинг моҳияти нималарга қаратилган?

  1. Хэппенингакционизмнинг турларидан хисобланиб 1960-1970 йилларида пайдо бўлган. Хэппенинг акцияси (бес)фабуласиз театр элементларига эга намойиш сифатида қаралиши мумкин; яъни олдиндан дастурга эга бўлмаган сценарийнинг авж олиши ёки қандайдир ҳодисанинг томошабинлар ҳамкорлигида спонтан кўринишдаги ривожи тушунилади. Ушбу сўз инглиз тилидан happening“содир бўлмоқ” маъносини билдиради.
  2. Перформанс (инглиз тилидан performance – намойиш этиш) яъни тасвирий санъат тури. Ушбу санъат рассомчилик ва театр элементларини бириктиради. Бу санъатдан бир оз олдин эса “тирик расмлар” мавжуд бўлган, бироқ ушбу санъат тури дадаизм[4] намойишларида ва концептуал санъатида вужудга келган. Бироқ, перформанс хэппенингдан фарқли равишда рассом томошабинларни ҳодисага жалб этмайди, балки у ҳодисада доминант ролига эга бўлади ёки махсус статистлар рассом вазифасини бажаради. Ушбу санъатда тирик композициялар имо-ишоралар ва позалар ишлатилиш йўли билан томошабинларга намойиш этилади.      

Бугунги кунда флэшмоб атамасини турли хил сохадаги мутахассислар ишлатмоқчилар, яъни бу маркетингда, рекламада, пиар компанияларида, сиёсий дастурларда ва хаттоки махсус хизматларда ҳам. Шу сабабли бугунги кунда мутахасисслар маълум бир сабабларга кўра ушбу атамани ёритишга шошилганлари йўқ. Чунки бу сўз ортида учинчи шахс томонидан бир қанча ғаразли, бузғунчи ва ярамас ғоялар остида фаолият олиб бориш кўзда тутилган, десак адашмаймиз. Ҳаммамизга маълумки ҳозирги кунда дунё бўйлаб ахборот уриши ва таҳдидлар амалга ошмоқда. Булардан бир қанчасини интернет ва ОАВлари орқали олинган маълумотларга таяниб факт қилиб кўрсата оламиз.

Аввало, шуни таъкидлашимиз керакки, ҳозирги вақтда реклама акцияларида флэшмоб элементларини ишлатиш одатий ҳол бўлиб қолган. Бироқ, ушбу акцияларда хоҳиш-истак билан қатнашувчиларни камдан кам кўришимиз мумкин, балки уларнинг ўрнига промо-персонал ташкил этилади ва бу ҳодиса эса ҳар доим оммабоп ҳаракат тусига киравермайди. Бунинг сабаби эса ушбу ҳодисанинг охиригача ўрганилмаганлигидандир.

Албатта, уюштирилган акциялар флэшмоб сифатида қаралиши нотўғри, сабаби ушбу акцияларда флэшмобнинг асосий принциплари бузулишга олиб келади. Улар қуйидагилар:

1. Спонтанлик

2. Марказлашган бошқарувнинг йўқлиги

3. Сиёсий, молиявий ва реклама мақсадларининг йўқлиги

4. Деперсонификация; яъни флэшмоб қатнашувчилари акция жараёнида бир-бирини бирон нарса боғлаб турганлигини ҳеч қандай ҳолатда (умуман) кўрсатмаслиги зарур. (аслида бир-бирини умуман танимайдилар).

5. ОАВда флэшмобни ёритишни рад этиш.

Бироқ бази бир мутахасиссларнинг уюштирган флэшмоб акцияларига, совет шанбаликлари намуна бўла олади. Охир оқибатда шуни айтиш жоизки, кўчадаги ҳар бир акция кейинчалик флэшмоб сифатида қаралиши мумкин.

Албатта юқорида айтиб ўтилганларнинг ҳаммаси флэшмоб ҳақида батафсил маълумот эмас.

Флешмоб айрим ғаразли ва бузғунчи кучлар учун катта қурол вазифасини бажариб келмоқда. Бунинг юзасидан “улар” давлатлар ўртасида низолар пайдо қилиш, қолаверса мамлакатларда ички бетартибликларни келтириб чиқариб, миллатлар ўртасига совуқчилик тушириш ниятидалар. Бу билан улар бутун дунёда халқ ҳаракатларини, оломон тўдасини ва “ярамаслар тўдаси”ни ташкил қилиб, четда турган ҳолда кузатиб, мақсадларига етишни кўзламоқдалар. Яъни халқларнинг маънавияти-ўзлигини йўқотиб, моддий бойликларига эга бўлишмоқчи.

“Флешмобчилар” бутун дунё бўйлаб олиб бораётган ҳаракатларининг бир қанча турлари мавжуд бўлиб, улар орқали ҳеч кимга сездирмасдан оломон ичига йўл топмоқдалар.

Шундай савол туғилиши мумкин: Ўзбекистонда “флэшмоб»га рухсат борми? Албатта йўқ. Аммо кейинги пайтларда Ўзбекистонда ҳам айрим оз сонли гуруҳлар ҳар хил «флэшмоб»- тадбирлар ўтказишга уринаётганлигини кузатиш мумкин. Хўш, «флешмоб» ўзи нима ва бу қонуний бир ҳаракатми, тадбирми ёки ўйин? Уни сиёсий норозилик тадбирларида қўлласа бўладими?

Ёшларни қизиқтирадиган жуда кўп «қилиқлар» дунёга асосан Ғарбдан тарқалиши сир эмас. Шу нуқтаи назардан «флэшмоб» ҳам АҚШдан тарқалгани рост.

“Флэшмоб” ўтказишнинг энг асосий шарти-унинг кутилмаганда, қўққисдан ўтказилишидир. Шунингдек “флэшмоб” да ташкилий раҳбар ёки қўмита ҳам, бошлиқ ҳам бўлмайди. Уни ўйлаб топган америкалик қувноқ ёшлар аслида уни сиёсий ва реклама тадбирларидан холи бўлишини истаганлар. Шунинг учун ҳам бирор нарсага муккасидан кетиб жуда қизиқадиган ёшлар худди ўйин сингари “флэшмоб” йиғинини ўйлаб топганлар деса бўлади. Аксар ҳолларда “флэшмоб” тадбирига тўпланадиганлар бир-бирларини фақат ғойибона танишлари ҳам кузатилган.

Ўзбекистонда “флэшмоб”га ўхшаш тадбирларни асосан мухолифатчилар фаолиятида кузатиш мумкин. Бир пайтлар мухолифатчиларининг айрим гуруҳлари кутилмаганда бир чойхонада тўпланишарди ва қисқа муддатда ўзаро фикр алмашишиб тезда тарқалишарди. Лекин шунга қарамай бугунги ёшлар орасида “флэшмоб” барибир тарқалмоқда. Асосан у сиёсий тадбирлардан узоқ ва ёшларни қизиқтирадиган ҳар хил ижтимоий соҳаларни қамраб олган.

Хозирги вақтда “ФЛЕШМОБ” Ўзбекистон ёшлари орасига сезилмаган ҳолда маънавий-мафкуравий таҳдидлар сингдирмоқда. Унинг ёш авлод тарбиясига кўрсатаётган салбий таъсири қуйидагилар орқали намоён бўлади:

1.ОАВ орқали ҳар хил Ғарб фильмлари, мультипликацион фильмлар, мусиқалар ва клиплар.

2. Интернетдаги Ижтимоий сайтлар орқали.

3. Телефонлар орқали.

4. Китоб ва журналлар орқали.

5. Ҳар хил турдаги Ғарб ўйинлари орқали.

Яқин Шарқ ва Ғарб мамлакатлари маданияти у ерлардаги ҳаракатлар юзасидан ОАВ ва Интернет орқали кириб келаётган маълумотлар баъзаси ёшларни босқичма-босқич миллий ўзлигидан айириш, миллий анъаналари ва урф-одатларига зарба бериб, тарихий хотирасини қирқиш, шу орқали миллатлар устидан ҳукмронликка эришиш тамойили кучаймоқда. Бу ҳақда Президентимиз Ислом Каримов "Юксак маънавият — енгилмас куч" асарида шундай ёзади: "Ҳозирги вақтда кўз ўнгимизда дунёнинг геополитик, иқтисодий ва ижтимоий, ахборот-коммуникация манзарасида чуқур ўзгаришлар рўй бераётган, турли мафкуралар тортишуви кескин тус олаётган бир вазиятда, барчамизга аёнки, фикрга қарши фикр, ғояга қарши ғоя, жаҳолатга қарши маърифат билан курашиш ҳар қачонгидан кўра муҳим аҳамият касб этмоқда".

Хўш, бундай мураккаб ва шиддатли кечаётган шароитларда, Флешмобнинг ёшлар тарбиясига ўтказаётган салбий таъсирларидан қандай ҳимояланиш мумкин?

Фикримизча, бунинг учун қуйидаги йўналишларга асосий эътибор қаратиш лозим:

— газета, журнал, радио, телевидение ва интернет хизматидан фойдаланишни кенг йўлга қўйиш, миллий қадриятларимизни ўзида акс эттирадиган интернет сайтлари, мультимедия ва роликларни кўпайтириш. Ёшлар онгига ижобий таъсир этувчи мусиқа ва кино санъатининг тарбиявий имкониятларидан фойдаланиш;

— ёшлар онгини шакллантиришга оид умумбашарий тажрибаларнинг ютуқ ва камчиликларини ўрганиш ҳамда улардан самарали фойдаланиш, бошқа миллатларни ҳурмат қилиш, уларнинг маданияти ва миллий қадриятларига онгли ёндашиш, ижтимоий муносабатларда инсонпарварлик, бағрикенглик ғояларининг акс этиши;

— тарбиявий ва маънавий-маърифий ишларни ташкил этишда ёшларнинг истак ва хоҳишларини инобатга олиш, унда ҳар қандай зўрлик ва мажбурловлардан воз кечиш, ёшларнинг асосий қизиқиши ва фаолият доирасини ташкил этаётган турли хил соҳаларни тарбия жараёнида тўлиқ қамраб олиш. Бунда, ахборотли технологиялар (оммавий ахборот воситалари) орқали эриши;.

— миллий ва умуминсоний қадриятларнинг уйғунлигига эришиш. Бунда, асрлар оша қон-қонимизга сингиб кетган ота-онани улуғлаш, оилани муқаддас сақлаш, фарзанднинг бурчи, ўзаро меҳр-оқибат, иффат, ор-номус, ҳаё каби фазилатлар, устоз ва шогирдлар одоби каби эзгу қадриятларга содиқ қолиш;

— миллий интеллектуал салоҳиятни ривожлантириш. Бунинг учун таълим ва миллий тарбияни ривожлантириш, урф-одат, анъана ва қадриятларни умумбашарий қадриятларга уйғун ҳолда ёшлар дунёқарашининг ажралмас қисмига айлантириш. Ёшларнинг маънавий, сиёсий онгини, ҳуқуқий, ахлоқий, эстетик маданиятини юксалтириш;

— ёшларда умуммиллий ва жамият манфаатларини шахсий манфаатлардан юқори қўя олишлари, жамият ва миллат олдидаги инсоний бурчларини тўлақонли англашлари, халқ бахт-саодати ҳамда юрт фаровонлиги йўлида меҳнат қилишларига эришиш учун ижтимоий ва психологик шароит яратиш;

— ёшларда мафкуравий иммунитетни шакллантириш, миллий ғоятарғиботиниизчилдавомэттириш.

Юқорида кўрсатиб ўтилган ҳолатларнинг қарор топиши, шунингдек, таълим-тарбия жараёнида ёшларда миллий ғурур туйғусини шакллантириш масаласига алоҳида эътибор қаратилиши глобаллашув шароитида тарбия жараёнининг муваффақиятини таъминлайди. Шунингдек, Юртбошимиз маънавият қудратли қурол эканини, жамиятимизга таҳдид солувчи иллатларга қарши курашда бой маънавиятимиз биз учун нажоткор ва халоскор куч вазифасини бажаришини алоҳида эътироф этади. Халқимизда асрлар давомида сайқалланиб янада ёрқинлашиб ва янада бойиб келаётган маънавий-ахлоқий қадриятлармиз биз учун қалқон бўлиши, мамлакатимиз юксалишига хизмат қилиши шубҳасиздир.

Дунёдаги давлатларнинг обрў-эътибори, нуфузини белгилайдиган энг муҳим иқтисодий кўрсаткичлардан бири – бу аҳолининг турмуш даражасидир. Жаҳон иқтисодий форуми эълон қилган рейтингда иқтисодиёти жадал ривожланаётган мамлакатлар ичида Ўзбекистон 5-ўринни эгаллади. БМТ кўмагида АҚШнинг Колумбия университети томонидан ташкил этилган ижтимоий тадқиқотлар асосида эълон қилинган “Бутунжаҳон бахт индекси”да Ўзбекистон 158 та мамлакатлар ўртасида 44-поғонани, Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги мамлакатлари орасида 1-ўринни эгаллагани юртимизда аҳоли турмуш фаровонлигининг йилдан-йилга ошаётганлигини белгисидир. Ўзбекистонни бугун дунё таниди ва тан берди.

“Кечаги кунни унутмаслигимиз, уни бугунги кун билан солиштириб, хулоса чиқариб яшашимиз керак. Бу бизни огоҳликка, ҳаётнинг қадрига етишга, эртанги кун бундан ҳам фаровон бўлади, дея ишонч ва интилиш билан ҳаракат қилишга ундайди”.

(Президент Ислом Каримовнинг 2015 йил 30 июнь куни Қашқадарё вилояти меҳнаткашлари вакиллари билан суҳбатидан)

2-мавзуга қўшимча

1. Фуқаролик жамияти тушунчалари.

            Фуқаролик жамиятига ўтиш бу кўп босқичли, ҳам сертармоқли жараёндир. Президентимиз, Ислом Каримов таъкидлаганидек, - “Бошлаган барча ислоҳотларимизнинг пировард мақсади битта – адолатли жамият барпо этиш”[5].

Фуқаролик, адолатли жамият тушунчалари яхлит, бир бутун тушунчалардир. Инсон ҳуқуқи давлат ҳуқуқидан устуворлиги тамойили биз учун асосий омилга айланиши лозим. Демак, адолатли жамиятда инсон – шу жамият фуқаросининг ҳуқуқи, шаъни, қадр-қиммати қадрланади, қонун-қоидалар воситасида қаттиқ ҳимоя қилинади. Бу табиийки, ўз-ўзидан ёки дарров пайдо бўлмайди. Бу аввало “Халқнинг қарорлар қабул қилиш жараёнлиридан қанчалик хабардорлиги, ҳукумат қарорлари халқ томонидан қанчалик назорат қилиниши, оддий фуқароларнинг давлатни бошқаришда қанчалик иштирок этишига боғлиқ. Фуқаролик жамиятни шу жамият фуқароларининг ўзлари шакллантирадилар”[6]. Бу аввало, уларнинг ҳуқуқий билими, тарбияси, маданияти ва онги қай даражада эканлиги билан белгиланади.

Шу ўринда фуқаролик жамияти ва ҳуқуқий давлат тўғрисидаги ғоялар тарихига тўхташ мақсадга мувофиқдир.

Фуқаролар жамияти тўғрисидаги сиёсий ғоялар илк бор эрамиздан олдинги VII асрларда сиёсий воқейлик мақсадини ҳиммат ва жоҳиллик каби қарама-қарши кучларнинг кураши орқали ҳал этган Зардўштийликдир.  

Ҳиммат жоҳилликка қарши фаол курашишини инсон ҳаётининг мазмун тарзида сиёсий омилга айлантирилди. Ўша замонлардаёқ жамиятга бир оила тарзида қараш, катталарга қулоқ солиш, ижтимоий муносабатларнинг бошқарувчи сиёсий омил – аҳлоқ қоидалари негизида ҳал этиш маънавий қадрият ҳисобланар эди.

Фуқаролар жамияти” деган иборани ишлатган зот Томас Гоббс (1588-1679) бўлди. Жон Локк (1632-1704) эса фуқаролар жамиятининг давлатдан имтиёзли эканлигини таъкидлаган. Луи де Монтескъе (1689-1755) фуқаролик жамияти зўрлик ва ҳукмронликдан қутилиш гарови эканлигини очди. Эммануэл Кант (1724-1804) фуқаролар жамиятида ҳар бир кишининг эркинлиги бошқалар эркинлигига монанд келиши билан ифодаланишини уқтириб, қуйидаги принципларни илгари суради: 1) инсон сифатида жамият аъзолари эркинлиги; 2) фуқаро сифатида уларни тенглиги; 3) фуқаро сифатида ҳар бир жамият аъзоларининг мустақиллиги. Гегель (1770-1831) биринчи бўлиб, фуқаролар жамиятига мустақил мавжудот тарзида қарайди ва уни давлат ичида эмас, давлат қаторида талқин этади.

қоидаларига мазмун берганлар ҳам шулар эди.

Фуқаролик жамияти – ҳақиқий фуқаролардан, яъни узвий боғлиқликда бўлган ҳамда аҳлоқий маданиятга таянадиган ҳуқуқий ва сиёсий маданиятга эга одамлардан иборат жамиятдир. “Маърифатли дунёда “фуқаролар давлати” деб гапирилмайди. “Фуқаролар жамияти” дейилади “ Демократик жамият – бу, энг аввало фуқаролик жамиятидир. Чинакам демократияни олий мазмуни – шахслараро, миллатлараро, давлат ва ижтимоий-сиёсий муносабатларни уйғунлаштиришдан иборат. Бунда инсон ва жамият, жамият ва давлат ҳокимияти тинч-тотув яшайди”[7].

Мамлакатимизда фуқаролик жамиятини шакллантиришда 1996 йилнинг август ойида бўлиб ўтган Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг VI сессиясида Президентимиз Ислом Каримов “Ҳозирги босқичда демократик ислоҳатларни чуқурлаштиришнинг муҳим вазифалари мавзуида сўзлаган нутқида жамиятимиз тузилмаларида мувозанатни сақлайдиган кучли оммавий, жамоат бирлашмалари бўлмас экан, давлат ҳокимиятининг барча бўғинларида ўзбошимчалик волюнтаризм, авторитар тафаккур ва бошқарув аппаратининг коррупцияси сингари иллатлар пайдо бўлмаслигига жиддий кафолат бериб бўлмаслигини айтган эди”[8].

“Фуқаролик жамияти тушунчаси жамият муносабатларида янги босқич бўлиб, фуқароликни чуқур англаган ҳолда, давлат ва жамият қуриш жараёнида, жамиятни бошқаришда фуқароларнинг иштирок этиб, ўз-ўзини бошқаришга ўтиб бориши билан боғлиқ бўлган жамият ривожининг янги сифат ҳолатини билдиради”[9].

Фуқаролик жамияти маъноси шуки, давлатчилигимиз ривожлана борган сари бошқарувнинг турли ҳил вазифалари халққа топширилади, яъни ўзини-ўзи бошқариш органлари янада ривожлантирилади.

Фуқароларнинг сиёсий, ҳуқуқий маданиятлари фуқаролик жамияти қуришнинг муҳим омиллари ҳисобланди. Бу омиллар қанчалик ривожланган етук бўлса, жамиятнинг илгари силжиши учун шунчалик мустаҳкам яратилади. Лекин илгари силжиш учун таянчнинг ўзи кифоя қилмайди. Ўша таянчга суяниб олдинга одим ташлаш учун муайян куч керак бўлади. Бу куч жамият ва ундаги фуқароларнинг маданияти, маънавияти ва руҳиятига боғлиқдир.

Ҳозирги замон илғор мамлакатларида барпо этилган фуқаролик жамиятлари тўғрисидаги тасаввурлардан келиб чиқадиган бўлсак, у ҳолда фуқаролик жамияти бу:

Биринчидан, жамият ҳаёти фаолиятининг иқтисодий, ижтимоий ва маънавий соҳаларида ихтиёрий равишда шаклланган, бошланғич нодавлат тизимларини ўз ичига қамраб олган инсоний бирликдир;

Иккинчидан, жамиятдаги иқтисодий, ижтимоий, оилавий, маънавий, аҳлоқий, диний, ишлаб чиқариш, шахсий ва нодавлат муносабатлар мажмуасидир;

Учинчидан, эркин индивидлар, ихтиёрий равишда шаклланган ташкилотлар ва фуқароларнинг турли органлар тазйиқлари, аралашишлари ёки бир қолипга солишларидан қонунлар воситасида ҳимояланган жамият бўлиб, унда улар ўзлигини намоён қила олишлари учун доимий имкониятларга эга бўлади.

Фуқаролик жамиятини шакллантиришнинг яна муҳим бир воситаси жамиятда, ён-атрофда кечаётган воқеа ҳодисаларга фуқароларнинг муносабати қай даражада эканлиги билан ҳам белгиланади. Фуқаро – жамият, энг аввало, ўз ҳаётига дахлдор бўлган нимаики бўлса, унга онгли муносабатда бўлмоғи лозим. Бу эса асосий мақсадларимиздан бири бўлган эркин шахсни тарбиялаш масаласига бориб тақалади. Онгли муносабат – аввало, фуқароларнинг ижтимоий-сиёсий жараёнларда фаол иштироки демакдир.

Демократик сайлов тизимини янада такомиллаштириш, сайловларга, унинг жамиятда тутган ўрни ва аҳамиятига нисбатан муносабат фуқароларимизнинг ҳуқуқий билими, маданияти ошган сайин янада теран моҳият касб эта бошлайди. Сайловларда фуқароларнинг нафақат ҳуқуқлари балки мажбуриятлари ҳам кучайтирилиши кера

Фаровон жамиятни барпо этиш масаласини ўрта аср мутафаккирларининг таълимотларида ҳам кўриш мумкин. Жумладан, Абу Наср Форобийнинг ижтимоий қарашларида инсоният жамияти вужудга келиши ва ривожланишининг муайян табиий сабабларини, ахлоқнинг шаклланишини, инсон ва жамиятни ўзаро муносабатини, инсонийлик, адолат, етук жамоа, комил инсон каби масалаларни назарий жиҳатдан асослашга ҳаракат қилади.

Форобий жамиятни келиб чиқиши устида мулоҳаза юритиб, у инсон жамоасини келиб чиқиши асосида табиий эҳтиёж ётганлиги ҳақидаги назарияни олға суради. Табиий эҳтиёж кишиларни бир-бири билан бирлашишга, жамоага уюшишга, ўзаро ёрдамга олиб келади. Кишилар ўртасидаги ўзаро ёрдам инсон жамоасини келтириб чиқаради.

У идеал – фозил шаҳар (давлат)нинг адолатли, юксак ахлоқий ва маърифатли раис раҳбарни ўзида мужассам этган донишманд томонидан бошқарилиб, бу давлат – шаҳар аҳолисининг ўзаро кўмаклашувига, бир-бирига ёрдам беришига асоланади, деб ҳисоблайди.

Ўзбекистон миллий мустақиллигини дастлабки йилларидаёқ юртимизда фуқаролик жамият асосларини барпо қилишни ўз олдимизга мақсад қилиб қўйдик. Президентимиз Ислом Каримов, Ўзбекистон фуқаролик жамиятини таърифлаб: “Демократик жамият – бу энг аввало, фуқаролик жамиятидир. Чинакам демократиянинг олий мазмуни – шахслараро, миллатлараро, давлат ва ижтимоий-сиёсий муносабатларни уйғунлаштиришдан иборат. Бунда инсон ва жамият, жамият ва давлат ҳокимияти тинч-тотув яшайди”[10].

Фуқаролик жамиятининг кишиларининг юксак ахлоқий, сиёсий, ҳуқуқий маданиятига асосланган демократик жамиятнинг юқори босқичидир. Мамлакатимизда ҳозир эркин демократик фуқаролик жамиятини тузишга киришилган. Бу ҳақда Президентимиз Ислом Каримов ўзларининг “Юксак маънавият – енгилмас куч” номли асарида: “Бугун биз, тарихий бир даврда халқимиз ўз олдига эзгу ва улуғ мақсадлар қўйиб, тинч осайишта ҳаёт кечираётган, авваломбор ўз куч ва имкониятларига таяниб, демократик давлат ва фуқаролик жамияти қуриш йўлида улкан натижаларни қўлга киритаётган бир замонда яшамоқдамиз”, - дейди.

Ҳозирги кунда амал қилишимиз зарур бўлган фуқаролик жамиятини қарор топтиришнинг дастлабки белгиларидан бири ҳам уни шакллантиришга хизмат қиладиган воситаларнинг ҳуқуқий асослари қай даражада яратилганига боғлиқдир. Агар ана шу “восита”лар қонун йўли билан қанчалик ҳимоя қилинса, ваколатлари таъминланса, бу жамиятни шакллантириш жараёни шунчалик тезлашади. Бу борада бир қанча ишлар амалга оширилди. Бунга қонун чиқарувчи ҳокимият томонидан қабул қилинган ва айни пайтда жамоатчилик муҳокамасига тақдим этилган сиёсий партиялар, ўзини-ўзи бошқариш органлари, касаба уюшмалари, нодавлат-нотижорат ташкилотлар, ҳуқуқий маданиятни юксалтириш тўғрисидаги қонун ва дастурларни мисол қилиб келтириш мумкин.

Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрда бўлиб ўтган қўшма мажлисида Президентимиз томонидан баён этилган “Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси”даги маърузаси юртимиз ижтимоий-сиёсий ҳаётида муҳим воқеа бўлди.

Мамлакатимизда аҳолининг кенг қатламларини қўллаб-қувватлайдиган турли хил фуқаролик жамияти институтлари, нодавлат нотижорат ташкилотларининг жадал шаклланиши ва ривожланиши учун қулай имкониятлар яратилган. Фуқаролик жамияти институтлари, жамоат бирлашмалари ҳозирги демократик миллий қадриятлар, инсон ҳуқуқлари ва эркинликлари ҳамда қонуний манфаатларини ҳимоя этишнинг асосий таянчи бўлиб, уларга ўз имкониятларини амалга ошириш жараёнида сиёсий-ҳуқуқий маданиятни такомиллаштиришга шароит яратмоқда.

Ўзбекистон Республикаси кучли демократик, ҳуқуқий давлат, адолатли фуқаролик жамиятини барпо этиш йўлидан босқичма-босқич ривожланиб бормоқда. Фуқаролик жамияти демократик ислоҳатларнинг муҳим таркибий қисми бўлиб, давлатимизда фуқаролик жамияти институтларини мустаҳкамлаш ва ривожлантириш мақсадида бир қанча ишлар амалга оширилди. “Ўзбекистонимиз босиб ўтган кейинги ўн йиллик давр аҳолимизнинг кенг қатламлари қўллаб-қувватлайдиган турли хил фуқаролик жамияти институтлари, нодавлат нотижорат ташкилотларнинг жадал шаклланиши ва ривожланиши даври бўлди”[11]- деб қайд этади, Республика Президенти Ислом Каримов. Бугунги кунда Ўзбекистонда 5100 дан ортиқ нодавлат нотижорат ташкилотлар, 870 дан ортиқ газета ва журналлар, 100 га яқин давлат ва нодавлат телерадиостанциялар фаолият кўрсатмоқда. Агар бундан 15 йил олдин Республикамизда 475 та ОАВ лари бўлган бўлса, 2010 йилга келиб бу рақам 1110 тани ташкил этди. Хусусан, уларнинг 600 дан зиёди вилоятларда фаолият кўрсатмоқда.

Мамлакатимизда фуқаролик жамиятини асоси бўлган демократик институтларни шакллантириш ва ривожлантириш жараёнларига доир ислоҳатларни амалга ошириш натижасида Республикамизда 306 та республика аҳамиятига молик жамоат бирлашмалари фаолият юритиб, улардан 64 таси халқаро ташкилотлар мақомига эга. Бу бирлашмаларнинг 48 таси жамғарма, 78 таси жамият, 4 таси сиёсий партия, 42 таси федерация, 16 таси касаба уюшмалари, 2 таси ҳаракат, 20 таси марказ, 48 таси ассотсация, 20 таси уюшма, 5 таси қўмита, яна 22 та турли номларда расмий рўйхатдан ўтган ташкилотлардир. Шунингдек Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда маҳаллий аҳамиятга эга 2237 та жамоат бирлашмалари фаолият юритмоқда. Бу эса мамлакатимизда фуқаролик жамияти институтлари шаклланаётганлигидан далолатдир.

Хулоса қилиб айтганда, фуқаролик жамияти институтларини шакллантириш ва такомиллаштиришни тубдан ислоҳ этиш бугунги куннинг долзарб масаласидир. Ривожланган демократик давлатни барпо этишда, фуқароларда сийёсий-ҳуқуқий маданиятни юксалтиришда, давлат бошқаруви фаолияти тизимида фуқароларнинг иштироки ва назоратини кучайтиришда, фуқаролик жамияти институтлари, жамоат бирлашмаларининг ўрни муҳимдир. Бир сўз билан айтганда, нодавлат ташкилотлар, фуқаролик жамияти институтлари азалий орзумиз бўлган демократиянинг кўзгусидир!

3-мавзуга Мафкуравий муаммолар, маънавий таҳдидлар ва баркамол ша

Жойлаштирди: Худайбердиев Фарход Зокирович
Кўриб чиқилди: 175

2017 йил дастур

Кўриб чиқилди: 103

услубий кўрсатма

Жойлаштирди: Худайбердиев Фарход Зокирович
Кўриб чиқилди: 24

фозил одамлар шахри

Жойлаштирди: Худайбердиев Фарход Зокирович
Кўриб чиқилди: 31

миллий мафкура

Жойлаштирди: Худайбердиев Фарход Зокирович
Кўриб чиқилди: 27
Video darsliklar: