FOYDALI MANBALAR
Вилоятлар
Qisqacha ma'lumot
F.I.SH.:
Юсупова Васила Янгибоевна
Kafedra va lavozimi:
Педагогика, психология ва таълим менежменти, Ўқитувчи
Tug'ilgan sanasi:
1989-10-09
Davlat mukofoti va yili:
Yoq, Yoq
Ilmiy unvoni va darajasi:
,
Tugatgan oliygohi, mutaxassiligi va yili: Урганч давлат университети, Педагогика , 2014
Qisqacha ma'lumot:
Maqolalar:

Коррекция и психологическая помощь с нарушениями самооценки личности в младшем возрасте

Салаева Навбахоркандидат психолоических наук, заведующая кафедры                                   «Педагогики, психологии и менеж мента образования»

Жойлаштирди: Юсупова Васила Янгибоевна
Кўриб чиқилди: 74
Metodik materiyallar:

konfliktologiya Qayta tayyorlov uchun

Жойлаштирди: Юсупова Васила Янгибоевна
Кўриб чиқилди: 62

muloqot madaniyati

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQTA’LIMI VAZIRLIGI

 

XORAZM  VILOYATI   XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI  OSHIRISH  INSTITUTI

 

 

                                                                                                         “Tasdiqlayman”

   Xorazm viloyati XTXQTUMOI  rektori

                                                                                _____________                       B.Y.Sultanov

                                                                                            «_____»__________2017y

 

 

 

 

PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA TA’LIM MENEJMENTI

                                                         KAFEDRASI

 

 

 

 

Muloqot madaniyati moduli  bo’yicha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                          

                                                            Urganch  2017  yil

 

 

                                                      

    

     Ko`rildi

    Kafedra mudiri

  ______N.Salayeva

  «___» __________2017y

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tayyorlovchilar:                   V. Yusupova- o’qituvchi

 

                                                  X. Eshchanova - o’qituvchi

 

 

 

                                     

 Taqrizchi:                                            N. Salayeva ps.f.n.   

                                             

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

   Ushbu  ma’ruzalar matni «Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti» kafedrasining 2017 yil 3 – yanvar 1 – sonli  yig`ilishida muhokama etilib, Xorazm VXTXQTUMOI ning   2017 yil 3 yanvar navbatdan tashqari 1 – sonli ilmiy kengash qarori bilan tasdiqlandi

                                                              

 

Kirish

       

            Ta`lim- tarbiya jarayonini boshqarish ham har bir hodimdan alohida o`ziga hos hususiyatlarni talab qiladi.

             XTV ning 7 iyul 2005 yildagi № 175 – sonli «Xalqta`limi vazirligining 2008 yil 24 may 153-sonli «O`qituvchilarning ilgor pedagogik va axborot texnologiyalari bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirish tadbirlari xaqida» gi buyrug`iga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish xaqida»gi buyrug`iga asosan 2009-2010 o`quv yilidan boshlab ta`lim muassasalari direktor o`rinbosarlari  kurslarining o`quv mavzu rejasiga «Muloqot madaniyati» fanikiritildi. Bu ayni muddao bo`lib, ta`lim muassasasidagi ta`lim-tarbiyaning sifat ko`rsatgichiga o`z xissasini qo`shadi. Rahbar xodim muloqot-madaniyatini to`g`ri olib bormas ekan rahbar bilan xodimlar o`rtasidagi tushunmovchiliklar, qiyinchiliklar yuzaga kelishi aniq. Bu esa muassasa rahbarlarini tez-tez o`z lavozimlaridan ozod etilishiga olib keladi. Bunday holat ta`lim muassasasi faoliyatiga va pedagoglar jamoasiga salbiy ta`sir ko`rsatmasdan qolmaydi.

            Xulosa shuki rahbar xodim – muloqot, boshqaruv muloqoti, muloqot madaniyatini to`liq tushunishi va egallashi shart.

 

 

“Muloqot madaniyatibo`yicha malaka oshirishkursiningdavlat  talablari

 

“Muloqot madaniyati” kursi xalq ta`limi rahbar kadrlarining boshqaruv jarayonlaridagi faoliyati samaradorligini va boshqaruv mahoratini oshirishga yordamlashish maqsadida o`quv dasturiga kiritilgan. Mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarida rahbar kadrlar boshqaruv faoliyatida boshqaruvning demokratik tamoyillari va menejment fanining yutuqlaridan samarali foydalanish eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shuningdek, mustaqillik davrida rahbar boshqaruv kadrlarini jahonda rivojlangan mamlakatlarda shakllangan amaliyot tajribasi bilan chuqur tanishtirish, bu yo`nalishda milliy an`analardan keng foydalanish ham muhim ahamiyat kab etadi. Shuningdek, kursni o`qitish jarayonida quyidagi vazifalar qo`yilgan:

-Boshqaruv jarayonlari davlat tilidan keng va unumli foydalanish;

-Tinglovchilarning notiqlik san`ati va muomala madaniyatiga doir nazariy qarashlarini kengaytirishga yordam berish;

-Tinglovchilarning o`z nutq madaniyatlarini oshirishlariga nazariy va amaliy jihatlardan ko`maklashish;

-Rahbar hodimlarga o`z mehnat jamoasini rahbarlik qilishida boshqaruv mahoratlarini oshirishlari uchun yangi ko`nikmalar shakllantirish;

-Rahbar xodimlarni o`z mehnat jamoasini jipslashtirish, ularni davlat va mehnat jamoasi belgilagan vazifalarini bajarish uchun o`z jamoalarini safarbar etishlarining samarali va unumli usullaridan foydalanishlari uchun ularni notiqlik san`ati va muomala madaniyatiga doir bilimlar bilan ko`nikma va malakalarini oshirish.

“Muloqot madaniyati” kursi tinglovchilariga hozirgi davr o`zbek adabiy tili asosida qo`llaniladigan barcha notiqlik turlaridan, shuningdek o`zbek xalqi tarixida shakllangan til boyligidan unumli foydalanishlari  uchun nazariy va amaliy bilimlar beradi. Kursning asosiy o`rganish obyekti notiqlik san`atining paydo bo`lish tarixi, uning rivojlanishi va takomillashishi va bu sohada shakllangan zamonaviy nazariy va amaliy tajribalarni o`rganishdir. Kursning o`rganish obyektining jo`g`rofiy chegarasi esa barcha umuminsoniy, shuningdek milliy qadriyatlar shakllangan mamlakat olimlari hamda siyosiy arboblari tomonidan shakllantirilgan notiqlik san`ati va muomala madaniyatiga doir bilimlar hisoblanadi.

O`qitish jarayonida pedagogik va boshqa o`qitish samaradorligini oshirish bilan bog`liq fanlar tomonidan e`tirof etilgan ma`ruza, suhbat, bahs-munozara, amaliy mashg`ulot, interfaol darslar yordamida notiqlik san`ati va muomala madaniyatiga doir nazariy va amaliy bilimlar beriladi. Shuningdek, har bir darsni ijodiy tafakkurlash va mustaqil fikrlashni shakllantirishga ko`maklasha oladigan o`zaro muloqot darajasiga ko`tarilishi uchun harakat qilinadi.

 

“Muloqot madaniyati” o`quv modulining maqsad va vazifalari

 “Muloqot madaniyati” kursining maqsadi bo`lg`usi rahbar kadrlar nutqini ijtimoiy-madaniy munosabatlarga muvofiq darajada sayqal toptirishni ko`zda tutadi.

Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida rahbar kadrlar tayyorlanishi e`tiborga olinib, “muloqot madaniyati” kursini o`qitishda quyidagi vazifalar belgilandi:

- davlat tili siyosatini o`rganish;

- tinglovchilarning nutq madaniyati va notiqlik san`ati sohasidagi nazariy bilimlarini kengaytirish;

- tinglovchilarning nutq madaniyatini takomillashtirish;

- tinglovchilarning notiqlik mahoratini oshirish;

- voizlik san`ati va va`zxonlik madaniyatini o`rgatish;

- davlat tilida rasmiy-idoraviy ishlarni yuritish malakasini hosil qilish.

 

Demak, “Muloqot  madaniyati” kursi tinglovchilariga davlat tili siyosati, “Davlat tili haqida”gi Qonunni mukammal singdirishga xizmat qiladi, nutq madaniyati, notiqlik va voizlik san`ati borasidagi bilimlarni kengaytirishda va amaliy ko`nikmalarni takomillashtirishda yordam beradi.  Shaxsiy va ijtimoiy faoliyatda til imkoniyatlaridan mukammal foydalanishni, o`zbek tilida ish yuritish va rasmiy-idoraviy hujjatlarni  tayyorlash madaniyatini shakllantiradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Muloqot madaniyati” modulining o`quv-mavzu rejasi

 

Mavzular

ma`ruza

amaliy mashg`ulot

mustaqil ta`lim

jami

 

1

Boshqaruvda notiqlik san`ati. Notiqlik mahoratining boshqaruv jarayonidagi ahamiyati

2

 

 

2

 

2

Boshqaruvda muloqot madaniyati. Rahbar muomila madaniyatining asosiy xususiyatlari

 

2

1

2

 

 

Jami

2

2

1

5

 

 

 

“MULOQOT MADANIYATI” BO’YICHA

 O’QUV DASTURI

 

 

 

 

 

 

 

1-mavzu. Boshqaruvda notiqlik san`ati. Notiqlik mahoratining boshqaruv jarayonidagi ahamiyati. (2 soat ma`ruza)

    Boshqaruv va notiqlik. Notiqlik san`ati. Boshqaruvda notiqlik san`atining o`rni. Ta`lim muassasasi rahbarining muloqot o`rnatish mahorati. So`zlash san`ati. Tinglash qobiliyati. Qadimgi Yunon va Rimda notiqlik san`atining rivojlanishi. Aristotel notiqlik haqida. Sitseronning notiqlik san`atini rivojlantirishi. O`zbekiston tarixida notiqlik san`ati. Sohibqiron Amir Temurning notiqlik san`ati. Alisher Navoiy notiqlik san`atining o`rni haqida. Husayn Voiz Koshifiy – mohir so`z ustasi. Mustaqillik davrida milliy notiqlik san`atining shakllanishi va rivojlanishi. Siyosiy jarayonlarda nutq madaniyatining o`rni. Maktab boshqaruvida rahbarning notiqlik qobiliyatining ahamiyati. Notiqlik san`atida shaxs manfaatlari va milliy manfaatlarni uyg`unlashtirish uslublari. Davlat siyosatini maktab jamoasiga yetkazishda notiqlikning o`rni. Maktabda hamkorlik, birdamlik va ishchanlik muhitini yaratishda nutq madaniyatining o`rni. Ta`lim sohasiga tegishli Farmon, Farmoyish va Qarorlar ijrosi, milliy mafkura, ma`naviy qadriyatlarni targ`ib etishda notiqlikning o`rni va ahamiyati. Insonning jamiyat a`zosi sifatidagi o`rni. Insonning jamiyatga daxldorlik sifatlari. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda muomalaning ahamiyati. Muomala – ma`naviy qadriyat sifatida. Insonning muomala qilish qobiliyati madaniyatlilik belgisi sifatida.

 

2-mavzu. Boshqaruvda muloqot madaniyati. Rahbar muomila madaniyatining asosiy xususiyatlari. (2 soat amaliy, 2 soat mustaqil ta`lim)

    Boshqaruvda muomalaning o`rni. Maktab jamoasini jipslashtirish, uni tashkilot vazifalarini bajarishga safarbar etishda muomala madaniyatining roli. Muomalaning ma`naviy qadriyatlar va adolat tamoyillariga tayanishining ahamiyati. Muomalaning inson mehnatini qadrlash va rag`batlantirishdagi o`rni. Rahbar mavqei va ta`sirini oshirishda muomalaning ahamiyati. Ishontirish - notiqlik san`atining asosi.

      O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning rahbar kadrlar faoliyatida milliy va xalq manfaatlarini ifodalash va himoya qilish vazifalari haqida. Rahbar kadrlarning mehnat jamoasi va fuqarolar bilan munosabatlarini o`zaro hamkorligiga erishishida milliy ma`naviy qadriyatlar va o`zaro muomala madaniyatini rivojlantirish masalalari. Rahbarning vazifalar qo`yishdagi nutqi. Rahbarning majlislarga raislik qilishdagi nutqi. Ijtimoiy-siyosiy nutq va uning o`ziga xos xususiyatlari. Akademik (ma`ruza, ilmiy ma`ruza) nutq, auditoriya nutqi. Ijtimoiy-maishiy (turli tadbir, yubiley kabilardagi) nutqlar. Saylovlardagi uchrashuvlardagi nutqlar.

Notiqlik san`atining turli shakllari: monologik nutq (ma`ruza, turli chiqishlar), muloqotli nutq (bahs, munozara, suhbat va boshqalar). Matnga tayangan holdagi nutq so`zlashning o`ziga xos jihatlari. Matnsiz nutq so`zlash qobiliyatini egallash mahorati. Improvizatsiya. Auditoriyani jalb etgan holda nutqni ifoda etish san`ati. Nutq san`atida ko`rgazmali qurollar va turli texnikaviy vositalardan foydalanish usullari. Nutqni jamoa manfaatlariga bog`liq holda ifoda etish mahorati. Nutqning adolat tamoyillariga, umuminsoniy qadriyatlarga, insonni qadrlash va e`zozlash an`analariga asoslanishi uning ishontiruvchilik rolini oshirish kafolati sifatida. Nutqning yuqori saviyada bo`lishida axborot boyligining o`rni. Nutqni ifoda etishda uni dalillash, uning aniq faktlarga asoslanishi. Xalq ko`nglida, lekin hali ilg`ab olinmagan insoniy orzular va manfaatlarni his etish va ularni nutq jarayonida ishlatish kabi uslublarni egallash masalalari. Notiqlik mahoratini egallash – rahbarlik qobiliyati va samarasini oshirish kafolati sifatida.

Mustaqil ta`lim: Notiqlik san`atini rivojlantirish uchun notiq.uz saytidan muntazam foydalinish, U.Saidovning “Boshqaruvda notiqlik san`ati” kitobini o`rganish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.Mavzu: Boshqaruvda notiqlik san`ati. Notiqlik mahoratining boshqaruv jarayonidagi ahamiyati. (2 soat ma’ruza)

Ma`ruza mashg’ulotining  ta’lim texnologiyasining modeli

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Ma’ruza rejasi

  1.  Boshqaruvda notiqlik san`atining o`rni. Mutafakkirlar va pedagoglarning so‘z va nutqning ijtimoiy jamiyatda tutgan o‘rni va roli haqidagi qarashlari.
  2. Nutqning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot jarayonidagi asosiy bog'lovchi vosita ekanligi. Nutq organlari, nutq apparati. Til va nutq.
  3. Og'zaki nutqning psixologik tuzilishi; maqsadi va mazmuni.
  4. Nutq madaniyati haqida tushuncha, uning unsurlari.
  5. Nutq texnikasi: nafas olish, ovozni yo‘lga qo`yish, uning tozalanishi, talaffuz, nutq sur’ati.
  6. O‘qituvchi nutqining mantiqiyligi. O‘qituvchining nutqiy madaniyati. Nutqning orfologik me’yorlari: tovushlarni to‘g'ri talaffuz etish. O‘qituvchi Nutqining grammatik jixatdan to‘g'riligi (savodxonligi). Nutqning ifodaviy hamda xis-tuyg'uga boyligi. Nutq uslubi.
  7. O‘qituvchining nutq mahoratini takomillashtirish yo‘llari.

O`quv mashg`ulotining maqsadi : Tinglovchilarga boshqaruvda notiqlik san`ati haqida, maktab boshqaruvida rahbarning notiqlik qobiliyatining ahamiyati xusisida, mutafakkirlar va pedagoglarning notiqlik haqidagi qarashlari,nutqning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot jarayonlari to’g’risida tushuncha hosil qilish.

Pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.

O`quv faoliyatining natijalari:

Tinglovchilar ta`lim muassasasi rahbarining muloqot o`rnatish mahorati. So`zlash san`ati. Tinglash qobiliyati haqida asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar.

Ta’lim usullari:

Ma’ruza, klasster

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

 Ommaviy

Ta’lim vositalari

Slaydlar, marker, flipchart

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol javob

O`quv  mashg`ulotining texnologik haritasi

Ishlash bosqichlari, vaqti

Faoliyat mazmuni

 

 O`qituvchi

 Tinglovchi

1 bosqich

1.1 O`quv xujjatlarini to`ldirish va davomatni olish

5 m.

1.2  kirish10m.

1.Muloqot, nutq madaniyati, 

     o‘qituvchining nutqiy madaniyati. Nutqning orfologik o`rni esga tushiriladi, O`quv mashg’ulotiga kirish davomida dastlab tinglovchilarga klasster jadvali taklif etiladi, klassterni tarmoqlarga bo’lib to`ldirilganidan so`ng ma’ruza boshlanadi. 

Tinglashadi  aniqlashtirishadi savollar beradilar. Nutqning vazifalarini ifodalovchi ma’lumotlarni klasster metodi orqali tarmoqlab chiqadilar.

2 bosqich

Asosiy  50 min

2.1.Boshqaruvda notiqlik san`atining maqsad va vazifalari batafsil izox beriladi.

2.2. Nutqning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotga psixologik tayyorgarligi tushuntiriladi.

 2.3 Og'zaki nutqning psixologik tuzilishining mazmunini yoritib berish.

2.4 Nutq madaniyati haqida  batafsil ma’lumot beriladi.

2.5Pedagogik jamoada                  o’qituvchi

nutqining mantiqiyligi, mahorati haqida  ma’lumot beriladi. 

Konspekt yozishadi, tinglashadi, Mavzu bo`yicha savollar beradilar Maktabda hamkorlik, birdamlik va ishchanlik muhitini yaratishda nutq madaniyatining o`rni. ahamiyati.haqida.

3 bosqich. Yakuniy natijalar 15 min.

3.1. Mavzu bo`yicha xulosa qilish.

 3.2 Ttinglovchilarga aqliy hujum metodi yordamida o`quv mashg`ulotning maqsadga erishish darajasi taxlil qilinadi

3.3 Mavu yuzasidan o`quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg’ulotga tayyorlanish

O`rganilgan mavzuni umumlashtiradilar. O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan ma’lumotlarni  aqliy hujum metodi yordamida yakuniy xulosaga keladilar

  1. Boshqaruvda notiqlik san`atining o`rni.. Mutafakkirlar va pedagoglarning so‘z va nutqning ijtimoiy jamiyatda tutgan o‘rni va roli haqidagi qarashlari.

 

 

Qadimgi Yunon va Rimda notiqlik san`atining rivojlanishi. Aristotel notiqlik haqida. Sitseronning notiqlik san`atinini rivojlantirishi.

O`zbekiston tarixida notiqlik san`ati. Sohibqiron Amir Temurning notiqlik san`ati. Alisher Navoiy notiqlik san`atining o`rni haqida. Husayn Voiz Koshifiy - mohir so`z ustasi.

Mustaqillik davrida milliy notiqlik san`atining shakllanishi va rivojlanishi. Siyosiy jarayonlarda nutq madaniyatining o`rni. Davlat boshqaruvida rahbarning notiqlik qobiliyatining ahamiyati. Notiqlik san`atida shaxs manfaatlari va milliy manfaatlarni uyg`unlashtirish uslublari. Davlat siyosatini fuqarolarga yetkazshda notiqlikning o`rni. Mehnat jamoasida hamkorlik, birdamlik va ishchanlik muhitini yaratishda nutq madaniyatining o`rni. Hokimiyat organlari vakolatlarini amalga oshirishda notiqlikning ahamiyati.

Milliy istiqlol mafkurasi va ma`naviy qadriyatlarni targ`ib etishda notiqlik san`atining o`rni.

Insonning mohiyati ijtimoiy-siyosiy munosabatlar yig`indisi ekanligi. Insonning jamiyat a`zosi sifatidagi o`rni. Insonda jamiyatga daxldorlik sifatlari. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda muomalaning ahamiyati. Muomala - ma`naviy qadriyat sifatida. Insonning muomala qilish qobiliyati madaniyatlilik belgisi sifatida.

O'qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobili­yati muhim ahamiyatga ega Notiqlik san'atiga eramizdan oldingi VII asrda Yunonistonda asos solingan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilar edi. Ular, notiqlik san'atining yetuk namoyondalari bo'lib, o'z­larining chiroyli so'zlari, baland va ta'sirchan ovozlari bilan odamlar tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta'lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san'ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yu­nonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonis­tonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me'morchilik san'atlari bilan birga notiqlik san'ati ham murakkab va muhim san'at asari sifatida e'tirof etilgan. Notiqlik san'atini davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg'in ta'sir etuvchi murakkab vosita ekanligi uchun Yunonistonda uni "San'atlar shohi" deb atashgan.

Yunon notiqlari og'zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq ilmining qoidalarini chuqur o'zlashtirganlar. Ular o'z fikrlari va tuyg'ularini ruhan o'quvchilar hamda tinglovchilar tafak-kuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta'sir o'tkazganlar. Har bir  notiq o'z ustida yillab tinimsiz mashg'ulotlar olib borgan, sehrli ovoz sohibi bo'lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga amal qilganlar. Ular o'zlarining ta'sirchan nutqlarini namoyish qilish bilan notiqlik san'atini "Mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli"deb hisoblaganlar va buni o'z faoliyatlarida isbotlab berganlar.

Mashhur yunon faylasufi Sokrat (eramizdan avvalgi 469 — 399 yiilar) o'quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda munozara, savol-javob usulini joriy qilib, ushbu usul orqali suhbat metodiga asos solgan.

Sokratning shogirdi Platon esa o'z ustozi g'oyalarini davom ettirib, savol-javobni notiqlik san'atining bir shakli sifatidagi ahamiyatini o'z asarlarida yoritadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og'zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholab, uni maz-munan amaliy va nazariy jihatdan yanada boyitdi.

Yunonistonda notiqlik san'atining har tomonlama takomillashishi Demosfen(eramizdan avvalgi 384—322 yiilar) nomi bilan uzviy bog'-langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san'atiga qiziqdi. Tug'ma duduq boiishiga qaramasdan, o'quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bar-dosh berib, qizg'in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namo­yish eta olgan. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san'atining yetuk namoyodasi, ya'ni o'z davrida "notiqlik san'atining elitdsi" sifatida mashhur bo'ldi. U davlat tribunasini notiqlik san'atiga asoslangan siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.

Sitseron tomonidan ishlab chiqilgan va nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan notiqlik san'ati haqidagi ma'lumotlarni, tizimlar va uslublarni rimlik Kvintilian(eramizdan avvalgi 35-95 yillar) ma’lum bir tartibga keltirib, tabaqalashtirib, undan notiqlik san'ati sohasi bo'yieha faoliyat ko'rsatuvchilar unumli foydalanishlari uchun qayta ishlab chiqadi. U notiqlik san'atining balandparvoz, asabga teguvchi teatr artist-lariga xos ovoz ritorikasiga qarshi edi. Kvintilianning fikricha, notiq tashqi ovoz natijalari bilan emas, balki ilmiy asosga ega bo'lgan, mazmunan boy, mukammal va "tiniq" nutq orqali ulkan yutuqlarga erishishi mumkin. U "Tarbiya haqida" nomli asarida o'z nazariyalariga asoslanib, notiqlik san'atini o'rganish metodikasini yaratdi. Faylasuf olim o'z asarida ilk bor notiqlik san'atining ta’lim-tarbiya maskanlarida bolalar bilimi, ongi va tafakkuriga ijobiy ta'siri haqidagi g'oyalarini ilgari surdi. Kvintilian o'qituvchilar va tarbiyachilarning qizg'in faoliyat olib borishlari uchun notiqlik san'atini mukammal o'rganishga doir o'zining metodikasini taqdim etdi. Ushbu metodika notiqlik san'ati tarixida ulkan ahamiyatga ega va hozirgi davrda ham o'z qimmafini yo'qotmagan.

Mutafakkirlar va pedagoglarning so‘z va nutqning ijtimoiy jamiyatda tutgan o‘rni va roli haqidagi qarashlari.O'rta Osiyo madaniyati tarixi bilan bog'liq bo'lib, nutq madaniyati hamisha o'ziga xos mavqega ega bo'lib kelgan. O'rta Osiyoda notiqlik san'atining xusu­siyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o'sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi, Bu davrda notiqlik san'ati ustalariniqissago'ylar, masalgo'ylar, badihago'ylar, qiroatxonlar, muammogo'ylar, voizlar, go'yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat beradi. Movarounnahrda notiqlik san'ati voizlik deb atalgan «Va'z» so'zi arab tilidan pand- nasihat ma'nosini beradi. Va'z aytuvchi, nutq so'zlovchi shaxs Voiz deb atalgan. Voizlik san'ati tinglovchining, jamoaning ongi­ga, his tuyg'usiga ta'sir etish mahorati bolib, qadimgi Sharqda hukm-dorlar ushbu san'at namoyondalari xizmatini yuksak darajada qadrla­ganlar. IX asrdan boshlab, davlat hukmdorlari notiqlik bilan bog'liq barcha tadbirlarni maxsus tayyorgarlikka ega so'z ustalariga yuklab, ular­ni "voizlar" deb ataganlar.

Markaziy Osiyoda XII asrdan boshlab voizlik san'ati nazariyasi va amaliyotini targ'ib qiluvchi ko'plab ilmiy va uslubiy risolalar yozilgan. Jumladan, al lorn alar Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri", Unsurul Maoliy Kayqovus "Qobusnoma", Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig", Alisher Navoiy "Majolis un-nafois". "Nazmul-javohir", Husayn Voiz Koshifiy "Dah majlis", "Mahzan ul-insho", Ali Yazdiy "Zafarnoma"', Xondamir "Makorim ul-axloq", Voiz Samarqandiy "Ravozat ul-voizin", Muhammad Rafiq Voiz "Avbob ul-jinon", Quraysh Saidiy "Anis ul-voizin" kabi o'zlarining asarlari bilan "voiz'iik san'ati xazinasiga munosib hissa qo'shganlar.

Voizlik san'ati namoyondalari tinglovchilaming ijtimoiy va siyosiy mavqei hamda lavozimlarini hisobga olgan holda uch yo'nalish bo'yicha faoliyat ko'rsatishgan. Birinchisi, sidtoniyot,ya'ni hukmdorlar hamda yuqori tabaqali a'yonlar uchun mo'ljallangan va'zxonlik bo'lib, unda hamdu sanolar aytilgan, ularning obro' e'tibori, martabasi, faoliyatlari ulug'ianib maqtalgan. Ikkinchisi, jihodiya,ya'ni vatan himoyachilariga mo'ljallangan va'zxonlik bo'lib, unda vatanparvarlik, jangovarlik, botirlik, qahramonlik, fidoyilik ulugiangan, dushmanga nisbatan shafqatsiz bo'lish ifodalangan. Uchinchisi, g 'aribonadeb atalib, asosan mamlakatning oddiy fuqarolariga mo'ljallangan va'zxonlikdir, unda barcha fuqarolar asosan itoatkorlikka, melrnatsevarlikka chaqirilgan.Xullas, Sharq mutafakkirlari, so'z va nutqning inson hayotidagi o'r­ni, vazni va qadr qimmatiga jiddiy ahamiyat berganlar. Ular har bir so'z­ning nutqda o'z o'rni va ahamiyati borligini, nutqni qudratli qiluvchi so'zdan kuchliroq va buyukroq narsa yo'qligini, tilga e'tibor - elga e'ti­bor ekanligini, so'z sehri ila odamzod mo"jizalar yarata olishini doirno ta'kidlab, isbotlab kelganlar.

 

2. Nutqning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot jarayonidagi asosiy bog'lovchi vosita ekanligi. Nutq organlari, nutq apparati. Til va Nutq.

 So`z san’atining qudrati beqiyosdir. So`zning ta’sir kuchi shu qadar zurki, u kishilarni cheksiz ruhlantirishi yoki mayib qilib qo`yishi mumkin. Yosh avlod tomonidan tabiat va jamiyat qonunlarini bilib olishda, kishilar bilan o`zaro munosabatda axloq  normalariga rioya  etish tajribasini orttirishda o`qituvchining nutqi juda katta rol o`ynaydi. Bu faqat ko`p asrlik o`qituvchilik faoliyati natijasida isbot etilgandir. Albatta, o`qituvchi qaysi mavzuda gapirmasin, uning nutqi o`quvchilarni, tinglovchilarni va umuman tinglovchilarni ruhlantirishi, ularga qanot bag`ishlashi lozim.

Maktabni bitkazib chiqqan har bir kishi o`zining sevimli o`qituvchisini, uning yoqimli, shirin so`zini, jozibali ovozini hamda  mexribon qiyofasini ko`z oldiga keltiradi. Bunday o`qituvchilarning butun borlig`i ular bilan muloqot qilishga chorlaydi, o`ziga ishonishga undaydi.

Davlatimizning ma’naviy sog`lom yosh avlodlarini, bo`lajak vatanparvarlarni tarbiyalash  yuki pirovard natijada o`qituvchining zimmasiga tushadi. U nafaqat  bilimdon yoshlarni, balki, eng avvalo ana shu bilimni egallashni o`zining burchi deb biluvchi milliy kadrlar shaxsini shakllantirishga mas’uldir. Bu respublikamizning milliy istiqloli, mafkurasi, maktab oldiga qo`yib turgan dolzarb buyurtma bo`lib turibdi. Buning uchun milliy maktabimizning o`qituvchisi nafaqat  tarix, matematika, adabiyot va boshqa fanlarni keng va chuqur bilishi, balki tarbiyaviy jarayonning  moxir tashkilotchisi bo`la olishi, o`ziga milliy zamonaviylik g`oyasini singdirib, o`zbek tilida sof, tiniq, ifodali, ohangdor so`zlay bilishi, notiqlik va aktyorlik mahorati: yuz, qiyofa, ko`z, qo`l, gavda harakatlari orqali o`z nutqining ta’sirchanligini oshira olish mahoratini egallagan bo`lishi kerak.Shirin so`z, sermazmun nutq ko`pgina muvaffaqiyatlar, yuksak parvozlar hamda bunyodkorliklar omili va vositasidir. O`ylamay aytilgan bir og`iz so`z otilgan o`qdan yomon natijalarga olib kelishi, o`z o`rnida, vaqtida aytilgan samimiy bir juft iliq so`z chukkan qalbni tog`dek  yuksaltirib, dalda va ko`mak berib, kishida ilxom qanotini ustirishi  mumkin. SHirin, samimiy, obrazli va ifodali so`zlash uchun nazariy bilimlar, so`z boyligi nechog`lik ahamiyatga ega bo`lsa uni talaffuz etish, maromiga etkazib aytish, maqsadga monand ohang ham shu qadar ahamiyatlidir.

Muloyimlik bilan, ohista so`z yuritish, gap uqtirish lozim. Sharq xalqlari orasida ovozni ko`tarmay gapirish, so`zlarni dona – dona, burro qilib so`zlash, o`z nuqtai nazarini sabr, chidam bilan bayon etish azaldan juda qadrlanib kelingan.

Jonli so`z, notiqlik san’atigi qadim zamonlardan buyon alohida e’tibor berib kelinadi. Shu sababli ham notiqlik san’ati san’atning eng qadimiy ko`rinishlaridan biri hisoblanadi. Notiqlik san’ati qadimgi Misr, Assuriya, Vavilon va boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan bo`lib, uning eng gullab, ravnaq topgan joyi qadimgi Yunoniston hisoblanadi.

Qadimgi Gretsiyada quldorlik demokratiyasi garchi quldorlik tuzimi manfaatini himoya qilsa ham, notiqlik san’atidagi muhim bir ko`rinish – siyosiy notiqlikning rivojlanishi, uni misli ko`rilmagan darajada yuksalishiga zamin yaratadi.            TSitseron kishini jamiyatda eng  yuksak darajagacha ulug`lovchi ikki vosita bor - ularning biri har biy sarkardalik san’ati, ikkinchisi esa notiqlik san’atidir, deydi. Qadimgi Gretsiyada, (eramizgacha 594 yil) chiqarilgan qonunga ko`ra,  Afinalik har  bir fuqaro sudda o`zini o`zi himoya qilishi lozim edi. Demak, kishilarning taqdiri ularning yaxshi nutq so`zlay olishiga bog`liq bo`lib qolganligi sababli, ular chiroyli va ta’sirchan nutq so`zlash ilmini o`rganishgan. Shuningdek, bu davlatda maqtov notiqligi ham mavjud bo`lib, bunday nutqlarda ayrim kishilar madx etilgan. Bu erda nutq nafaqat  chiroyli bo`lishi, balki uning mazmundor bo`lishi uchun ham harakat qilishgan. Buning uchun notiqlik  maktablari ochilgan va ritorika nomli ilm o`qitilgan. Ritorikaning yaratuvchilaridan biri bo`lgan Qoraks ritorikasini «Ishontiruvchi xizmatkor» deb tariflaydilar. Shuningdek, sofitlar – donolar ham ajoyib notiq bo`lishgan.

Qadimgi notiqlardan biri Lisiy (eramizdan oldingi V – asrning oxiri va IV - asr boshlari) hikoyachilik san’atining ustasi bo`lgan va tinglovchilarga emotsional ta’sir ko`rsatishga alohida e’tibor bergan. Uning nutqlari IMPROVIZATSION nutq bo`lgan.

Qadimgi dunyoning eng ulug` notig`i Demosfon (eramizgacha 384-322 yillar) o`zining siyosiy nutqlari bilan notiqlik san’atining cho`qqisiga ko`tarilgan. Uning nutqining eng asosiy fazilati ularning juda mazmundorligidadir.

Buyuk faylasuf, Aleksandr Makedonskiyning ustozi bo`lgan Aristotel ham notiqlar egallashlari zarur bo`lgan usullar tizimini ishlab chiqqan. Bular:

  1. Nutq xizmat qilishi lozim bo`lgan printsiplarni tahlil etish;
  2. Nutq texnikasi, notiqlik usullari;
  3. Material tanlash;
  4. Reja, shakl va materialni shakllantirish.

Rim (notiqlik san’ati) notiqlik san’atining ijodiy davomi, yangi bosqichidir. Bu erda asosan uch xil notiqlik san’ati mavjud bo`lgan:

  1. Sud notiqligi – oqlovchi va qoralovchi.
  2. Siyosiy notiqlik.
  3. Maqtov notiqligi.

Buni uchun - nutq paytida masalaning ixcham talqini, uning keskin qo`yilishi va stilistik dilkash bo`lishligi harakterlidir. Rimlik mashxur notiqlardan aka – uka Tiberiy va Grakxlar uchun kuchli emotsionallik, ishontiruvchanlik, obrazlilik va boshqa usullarni o`z o`rnida ishlatish hos bo`lgan. Mark Tulliy Tsitseron - «Kishi shoir bo`lib tug`iladi, notiq bo`lib etishadi» deb yozadi. Ya’ni, har  bir notiq nutq so`zlashga uzoq va jiddiy tayyorlanishi haqida u amaliy ko`rsatma beradi. Uning aytishicha notiq:

  1. Juda dadil va o`ziga amin bo`lishi kerak.
  2. Nutq to`la isbotlanishi lozim.
  3. Ahamiyatsiz narsa bo`lmasligi kerak.
  4. Materialni sinchiklab to`plash va idrok etish.
  5. Materialni to`g`ri joylashtirish va tushinishga oson bo`lishini ta’minlash.

Shunday qilib, qadimgi Yunoniston va Rimning notiqlik san’ati o`rta asr va keyingi davr notiqligiga o`rnak bo`ldi hamda muhim tarixiy rol o`ynadi. Demak, bu san’atga biz tanqidiy yondashib, undan o`z faoliyatimizda ijodiy foydalanishimiz juda muhimdir.

Buyuk Sharq mutafakkirlari ham jonli so`zning beqiyos qudrati haqida o`z fikrlarini bildirishgan. «... Badiiy so`z san’ati yozuv va yozma adabiyotdan ko`p zamonlar ilgari og`zaki ijod shaklida paydo bo`ladi va o`zbek xalqi tarixida butun bir madaniy merosni tashkil etadi. Shuning uchun ham yozma adabiyotning ilk namunalaridan to shu kungacha so`zning buyuk qudrati madx etib kelinadi», - deb ta’kidlagan edi professor N. M. Mallaev. So`z san’ati o`zbek xalqlari orasida hamisha eng sevimli, eng qudratli va  qadrli san’at bo`lib kelgan va shunday   bo`lib qoladi. O`zbek xalqining buyuk shoiri A. Navoiyning so`zning  qudrati haqida:

Jism bo`stoniga shajar so`zdur,

Ruh   ashyoniga  samar   so`zdur.

singari baytlarini bejiz yozmagan. U notiqlik (voizlik) hamda badiiy so`z bilan shug`ullanuvchi kishilarni bir necha guruhga bo`lgan. Masalan: nadimlar, qissago`ylar, masalgo`ylar, qiroatxonlar, kasidaxonlar va boshqalar. Ular xalq ko`p yig`ilgan joylarda extirosli nutqlar so`zlab, tinglovchilar qalbiga kuchli ta’sir etishgan. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixida Sharq Uyg`onish davrinng ikkinchi boskichi – deb atalgan davrda ham badiiy so`z san’atiga, notiqlikka juda katta e’tibor berilgan. Amir Temur ham o`zi amal qilgan sifatlari ichida so`z va shirinsuxonlikni, muomala qila bilish madaniyatini alohida ajratib ko`rsatadi.

Muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimda ham muloyimlik bilan shirinsuxan so`z yuritish, gap uqtirish tarbiyachining, ota – onaning muvaffaqiyat garovlaridan biri deb hisoblanishi, ularga obro` keltirishi birnecha oyatlarda ta’kidlanadi. Masalan: «Isro» surasining 53 oyatidan:

-         «Mening bandalarimga ayt, yaxshi so`zlarni so`zlasinlar. Albatta, shayton ularning orasiga dushmanlik solib turadi»

«Baraka» surasining 83 oyatida:

- «va odamlarga yaxshi so`zlarni ayting».

«Luqmon» surasining 19 oyatida:

-         «va ovozingni past qil»...

Bu davrda o`zbek madaniyati tarixida yorqin iz qoldirgan Xusayn voiz Koshifiy, Muni voiz Xiraviy, Burxoniddin Gung, Abdulvose Munisiy, Xofiz G`iyosiddin singari zabardast so`z san’atkorlari, badiiy so`z ustalari etishib chiqqan.

Insoning so`zi, fikrlar bayoni nutqni tashkil  qilib, u tarbiyalanuvchi bilan tarbiyachi o`rtasidagi hamkorlikni shakllantiradigan vositalardan biri hisoblanadi. XIX asrda yashab ijod etgan demokrat shoirlarimizdan  Muqimiy va Furqatlar ham so`zning ta’sir kuchini qayd etib, unga taxsin o`qiganlar hamda olim va fozil kishilar orasida katta hurmat e’tiborga sazovor bo`lganlar.

O`zbek adabiyotining yirik vakillari G. Gulom, olim va shoir M. Shayxzoda o`z asarlarining  ko`plarini yoddan aytish qobiliyatiga ega bo`lishgan. A. Oripov, E. Voxidov kabi qobiliyat egalari ham kuchli notiqlardir. Xalq artistlari O. Xo`jaev, Sh. Burxonovlar esa bir qancha yirik asarlarni yod biluvchi atoqli so`z san’atkorlaridir.

Notiqlik san’atining  tarixi  insoniyat madaniyati tarixining muhim bir qismidir. Mustaqil davlatimiz yoshlariga ta’lim – tarbiya beruvchi o`qituvchi va tarbiyachilar bu meroslarni chuqur va sidqidildan egallab olishlari lozim.

O`qituvchi o`z nutqi, nutqiy faoliyati jarayonida o`quvchilarga nazariy bilimlar beribgina qolmay, ma’naviy – ma’rifiy tarbiya berishni ham nazarda tutadi. SHu nuqtai nazardan o`qituvchi nutqiga kasbiy, pedagogik va madaniy talablar ham qo`yiladi. O`qituvchi nutqi og`zaki va yozma nutq tarkibiga bo`linib, og`zaki nutq gapirish jarayonida bayon qilinadigan fikrlarning so`z ifodasidir.

O`qituvchi nutqi (pedagogik nutq) quyidagilarni vujudga keltirishga mas’ul:

  1. O`quvchi bilan o`qituvchi orasidagi muloqotni va hamkorlikni;
  2. O`quvchi ongiga ijobiy ta’sir qilgan holda fikrlarni jamlash, nuqtaiy nazar va dunyoqarashni shakllantirishni;
  3. Bayon qilinayotgan mavzuni to`la yoritish, moxiyatini ochish;
  4. Bilim berish va uni mustaxkamlashga;
  5. O`quvchi faoliyatini serkirra va serunum tashkil qilishga.

O`qituvchi gapira turib ishontiradi,  tushuntiradi, e’tiroz bildiradi, ma’qullaydi, qo`ladi, sirini fosh qiladi, tanbex beradi va xakoza. Pedagog o`zi gapirayotgan narsalarga nisbatan o`quvchilarda faol qiziqish uyg`ota bilishi, nima uchun gapirayotgani, o`z maqsadini aniq belgilab olishi lozim. Chunki, o`qituvchining o`zi gapirayotgan mavzuga nisbatan faol munosabatda bo`lishi o`quvchi, tarbiyalanuvchilarda ham qiziqishni kuchaytiradi.

O`qituvchi o`z nutqida biror narsani ximoya qiladi, boshqasini inkor etadi, haqiqat va sofdillikni  yoqlab, yaramas odatlar va pastkashlikni qoralaydi. Bular tarbiyalanuvchilarda aybdorni jazolash, adolatsizlikka nisbatan qaxru - g`azab, mardlik va jasurlikka hurmat - extirom, ojizlarga shafkat tuyg`ularini shakllantiradi.

O`qituvchi nutqi bolalarni quvonishga va qaygurishga, sevgi va g`azab uygotishga, achinish va ruhlanishga majbur etishi, ularda yuksak intilishlar hamda yorqin orzular uygotishga qaratilgan bo`lishi lozim.

Badiiy so`z bolalarni axloqiy va estetik ruhda tarbiyalash vositasi hamdir. O`qituvchi sinf o`quvchilari bilan samimiy muomala qilishni doimo esida tutishi lozim. Buning uchun u boshqa biron nuqtaga tiqilib qolmay tarbiyalanuvchilarning yuz va ko`zlariga diqqat bilan qarab, kuzatib turmog`i darkor. Tarbiyalanuvchilar bilan bo`lgan jonli, bevosita muomila ularda yaxshi ta’surat qoldiradi.

Ta’lim va tarbiya jarayonida  o`qituvchi o`z o`quvchilariga nima deyayotganligi bilangina emas, balki uni qay tarzda ifoda etayotganligi bilan ham ta’sir etadi. Misol uchun «Assalomu alaykum» so`zi yoki biron bir o`quvchining ismi, familiyasi ham bir vaqtning o`zida taajub, kesatiq, qoralash, jaxl va quvonch va xakozalarni ifoda etishi mumkin. Bunda o`sha so`zning qanday talaffuz etilishi muhimdir. SHurolar (Xukmronligining) tuzimining so`ngi yillarida keng jamoatchilik ongida o`qituvchilarning bir qolipdagi nutqi, nunoq kommunikativ muomilasi chuqur o`rin olgan edi. Ya’ni – zarur bo`lmasada baland ovozda gapirish, pand – nasixat ohangida so`zlash, o`z so`zining, e’tirozlarining to`g`riligi haqida qaysarlik bilan turib olish va e’tirozga yo`l qo`ymaslik, muloqotda ko`proq avtoritar usulga tayanish va xakozalar. Bundan tashqari, o`qituvchining gapni noto`g`ri tuzishi, bo`shang, ma’nosiz nutqi ham jamoatchilikning nazaridan chetda qolgani yo`q. Televizion ko`rsatuvlarda o`qituvchiga so`z berilsa ko`pchilikning diqqat e’tibori uning qay usulda gapirishiga, ovoziga, nutq sur’atiga va xakozalarga qaratiladi hamda darhol baho beriladi. Oddiy fuqaro (fermer, ishchi - xizmatchi) gapirsa bunga  e’tibor berilmasligi ham mumkin.

Nutq organlaripga quyidalirkiradi: o’pka, tog’aylar, tovush paychalari, bo’g’iz, og’iz bo’shlig’i, til, tish, lablar, burun bo’shlig’I kiradi.

Til va nutq.Nutq madaniyati - til normalarini egallamoq, talaffuz, urg'u, so'z ishlatish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shu­ningdek, tilning tasviriy vositalari har xil sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq boiishi kerak. Nutqda til - fikr almashish quroli, o'qituvchi qalbining oynasi, o'qituvchining dars berish uslubini, pedagogik maho­ratini to'liq namoyon qiluvchi vosita. Nutqda - tildagi rang-barang vosi­talar o'z ifodasini topsa, bunday nutq - boy nutqdir.

Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bogiangan vosita-lardir. Nutq qaysi tilda aytilmasin, o'sha millat tilining qonun-qoidalari asosida ro'yobga chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi.

Til nutq uchun moddiy material. Shu material asosida nutq tashkil topadi.

Nutq - tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real-likka aylangan fikr bo'lib ikki xilda namoyon bo'iadi:

  • ichki nutq;
  • tashqi nutq.

O'qituvchi ongida hosil bo'ladigan, hali amalga oshmagan til ele-mentlaridan tashkil topgan, kishining og'iz ochmasdan fikrtashi, mulo-haza yuritishi, o'ylashi ichki nutqdir.

O'qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta'siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq -tashqi nutq bo'lib, u ijtimoiy hodisadir.

1. O'qituvchining nutqiy faoliyati: so'zlash, mutolaa qilish va eshi-tishdan iborat. Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ayrim tekst va kitob shaklida bo'lishi mumkin. Nutq maxsus bel-gilangan tartibda o'zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi.

Til hodisasi fonemalar tizimida, morfemalarda, sinonimiya, omoni-miyalarda, mavjud grammatik qoidalarda, murakkab terminlar va fraze-ologik iboralarda namoyon bo'ladi.

Til va nutqning qiyosiy tahlili:

Tilning imkoniyatlari:

  1. Til aloqa materiali.
  2. Tilni xalq yaratadi.
  3. Tilning hayoti qadim xalq hayoti bilan bog'liq.
  4. Ayrim shaxslar ayni zamonda bir nechta tilni bilishi mumkin.
  5. Tilning hajmi noaniqdir.
  6. Ti1 - turg' un statik hodisa.

Nutqning imkoniyatlari:

Nutq aloqa shaklidir. Nutqni har bir shaxs yaratadi. Nutqning hayoti esa qisqa bo'lib, u aytilgan paytdagina mavjud. Ayrim shaxsning nutqi ayni zamonda faqat bitta bo'ladi, chunki u malum vaqtda va ma’lum o'rinda yuz beradi. Nutqning hajmi esa aniq. Nutq harakatda bo'luvchi, dinamik hodisa.

Til xatosida so'zning mahiosi keskin buzilishi mumkin (Masalan: sof-sop, tif-tip, fan-pan, dil-til, nufuz-nufus, servis-serviz, xo'p-xo'b).

Nutq xatosidagi buzilishlar ko'pincha faqat akustik tomondan o'zgaradi (fikr-pikr, fabrika-pabrika, safar-sapar kabilar).

Til va nutq hodisalarining qonun-qoidalarini mukammal bilish, uning qoidalariga doimo rioya qilish, obyektiv sharoitda tinimsiz mashg'ulotlar olib borish - o'qituvchining til sofligi, nutq madaniyati va odobi masa-lalariga oqilona yondashishiga olib keladi.

 

  1. Og'zaki nutqning psixologik tuzilishi; maqsadi va mazmuni.

Tilning og`zaki va yozma shakllari mavjud. Og`zaki nutq madaniyati  orfoepik (to`g`ri talaffuz) normalar va intonatsion hususiyatlarga asoslanadi. Yozma nutq madaniyati esa ma’lum orfografik (to`g`ri yozuv) normalari va punktuatsion belgilarga tayanadi.

Har  bir o`qituvchining faoliyati bevosita nazariy va amaliy mashg`ulotlarda so`z bilan, til bilan, nutq bilan bog`langandir. Chunki o`tiladigan har  bir darsda butun fikr, g`oya va obrazlar har akter va maqsadlar rang – barang so`zlar orqali ifoda etiladi. Shu sababli har bir o`qituvchi darsda utiladigan mavzuni o`quvchi ga faqat  gapirib berish bilan  cheklanmay, ayni chog`da uni jonlantirishi, badiiy etuk shaklda talqin etishi lozim. Demak, gapirish uslubi, so`zlarni talaffuz etish hususiyati ovozning baland, past bo`lishi, urg`uning sifati, nutq sur’ati, pauza  va boshqalar orqali belgilanadi. Intonatsiya jumlaga, undagi so`zlarga, gapiruvchi ifoda etmoqchi bo`lgan mazmunga jon bag`ishlaydi. Nutqdagi maqsadning o`zgarishi bilan gapirilayotgan jumlaning moxiyati ham, matnning intonatsiyasi ham o`zgaradi. Intonatsiya tabiiy va to`g`ri bo`lishi kerak.

Gap bo`laklari orasidagi pauza (tinish) ahamiyatini ham unitmaslik lozim.

Pauza deganda odatda ovozning biroz tinishi tushiniladi. Og`zaki nutq paytidagi mavzu – ovoz tinishi fikr tinishi degan so`z emas. Aksincha, bunda fikr nutq paytidagiga nisbatan tezroq ishlaydi, tinglovchilar esa dam oladi yoki eshitganlarini mushohada etadi.

O'qituvchi og'zaki nutqining asosiy xususiyati, uning mazmuni o'quvchilar tomonidan ikkita kanal orqali tovush va vizual yo'l bilan qabul qilinishidadir. Vizual harakatlar o'qituvchi nutqining ta'sirchanligini, ifodaliligini oshiradi, u o'qituvchining kayfiyati haqida ham o'quv­chilarga uzluksiz axborot berib turadi. Shuning uchun yosh o'qituvchi muloqotda o'zining tashqi ko'rinishini boshqara olish ko'nikmasini shakllantirishi kerak.

O'qituvchi og'zaki nutqining yana bir xususiyati, uning improvizatsion (hech qanday tayyorgarliksiz) harakterda ega ekanligidadir. Tajribali o'qituvchi tekstga yoki konspektga qaramasdan gapiradi, o'quvchi uni tinglab turib, so'z va ifodalarda tutila-yotganligini, ba'zan nutqiy kamchiliklarini ko'ra oladi. Shunday holat vujudga keladiki, go'yoki o'qituvchi notiq sifatida o'zligi haqidagi haqi-qatni, fikrlarini birinchi marta o'quvchilar bilan ochayotgandek bo'ladi.

Kommunikativ nutqning muvaffaqiyatli bo'lishi uchun, o'qituvchilar o'zida notiqlik san'atiga xos, qator maxsus qobiliyatlarni rivojlantirishi talab qilinadi:

  • ijtimoiy perseptiv qobiliyat;
  • ijtimoiy tasavvur qobiliyati;
  • o'zini boshqara olish qobiliyati;
  • muloqotda o'zining mlliy holatini boshqara olish qobiliyati; « irodaviy ta'sir ko'rsatish qobiliyati;
  • ishontira olish qobiliyati.
  1. Nutq madaniyati haqida tushuncha, uning unsurlari.

Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati mada­niyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Quyidagi o'qituvchining nutq madaniyatiga xos bo’lgan vositalarni unutmasligi kerak:

  1. Nutqmadaniyatio'qituvchiningma'naviy-axloqiykamolotitar­kibiyqismidir. Zeronutq, millatimizerishganmadaniyatdarajasiniko'r-satuvchi, o'zonatilimizgae'tiqodninamoyishetuvchiyorqinvaishonchlidalildir.
  2. Nutqmadaniyatio'qituvchilarnima'naviyvamadaniysaviyasibilanhamdaadabiytilnimukammalbilishibilanboshqakasbegalaridanma’lumma'nodaajratibturadi.
  3. Nutqmadaniyatiningpirovardmaqsadierkinfikregasiboiganbarkamolavlodniqandaykasbegasibo'libyetishishidanqat'iynazarma'naviyjihatdantarbiyalash.
  4. Nutqmadaniyati — bu, avvalo, o'qituvchilardanutqiyko'nikmavanutqiymalakalarnihosilqiladi. Buko'nikmapedagogikfaoliyatdatakomillashibboradi, maxsusmehnatvamashqlarevazigamalakaoshiriladihamdaerishilganmuvaffaqiyatlartufayliqobiliyatvamahoratshakllanadi.
  5. Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egallash aso­sida erishiladi. Buning uchun o'qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib borishi, she'rlar yod olishi va uni deklamatsiya bilan o'qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim.
  6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko'rinishi nutqiy taqlid bolib, yosh o'qituvchilar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan ustoz murabbiylarning nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o'rganishi mumkin.

Nutq madaniyatining va notiqlik san'atiga umumiy, o'xshash tomon-lari bor. Har ikkala soha til va nutq, inson nutqi bilan aloqadordir. Har ikkalasi o'qituvchi nutqiy faoliyatining ta'sirchan, chiroyli bo'lishi uchun zarur hodisa bo'lib, uning nutqiy madaniyatini o'stirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik san'ati kabi nutqning ma'noliligi, nutqiy go'zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan oziqlanadi.

O'qituvchi nutq madaniyati va notiqlik orasidagi ba'zi muhim farqli tomonlarni va belgilami bilishi lozim. Bular quyidagilar:

  1. Nutq madaniyati, chinakam ma'noda adabiy til bilan bog'liq hodisadir. Uning paydo boiishi, lisoniy asosi, talab va mezonlari adabiy til va uning normalari bilan bog'liq. Notiqlik san'ati uchun bular asosiy belgilar emas. Notiqlar orasida adabiy til talablariga to'la amal qilmaydiganlar, ma’lum vaqtgacha, shevada ham chinakam notiqlik san'atini namoyish qilib kishilar qalbiga qizg'in ta'sir qiluvchi kishilar uchraydi. So'zga chechanlik, notiqlik, til materialining harakteriga qarab emas, balki, notiqning chinakam so'z ustasi ekanligiga, tinglovchilarni o'ziga jalb etishida, ta'sirchan nutqiy san'atiga qarab belgilanadi.
  2. Notiqlik - bu nutqning og'zaki shakli. Notiqlik san'ati og'zaki nutq san'atidir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og'zaki, ham yozma shakli uchun taalluqli boigan tushunchalardir.

3. Nutq madaniyati jamiyat a'zolarining umumiy nutqiy faoliyatini
nazarda tutadi. Nutq madaniyati sohasining maqsadi va pirovard orzusi
yosh avlod nutqini madaniylashtirishni moijaliaydi. Chin ma'nodagi notiq-
lik san'ati esa, alohida shaxslarning nutqiy mahoratini va san'atini ifo-
dalaydi. Notiqlik, asosan nutq vositasida o'qituvchilar jamiyat talablari
asosida yosh avlodga muayyan ta’lim va tarbiya beradi, yuqori maiakali,
raqobatbardosh, o'zining mustaqii fikriga ega boigan kadrlarni tayyorlaydi.

4.   San'atkor notiq nutqi, asosan, ko'pchilik tinglovchilarga, keng
auditoriyalarga mo'ljallangan boiadi. Notiqni bir kishidan ortiq shaxslar
tinglaydi. Nutq madaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari
kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka kishiga qaratilgan nutqlarni
ham o'z ichiga qamrab oladi.

  1. O'qituvchilar adabiy tilning keng imkoniyatlari va boyliklarini yaxshi egallagan, nutq madaniyati talablariga javob beradigan tajribali notiq bo'lishi mumkin. Biroq hamma o'qituvchi ham san'atkor ma'no-sidagi mukammal notiq bo'la olmaydi. Lekin adabiy tildan foydalanuvchi har bir o'qituvchi nutq madaniyatidan xabardor bo'lishi shart.
  2. Nutq madaniyati ko'pchilikka moijallangan, ma'lum bir maq-sadni ko'zda tutib ish ko'ruvchi soha. Bu ma'noda u keng omma uchun mo'ljallangan talabdir, ammo notiqlik - shaxsiy qobiliyatdir.
  3. Nutq madaniyati - bu faqat nutq haqidagi nutqiy faoliyatga tegishli tushuncha va soha emas, u til madaniyati bilan ham, ya'ni adabiy tilni va uning normalarini o'rganish va bu normalarni qayta ishlash ishi bilan ham shug'ullanadi. Notiqlik san'ati esa bunday ilmiy - normativ faoliyatni ko'zda tutmaydi.
  4. Notiqlik, ko'proq nutqning mazmunini, mantiqiy asoslarini, mundarijaviy tuzilishini e'tiborga oladi, nutq madaniyati esa, nutqning til qurilishi - lisoniy tuzilishiga e'tibor qiladi.
  5. Notiqlik san'ati notiq uchun oldindan qanday so'zlash tizimi va rejasini bermaydi. Nutq madaniyati sohasi esa jamiyat a'zolarini ona tili, ya'ni adabiy til boyliklari va vositalaridan maqsadga muvofiq sharoit va uslub taqozasi talabiga ko'ra o'rinli foydalana olish ko'nikmasini beradi. Bunday ko'nikma, aslida har qanday san'atkor notiq uchun ham zarur.

10.  Notiqlik san'ati haqidagi fan ancha qadimiy tarixga ega, nutq
madaniyati ilmiy muammo va ilmiy soha sifatida muntazam yangilanib
boradi.

O'qituvchi nutqi­ning ta'sirchanligi nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi va nutqdagi to'g'rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik tinglovchiga ta'sir etish uchun yo'naltifilgan bo'ladi.

Mukammal notiqlik san'atiga ega bo'lish - o'qituvchilar uchun ulkan mehnat talab qiladigan murakkab jarayondir. Nutqning o'tkirligi,yorqinligi va originalligi tinglovchi va o'quvchilarda his-tuyg'u va qizi­qish uyg'otishi, uning e'tiborini qaratishi, aytilayotgan narsaning mazmu-nini yaxshilab yetkazish uchun zarurdir.

  1. Nutq texnikasi: nafas olish, ovozni yo‘lga qo’yish, uning tozalanishi, talaffuz, Nutq sur’ati.

"Pedagogik nutq texnikasi" tushunchasi o'qituvchilarning kommu­nikativ xulqi tushunchasi bilan uzviy bog'liq. O'qituvchining kommu­nikativ xulqi deyilganda, faqat uning gapirish va axborot berish jarayonigina emas, balki, o'qituvchi va o'quvchi muloqoti uchun emotsional psixologik muhit yaratishga, ular o'rtasidagi munosabat va ish uslubiga ta'sir ko'rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o'qituvchining nutqiy nazokati ham ko'zda tutiladi.

O'qituvchilarning- pedagogik faoliyatidagi og'zaki nutqi monologik va dialogik shaklda boiadi.

 Monologik nutqning keng tarqalgan shakllari hikoya, maktab ma 'ruzasi, sharhlash kabilardir.

Dialogik nutq turlari suhbat, savol - javob shaklida bo 'ladi.

Pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun, o'qituv­chining nutqi ma’lum talablarga javob berishi, ya'ni notiqlik mahoratini shakllantirish uchun lozim bo'lgan kommunikativ sifatlarga javob berishi hamda nutqi bir nechta adabiy normalarga mos kelishi lozim: chunonchi, zamonaviy normalarga, ifodali, adabiy til normalariga.

Pedagogik nutqning to'g'rilik, aniqlik, moslik, leksik boylik, ifodalilik va tozalik kabi kommunikativ sifatlari o'qituvchi nutqining mada­niyatini belgilaydi.

Maqsadga muvofiq keladigan pedagogik nutq texnikasi o'zining mantiqiyligi, ishonchliligi, kuzatuvchanligi bilan bir nechta funksiyalarni bajaradi:

O'qituvchi nutqining birinchi funksiyasi - o'rganilayotgan bilimlarni to’liq holda berilishini ta'minlashdan iboratdir. O'qituvchi nutqining kommunikativ o'ziga xosligi bilan bilimni o'quvchilar tomonidan qabul qilinishi va esda qolishi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa mavjud. Nutq buni ta'minlashi yoki qiyinlashtirishi mumkin.

O'qituvchining nutqi faqat axborot berib qolmay, o'quvchining ongi, sezgisiga ta'sir qilishi, ularning fikrlash faoliyatiga jadallashtirishi kerak.

O'qituvchi nutqining ikkinchi funksiyasi

Жойлаштирди: Юсупова Васила Янгибоевна
Кўриб чиқилди: 768
Video darsliklar:

Video darsliklari qo'shilmagan