FOYDALI MANBALAR
Вилоятлар
Qisqacha ma'lumot
F.I.SH.:
Ражабова Хуршида Нарзиллаевна
Kafedra va lavozimi:
Педагогика, психология ва таълим менежменти, Катта ўқитувчи
Tug'ilgan sanasi:
1966-02-20
Davlat mukofoti va yili:
Yoq, Yoq
Ilmiy unvoni va darajasi:
,
Tugatgan oliygohi, mutaxassiligi va yili: Тошкент давлат педагогика университети, Педагогика, психология , 1990
Qisqacha ma'lumot:
Maqolalar:

MILLIY VA MA’NAVIY MEROS – TA’LIM-TARBIYA OMILI

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ВАЗИРЛИГИ НАВОИЙ ВИЛОЯТ ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА УЛАРНИНГ МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ “ТАЪЛИМДА ИННОВАЦИЯЛАР, ИНВЕСТИЦИЯЛАР ВА ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САЛОҲИЯТ: МУАММОЛАР, ТАҲЛИЛЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ ИККИНЧИ ҚИСМ 15 ДЕКАБР НАВОИЙ-2016 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ВАЗИРЛИГИ НАВОИЙ ВИЛОЯТ ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА УЛАРНИНГ МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ “ТАЪЛИМДА ИННОВАЦИЯЛАР, ИНВЕСТИЦИЯЛАР ВА ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САЛОҲИЯТ: МУАММОЛАР, ТАҲЛИЛЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” МАВЗУСИДАГИ Республика илмий-амалий конференция материаллари ТЎПЛАМИ 2016 йил 15 декабр ИККИНЧИ ҚИСМ НАВОИЙ-2016 УЎК: 37.03.001.76(075) КБК: 74.26 Т: “Таълимда инновациялар, инвестициялар ва интеллектуал салоҳият: муаммолар, таҳлиллар ва истиқболлар”. Республика илмий-амалий конференция материаллари. – Навоий: Навоий вилояти ХТХҚТМОИ нашри, 2016. –271 б. Мустақиллигимизнинг 25 йиллигига бағишлаб ўтказилаётган ушбу илмий-амалий конференция материаллари тўпламида умумтаълим мактаблари таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари, таълимда чет тилларни ўқитишнинг сифат ва самарадорлигини оширишда инновациялар, инвестициялар ва интеллектуал салоҳият, таълим жараёнидаги долзарб муаммолар ва ечимлар ҳамда «Соғлом она ва бола йили» Давлат дастури асосида белгиланган вазифалар доирасида бажарилаётган илмий ишларга бағишланган илмий тадқиқот ишлари натижалари ёритилган. Kонференция материалларидан ОТМ профессор-ўқитувчилари, академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари ва умумтаълим мактаблари ўқитувчилари, магистрантлар ва иқтидорли талабалар ҳамда шу соҳада илмий иш олиб бораётган тадқиқотчилар фойдаланишлари мумкин. Масъул муҳаррир: - Рўзиқулов Ф.Р. ТАҲРИР ҲАЙЪАТИ 1 Пулотов А.М. - Навоий вилоят ХТХҚТМОИ Маънавий-маърифий, илмий ишлар бўйича проректор, п.ф.н., доцент Ҳакимов О.О. - Навоий вилоят ХТХҚТМОИ Ўқув-методик ишлар бўйича проректор 3 Сувонов О.О. - Навоий вилоят ХТХҚТМОИ “Табиий ва аниқ фанлар таълими” кафедаси мудири, т.ф.н., доцент 4 Шомиев Ғ. Ў. - Навоий вилоят ХТХҚТМОИ “Ижтимоий-иқтисодий фанлар” кафедраси мудири, и.ф.н 5 Астанақулов К.М. - Навоий вилоят ХТХҚТМОИ “Педагогика, психология ва таълим менежменти” кафедраси мудири Файзиева Ф.И. - Навоий вилоят ХТХҚТМОИ Ўқув жараёнини ташкил этиш бўлими бошлиғи Мақолалар мазмуни ва маълумотларнинг ҳаққонийлигига муаллифлар масъул. © Навоий вилоят халқ таълими ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти Илмий кенгашининг 2016 йил “ “ даги -сонли баёни асосида нашрга тавсия этилди. MILLIY VA MA’NAVIY MEROS – TA’LIM-TARBIYA OMILI Rajabova X., Navoiy viloyat XTXQTMOI Buyuk bobokalonlarimizning aql-zakovati bilan bunyod etilgan milliy ma’naviy meroslar bugungi zamonaviy ta’limimizni yuksaltirishga va undan ijodiy o‘zlashtirishimizga asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov: “Kеlajak avlod haqida qayg‘urish sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalab еtishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir”- dеb e’tirof etganlaridеk, yurtimiz jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatorida tura olishi o‘sib kеlayotgan yosh avlodning bilim salohiyati hamda ma’naviy barkamolligiga bog‘liq. Zamonaviy ta’lim jarayonida yangiliklarni amalga oshirish chog‘ida milliy an’ana va qadriyatlar ijtimoiy - madaniy hayotimizdagi uslublarning vorislik rishtalari uzib yuborilmasligi kerak. Zamonaviy ta’lim mazmuning markaziy komponenti o‘zida g‘oyalarning eng maqbul majmuasini eng umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtirishi zarur. Taniqli ruhshunos olim L. S. Vigotskiy jamiyat taraqqiyotidan ilgarilab ketgan ta’limgina samarali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Bugun bola kattalar yordamida amalga oshirayotgan ishini ertaga o‘zi bajarishi kerak. Bunga bolani har tomonlama rivojlantiradigan, uni fikrlashga o‘rgatadigan, qobiliyati qadamba - qadam o‘sishini imkon yaratadigan tafakkurining yangi-yangi qirralarini ochadigan ta’lim va tarbiyamiz milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizhaqidagi bilimlar bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi farzandlarimizning o‘zligini anglashiga, har yerda va har qanday sharoitda yurtiga sodiq farzand bo‘lib o‘z xalqining dardiga darmon bo‘la oladigan vatanparvar inson bo‘lib voyaga yetishiga asos bo‘ladi. Yuqoridagi fazilatlar egasi bo‘lishi uchun farzandlarimizga ulug‘bobokalonlarimizning vatan farovonligi, yurt tinchligi, xalq ozodligi uchun olib borgan zahmatli mehnatidan yaralgan ma’naviy meros va qadiyatlarimizni ular ongiga yetkazishimiz lozim. Masalan, umrining mazmunini millatning dardlariga darmon bo‘lishdan iborat deb bilgan Amir Temur bobokalonimiz haqida gapiradigan bo‘lsak, biz tarixdan bilamizki, buyuk sarkarda va davlat arbobi, ilm-fan, ma’naviyat sohibi bo‘lgan Amir Temur Samarqandda, Shahrisabz, Buxoro, Toshkentda va boshqa hududlarida bunyod etilgan nodir me’moriy obidalar, tengi yoq bog‘-u rog‘lar yaratganligi, o‘zbek nomini, o‘zbek millatinining o‘ziga xos jihatlarini, kuch-qudrati va adolatparvarligini o‘z say’-harakatlarida ko‘rsata olganligi, bundan tashqari Sohibqiron bobomizning bunyodkorlik sohasidagi ishlari, uning boshchiligida qurilgan madrasayu-masjidlar, xonaqohlaru-saroylar, kanallaru- ko‘priklar, yo‘llaru-bekatlar, va boshqa qator imorat-u inshootlarning bunyodga keltirib barpo etganligini yoshlarimizga bildirishimiz lozim. Shuningdek, Sohibqiron bobomizning rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome’ masjidi, Go‘ri Amir va Ahmad Yassaviy, Zangi ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zindadagi me’moriy mo‘jizalar, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va boshqa inshootlarning qurdirganligi haqida ma’lumotlarni yosh avlodga mahorat bilan yetkazadigan bo‘lsak, ular ongi va shurida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning byuk shaxs, yuksak aql-zakovat egasi, tengsiz shijoat sohibi ekanligini anglaydi va Sohibqiron Amir Temurdek bunyodkor, zehn va zakovat, kuch-qudrat sohibi va kuch-qudrat sohibi bo‘lganda ham adolatni, xalqi, vataniga bo‘lgan mehr-oqibatni o‘zida mujassamlashtirishga intiladigan munosib farzandlar bo‘lib yetishishlariga yordam beramiz. Bugungi kunda jamiyatimiz har tomonlama rivojlanib taraqqiy etib borayotgan ekan davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohasini kengaytirish ishlarida, ya’ni obodonchilik, tadbirkorlik sohasiga yoshlarimizni jalb qilishda ham Amir Temur bobomizning ibratli yo‘lini namuna qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Masalan, tarixchi Sharafiddin ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur “Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham zoye bo‘lishini ravo ko‘rmasdi”. Bu bilan yoshlarga ona zamimizdan unumli va maqsadli foydalanish, tadbirli va tadbirkor bo‘lish xususiyatlarini tarbiyalaymiz. Jumladan, Sohibqironnig: “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim” yoki, “Yuz ming otliq askar uddalay olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin” degan so‘zlari yuqorida aytilgan fikrimizning dalilidir. Buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur haqidagi asarlarni hikoyalarni o‘qib o‘rganar ekanmiz uning qoldirgan moddiy va ma’naviy merosi vatanga bo‘lgan muhabbati, ona yurt tuprog‘ini jonidan-da aziz ko‘rganligi, xalqini yovlar zulmidan xalos etishdagi jasorati, xalqparvarligi, bunyodkorligi bugungi kun yoshlariga ibrat bo‘la oladigan darajada beqiyosligini ko‘ramiz. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ham ma’naviy meros qilib qoldirgan barcha noyob asarlarida ham komil insonning ta’lim-tarbiyasi masalalariga alohida e’tibor berib tarbiya jarayonlarini, vositalarini talablarini ko‘rsatib, ta’limda milliylik, ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olish kerakligini aytadi. Zamonasining peshqadam ziyolisi bo‘lgan Abdulla Avloniy bolalarni mustaqil, mantiqiy fikrlashga o‘rgatishda ularning fikriy tarbiyasiga to‘xtalar ekan, bu - muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. “fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur”,- deb fikr bildiradi. Hamza Hakimzoda Niyoziy ta’limning tushunarli va ko‘rgazmaliligi singari aniq ta’lim-tarbiya qoidalarini himoya qilib, tarbiyani inson shaxsini shakllantiruvchi kuch deb bilib, bolada mehnatsevarlik, halollik, sofdillik, samimiylik, saxiylik kabi o‘zbekona fazilatlarini tarbiyalashga alohida e’tibor beradi. Buyuk bobokalonlarimizning aql-zakovati bilan bunyod etilgan milliy va ma’naviy meros yoshlarimizning har tomonlama dunyoqarashini kengaytirib, ma’naviyatini yuksaltirishga, ularni vataniga, xalqiga sodiq farzand bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi. МУНДАРИЖА 133 Mahalla – milliy qadriyatlar maskani Umarova N., Ergasheva H. 245 134 Баркамол авлод соғлом оилада улғаяди Қодирова Ф. 247 135 O‘quvchilarni kasb – hunarga yo‘naltirishda sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlaridan foydalanish Aripov I.Yu.,Avezova F. 248 136 Yoshlarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda oilaning o‘rni Umirova D., Jaylibayeva T. 249 137 O‘quvchilarni jismoniy sog‘lom qilib tarbiyalashda milliy harakatli o‘yinlarning roli Qushakbaev E. 251 138 Mehnat ta’limi darslarda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyaatini shakllantirish masalalari Aripov I. 252 139 Milliy va ma’naviy meros – ta’lim-tarbiya omili Rajabova X. 253 140 Соғломлаштириш тадбирлари соғлом – баркамол, авлодни тарбиялашнинг муҳим омили Шодиев А. 255 141 Mutaffakirlarimiz ilmiy ta’limotida barkamol avlod tarbiyasi Z.Qorayev.,L.Qorayeva. 256 142 Tabiat muhofazasi insoniyatning eng oliy burchidir Xasanova X., Xasanova N. 257 143 Замонавий педагогик технология асосида баркамол авлодни касб танлашга тайёрлаш Бозорoва M. 259 144 Ёшлар характерини шаклланишида миллий қадриятларнинг ўрни Сафаров Д., Сафарова Н. 261 145 Ta’lim sifatini oshirishda o‘quvchi yoshlarni madaniy meros va axloqiy tarbiya ruhida tarbiyalash (boshlang‘ich sinflar misolida) Begmurodov B.A. 262 146 Tarixiy xotira va tarixiy bilimlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni Boboyorov Sh.S. 264 147 Sharq mutafakkirlari asrlarida o‘qituvchi qiyofasi va kasbiy yetukligi masalalari Dusanov E. 266 148 Ilm-fan taraqqiyotida barkamol avlod tabiyasining ustuvor jihatlari Xudayberdiyeva M. 267 149 Yoshlar siyosati – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi Boboyorov Sh.,Shopo‘latova N. 269 150 Yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish Azizova S.T 270 151 O‘zbek davlatchiligi tarixida ma’naviy-madaniy meros (amir temur hukmronligi davrida) Boboyorov Sh., Safarov D. 271

Жойлаштирди: Ражабова Хуршида Нарзиллаевна
Кўриб чиқилди: 76
Metodik materiyallar:

Metodik tavsiya

Жойлаштирди: Ражабова Хуршида Нарзиллаевна
Кўриб чиқилди: 47

Metodik tavsiya

Жойлаштирди: Ражабова Хуршида Нарзиллаевна
Кўриб чиқилди: 39
Video darsliklar:

Video darsliklari qo'shilmagan