FOYDALI MANBALAR
Вилоятлар
Qisqacha ma'lumot
F.I.SH.:
Соипова Мавжуда Каримовна
Kafedra va lavozimi:
Ижтимоий - иқтисодий фанлар, Ўқитувчи
Tug'ilgan sanasi:
1975-11-22
Davlat mukofoti va yili:
Yoq, Yoq
Ilmiy unvoni va darajasi:
,
Tugatgan oliygohi, mutaxassiligi va yili: Фарғона Давлат Университети, Тарихчи, тарих ўқитувчиси, 1997
Qisqacha ma'lumot:
Maqolalar:

ИМОМ АБДУЛАЗИЗ АЛ-МАРҒИНОНИЙ ЗИЁРАТГОҲИ

Ушбу мақолада машҳур фақиҳ Имом Абдулазиз ал-Марғиноний (1016-1084) зиёратгоҳи  ва унинг авлоди Имом Қозихон Бухорий  тўғрисида сўз юритилади.

Жойлаштирди: Соипова Мавжуда Каримовна
Кўриб чиқилди: 222

ИМОМ Қозихон

 ИМОМ АБДУЛАЗИЗ АЛ-МАРҒИНОНИЙ ЗИЁРАТГОҲИ

Жойлаштирди: Соипова Мавжуда Каримовна
Кўриб чиқилди: 73
Metodik materiyallar:

маънавиятга тавсия

Жойлаштирди: Соипова Мавжуда Каримовна
Кўриб чиқилди: 97

avesto

Жойлаштирди: Соипова Мавжуда Каримовна
Кўриб чиқилди: 62

milliy armiya

O’zbekiston Respublikasi Oliy va

o’rta maxsus ta’lim Vazirligi

 

FARGONA VILOYAT XALQ  TA,LIMI XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH  INSTITUTI  

IJTIMOIY – IQTISODIY FANLARKAFEDRASI

 

“Mardlar – Vatan tayanchi”

мавзусида

 

 УСЛУБИЙ ТАВСИЯНОМА

 

 

 

 

 

 

Фарғона 2017

 

 

 

 

 

 

Tavsiyanomada  миллий мудофаани барпо этиш соҳасидаги чуқур тизимли ўзгаришлар натижасида армиямизнинг жанговар ва сиёсий тайёргарлик даражаси ва қудрати сезиларли равишда ошди, жамиятимизда, давлатимизда ҳарбий хизматнинг нуфузи, Қуролли Кучларнинг ўрни ва аҳамияти янги босқичга ko’tarilganligi haqida ma’lumot berilgan. Chunki vatan himoyasi har doim ustuvor vazifa bo’lib kelgan. Бир сўз билан айтганда ҳарбий қурилиш соҳасида жаҳондаги энг замонавий тажрибаларни ўзида мужассам этган ва айни вақтда миллий анъаналарни қўз қорачиғидек асраб-авайлаб келаётган армия мамлакат хавфсизлиги, халқнинг тинч меҳнати ва осойишта ҳаётини, демократик ҳуқуқий давлат, фуқаролик жамияти барпо этиш йўлидан изчил тараққий этишини таъминлашнинг ишончли кафолатига айланди.

 Uni o’rganish jarayonida oquvchi yoshlar o’z yurtini himoya qiladigan, vatanparvar bo;lib etishadilar. 

Uushbu tavsiyanoma o’qituvchi va o’quvchilarningvatan himoyasining  hozirgi kundagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni o’rganihsga, bilimlarni oshishiga xizmat qiladi deb hisoblanadi.

.

Ushbu uslubiy tavsiyanoma  umum ta,lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari o’qituvchilari va o’quvchilari foydalanishlari uchun mo’ljallangan

 

 

Тайёрлашди:                              Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasio’qituvchisi

M. Soipova

 

Taqrizchilar:                               A.Solmonov  Farg’ona Davlat universtiteti tarix fani o’qituvchisi,  tarix fanlari nomzodi

 

 

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri, fan nomzodi     M.Payazov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                    So’z boshi

Hozirgi kunda musaffo osmon, tinch hayot kechirish, osuda turmush sharoiti ko'plab mamlakatlar aholisining orzusi bo'lib kelmoqda. O'zaro va tashqi nizolar mamlakat aholisi tinchligini buzish bilan birga qo'shni davlatlar inchligiga ham rahna solishi sir emas.  Farzandlarimiz o'qish va ijodkorlik bilan band, yaratish va yashnatish ishtiyoqi bilan yashayotgan xalqimiz samarali mehnat qilish bilan farovon hayotga erishib kelmoqdamiz.

Tinchlik ulug' ne’mat. Osoyishtaliksiz farovonlikka ham, taraqqiyotga ham erishib bo'lmaydi.bugungi tahlikali zamonda bizdan talab qilinayotgani ogohlikdir. Mana shunday davrda biz o'zimizning yurtimizdagi tinchlikning qadriga etib uni saqlashga barchamiz birdek mas’ulmiz. Buning uchun biz taraqqiyotimizga xasad ko'zi bilan qarovchilarning makriga uchmasligimiz, yolg'onu ihvolarga uchmasligimiz zarur. O’zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti И.Каримов  aytganidek, ko'zimizni kattaroq ochib, kechagi tariximizdan o'zimiz uchun zarur xulosalar chiqarish fursati keldi. Bu har bir fuqaroning nafaqat iymon va vijdon ishi, balki ham qarzi, ham farzidir.

Vatan tinchligi yo'lida ildam qadamlar ichki va tashqi siyosat faoliyatida yaqqol ko'rinadi. Bu yurt sarhadlarining dahlsizligi, chegaralarimizning mustahkamligi, qurolli kuchlarimizning malakali va bilimli, jasur va jangovar mudofaa tizimi boshqarishi, xavfsizlik xizmatining har qanday taxdidlardan saqlash borasidagi faoliyati samarasi o'laroq tinchlik omonlida yashayotganimizga minnatdorchilik va javobgarlik xissi har bir vatanparvar insonni halol mehnat bilan o'z xissasini qo'shishga chaqiradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Mardlar – Vatan tayanchi”

мавзусидаги

 

 uslubiy tavsiyanomani umumiy o’rta ta’lim maktablari tizimida o’rganish bo’yicha 

 

 

Mavzular

 

  1. O’zbekiston  Qurolli kuchlarining  barpo etilishi

2. Qurolli kuchlar – Vatan xavfsizligining muhim kafolati.

3. O‘zbekiston fuqorolarining qurolli kuchlar safida xizmat qilishga oid huquq va burchlari.

 

4. O'zbekiston qurolli kuchlari salohiyati.

 

5. Қуролли Кучларимизни ислоҳ этиш ва унинг жанговар тайёргарлигини  ошириш

 

 

 

 

 

 

O’zbekiston  Qurolli kuchlarining  barpo etilishi

O’zbekistan Respublikasining milliy xavfsizligini, hududiy yaxlitligini himoya qilish mamlakatning mudofaa qobiliyatiga bog’liq.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 sentyabrdagi Farmoniga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi. Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi qaroriga binoan Mudofaa ish­lari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va Nizomi tasdiqlandi. Vazirlik mahalliy harbiy boshqaruv organlari, fuqarolar mudofaasi shtabi va armiya safidan tashqaridagi xizmatning maxsus boshqarmasi negizida tashqil qilindi. Keyinchalik Turkiston harbiy okrugining boshqaruv organlari negizida Mudo­faa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmasi hamda ularning joylardagi quyi bo’linmalari to’zildi.

Mudofaa ishlari vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

— harbiy safarbarlik tadbirlari;

— Milliy gvardiya to’zish va ta’lim berish;

— fuqarolar mudofaasini amalga oshirish;

— harbiy bilim yurtlarini komplektlash;

—oliy o’quv yurtlaridagi harbiy kafedralar va kuchaytirilgan harbiy tayyorgarlik maktablarini boshqarish;

— muqobil xizmatni tashqil qilish;

— urush qatnashchilari va baynalmilalchi jangchilar bilan ishlash;

    —harbiy xizmatga chaqirish, qo’shinlarni joylashtirish, harbiy mashqlar o’tkazishni muvofiqashtirish, qo’shin va harbiy ob’ektlarni yangi joyga ko’chirib joylashtirish, shuningdek, harbiy texnika va qurol-yarog’larni chetga chiqarish va tashqaridan olib kelish;

—harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini huquqiy  va  ijtimoiy himoya qilish;

      — yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hokazo.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992 yil 14 yanvarda «O’zbekiston hududida joylashgan harbiy qismlar va qo’shinlarni o’z tasarrufiga olish to’g’risida» Qaror qabo’l qildi. Bu  O’zbekistonning o’z Qurolli Kuchlarini barpo etishida muhim voqea bo’ldi. O’zbekiston Respublikasida 14 yanvar «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi.

   Mamlakat tasarrufiga olingan harbiy to’zilmalarga rahbarlik qilish Mudofaa ishlari vazirligiga yuklatildi.

  O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyulda bo’lib o’tgan         12-chaqiriq X sessiyasi mamlakat Qurolli Kuchlarini tuzishda muhim voqea bo’ldi. Sessiyada «Mudofaa to’g’risida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida» va «Muqobil xizmat to’g’risida»gi muhim Qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabo’l qilindi. Mustaqil O’zbekiston Qurolli Kuchlarining boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Mudofaa ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.

 

 

 

Qurolli kuchlar – Vatan xavfsizligining muhim kafolati.

O’zbekiston Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qo’shinlar, Harbiy havo kuchlari, Havo  hujumidan mudofaa qo’shinlari, Maxsus va muhandislik- qurilish qo’shinlari hamda Milliy gvardiyadan iborat.

  Quruqlikdagi qo’shinlar Qurolli Kuchlarning eng ko’p sonli turi bo’lib, boshqa qo’shin turlarining birgalikdagi harakati bilan  tajovo’zni qaytarish, zarur bo’lganda esa dushmanni tor-mor qilishga mo’ljallangan.

Harbiy havo kuchlari Qurolli Kuchlarning manyovrli turlaridan biri. Ular quruqlikdagi jang maydonida bo’layotgan yirik operatsiyalarniig borishi va yakuniga ta’sir qilish, mamlakat havo chegaralarini qo’riqlash, quruqlikdagi va havodagi dushmanga zarba berish imkoniyatiga ega.

  Havo hujumidan mudofaa qo’shinlariga O’zbekiston Respublikasining hududini, uning havo chegaralarini, eng muhim davlat va sanoat ob’ektlarini hamda qo’shin guruhlarini havo hujumidan ishonchli mudofaa qilish vazifasi yuklatilgan. Maxsus qo’shinlar esa jangovar harakatlarni operativ ta’minlash masalalarini hal etish uchun mo’ljallangan.

 Milliy gvardiya O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiy qismidir. Bu gvardiya O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 yanvardagi qaroriga binoan, respublika Qurolli Kuchlari qismlari negizida to’zildi. Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi: O’zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq, va erkinliklarini muhofaza etishdir. Gvardiya tarkibi fuqarolarni majburiy harbiy xizmatga chaqirish va armiya xizmatiga o’z ixtiyori bilan borishni birgalikda muvofiqlashtirish asosida to’planadi. Gvardiya zimmasiga bir qancha o’ziga xos vazifalar, jumladan, davlat tantana marosimlarida ishtirok etish yuklatilgan. Shu maqsadda gvardiya tarkibida faxriy qorovul rotasi to’zilgan. Shuningdek, gvardiya zimmasiga alohida muhim davlat ob’ektlarini qo’riqlash vazifalari ham yuklatilgan.

  Armiya mamlakat byudjetidan ajratiladigan mablag’ hisobiga  ta’minlanadi. Har yili mudofaaga ajratiladigan mablag’ miqdori Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Qurollar, harbiy texnika, butlovchi qismlar va boshqa ashyolarni ishlab chiqarish, etkazib berish va ta’mirlash, mudofaani zarur oziq-ovqatlar bilan tahminlash, shuningdek, mudofaa manfaatlariga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va qurilish ishlarini amalga oshirish, davlat va safarbarlik rezervlarida safarbar etiladigan (mobilizatsion) mablag’larni vujudga keltirish, rivojlantirish va saqlash to’liq hajmda davlat buyurtmasiga kiritiladi.

  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo’mondoni hisoblanadi. «Mudofaa to’g’risida»gi Qonunga muvofiq, Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, Qurolli tajovo’z bo’lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yo’zasidan zarur chora-tadbirlar qabo’l qiladi, mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarning qurilish, ularni strategik qo’llash rejasi, shuningdek, safarbarlik rejasini tasdiqlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to’g’risida qaror qabo’l qiladi va buyruq beradi.

 Harbiy kasbni tanlagan yoshlar uchun Toshkent, Samarqand, Farg’ona va Urganch shaharlarida harbiy mutaxassisliklarga yo’naltiruvchi litseylar tashqil etildi. Harbiy litsey tinglovchilari ikki yil mobaynida harbiy ko’nikma to’plab, o’zlari tanlagan qo’shin turlari bo’yicha oliy harbiy bilim yurtlariga tayyorlanadilar.

  Toshkent umumqo’shin komandirlari, Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar, Chirchiq tankchi komandir-muhandislar, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurtlari, Toshkent aloqa-elektrotexnika institutida tashqil etilgan maxsus fakulg’tet Qurolli Kuchlar saflariga turli mutaxassisliklar bo’yicha yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlab beradigan oliy harbiy ilm o’chog’iga aylandi.

  Toshkentda oliy qo’mondonlar tayyorlovchi harbiy Akademiyaning ochilishi O’zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim voqeagina bo’lib qolmay, u xalqaro ahamiyatga ham molikdir. Mamlakat Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondoni Islom Abdug’anievich Karimov Akademiyaning ochilishiga bag’ish-langan  tantanada nutq so’zlar ekan, jumladan, shunday dedi:

 «Ishonchim komilki, yillar o’tib, avlodlarimiz biz xalqimizning mustaqilligi yo’lida, uning tinch bunyodkorlik mehnatini himoya qilish yo’lida qilgan ishlarimizga munosib baho beradi».

  Markaziy Osiyoda yagona harbiy Akademiyaning ochilishi zamonaviy harbiy bilimlarni egallagan, sharqiy sarkardalarning, avvalo Sohibkiroy Amir Temurning tajribalarini, jahon harbiy ilmi hamda xorijiy mamlakatlar jangovar tayyorgarligining ilg’or tajribalarini o’zlashtirgan milliy harbiy kadrlarni tayyorlash demakdir.

 

 

 

O‘zbekiston fuqorolarining qurolli kuchlar safida xizmat qilishga oid huquq va burchlari.

        

Har bir fuqaro harbiy xizmatni o‘tab, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburdir.

         Harbiy xizmat turlari quyidagilardan iborat:

  1. Muddatli harbiy xizmat.
  2. Safarbarlik, chaqiruv rezervidagi harbiy xizmat.
  3. Shartnoma (kontrakt) asosidagi harbiy xizmat.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar hizmati.

Bu huquqiy qoida “Mudofaa to‘g‘risida”gi (11.05.2001) va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi (12.12.2002) qonunlarda asoslab berilgan.

          “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga binoan tinchlik vaqtida harbiy xizmatga yaroqli, sog‘lom va chaqiruv kunigacha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yigitlar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. Qonunning 21-moddasiga ko‘ra, chaqirish muddatlari quyidagi hollarda kechiktiriladi:

-         oilaviy sharoitga ko‘ra;

-         salomatligiga ko‘ra va o‘qishini davom ettirish uchun;

-         o‘rta umumiy ta’lim, akademik litseylar va kasb-hunar kolleji, oily o‘quv yurtlari kundizgi bo‘limida ta’lim olayotgan talabalar o‘quv yurtlarini bitirgunlariga qadar.

O‘zbekiston Respublikasida majburiy harbiy xizmatdan tashqari muqobil xizmat to‘g‘risida ham huquqiy qoidalar belgilab berilgan. Muqobil xizmat- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘taydigan davlat xizmatining alohida turidir.

 

 

 

O'zbekiston qurolli kuchlari salohiyati.

 

Inson Vatanda tug’iladi. Shu Vatanning suvini ichib, hududidan nafas oladi. Ozuqasini iste’mol qiladi. Avlod ajdodlari orasida harakat qiladi. Shu maqsadlar hisobga olingan holda, «Vatanni sevmoq iymondandir» deb hadislarda aytilganligi bejiz emasdir. Har bir shaxs Vatan oldidagi burchga ham ega. Vatanga, uning talab va vazifalariga munosib farzand bo’lishi, axloq-odobli, mehnatsevar va bilimli bo’lishi shu burchlardandir. Inson hayotda yashar ekan, bu burch va vazifalar uning borlig’i bilan hamohang bo’lishi kerak. Agar inson ushbu burch va vazifaga munosib bo’lsa, u o’z Vataniga, xalqiga ham sodiqligini bildiradi, Vataniga fidoiylik fazilatini ko’rsatadi. Shundagina, har bir shaxs ona yurtiga dog’ tushirmaydi. Amal qilayotgan o’z faoliyatini foyda yoki zararini anglab yetadi.

O’z Vatani va millati oldidagi burchini anglab yetish har bir shaxsning oliy maqsadi bo’lishi zarur. Avvalo, shu shaxs o’z Vatanining bir bo’lagi ekanini his etishi, bu bilan faxrlanishi lozim. Vatanda kamol topganligini unutmasligi, o’z o’mida aynan Vatan undan mehr va oqibat kutajagini esda saqlashi tabiiy holda bo’lishi kerak. Shunday qilingandagina shaxs baxt-saodatga erishishi mumkin.

Prezident I.A.Karimov «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat» nomli asarida: «O’zbekistonning har bir asl farzandi o’zini ota yurtining ajralmas bo’lagi deb his etayapti va bundan faxrlanyapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan biri ana shu desak, yanglishmagan bo’lamiz»,- deb yozgan edi. Ha, vatanparvarlik mustaqillik bilan chambarchas bog’langandir.

Davlat rahbarining farmoni bilan 1991 yil 6 sentyabrda Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilgan. 1992 yil 14 yanvardan mamlakat hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O’zbekiston Respublikasi yurisdiktsiyasiga o’tkazilgan.

Mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo'lgan va kelib chiqayotgan xavf-xatarlami har tomonlama tahlil etish asosida armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.

Ushbu dasturga muvofiq, Mudofaa vazirligining bo'linma va qismlarini, chegara qo'shinlarini, boshqa vazirlik va idoralarning harbiy tuzilmalarini yagona qudratli tizimga birlashtirgan Qurolli Kuchlarimiz qismlarining tarkibi va joylashuvi qayta ko'rib chiqildi. Qurolli Kuchlarimiz va ularning asosiy jangovar bolinmalarining prinsipial jihatdan mutlaqo yangi tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi joriy etildi, boshqaruv va tuzilmalarning bir-birini takrorlaydigan, kam samarali bo'g’inlari tugatildi. Mamlakatimiz hududiga suqilib kiradigan har qanday tajovuzkor bosqinchiga qarshi qat’iy zarba berishga qodir bo'lgan Maxsus operatsiyalarni amalga oshiradigan kuchlar, Terrorchilikka qarshi kurashish korrupsyai bo'linmalari va boshqa zamonaviy jangovar bo'linmalar tashkil etildi va ularning faoliyatini kuchaytirish davom ettirilmoqda. Muddatli harbiy xizmatning bir yil etib belgilangani, muddatli harbiy xizmatga chaqiruvning bir yilda bir marta tashkil etilayotgani, qo'shinlarda shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjantlar tarkibining sezilarli darajada kengaygani, safarbarlik-chaqiruv rezerv xizmatining joriy etilgani armiyamizning qiyofasini, uning mazmun-mohiyati va jangovar imkoniyatlarini, harbiy jamoalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni prinsipial jihatdan tubdan o'zgartirdi.

Shu munosabat bilan askar, serjant va ofitserlar tarkibining xizmatni o'tash va yashash joylaridagi ijtimoiy-maishiy sharoitlarini izchil va tizimli ravishda yaxshilash, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, harbiy shaharchalami qurish va rekonstruksiya qilish, ularda eng zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan barcha qulayliklarni yaratish bo'yicha qabul qilingan davlat dasturlarining to'liq bajarilishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Qurolli Kuchlarimizning oldiga qo'yilgan vazifalarni amalga oshirish Mudofaa vazirligi, Birlashgan shtab, butun qo'mondonlik tarkibidan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo'mondonining mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 18 yilligi munosabati bilan qabul qilingan Direktivasida belgilab berilgan tushuncha va ko'rsatmalarni so'zsiz bajarishni talab qiladi.

 

Қуролли Кучларимизни ислоҳ этиш ва унинг жанговар тайёргарлигини  ошириш

 

Армиямиз ҳозирги кунда нафақат Ватанимиз чегараларини, халқимизнинг тинч ва осойишта ҳаётини ҳимоя қилмоқда, айни вақтда мустаҳкам ирода ва характер, мустақил фикрлаш қобилияти шаклланадиган, жисмоний чиниқиш ва юксак инсоний фазилатлар камол топадиган ҳақиқий амалий профессионал малака ошириш мактабига айланмоқда.

Бир сўз билан айтганда, армия хизмати том маънода мардлик ва матонат фазилатларини тарбиялаш, Ватанга садоқат билан хизмат қилиш мактабига айланмоқда.

Ҳозирги босқичда Қуролли Кучларимизни ислоҳ этиш ва унинг жанговар тайёргарлигини оширишнинг аҳамияти, энг аввало, дунё шиддат билан ўзгараётган, Яқин Шарқ ва Форс кўрфази атрофидаги вазият тобора кескинлашаётган бир шароитда қарама-қаршилик, хавфсизликка турли таҳдид ва хатарлар кучайиб бораётганини ҳисобга олганда, минтақада юзага келаётган мураккаб вазият билан белгиланади.

Армияни ислоҳ қилишнинг ҳар томонлама пухта ўйланган дастурига мувофиқ, мамлакатимиз хавфсизлигига қарши қаратилган ташқи ва ички тахдид ва хатарларни чуқур ўрганиш асосида Қуролли Кучларни қуриш ва бошқаришнинг мутлақо янги тизими шакллантирилди. Ҳарбий округлар, чегара ҳудудларининг тузилиши, ҳарбий операциялар олиб бориладиган энг муҳим йўналишларда жанговар қўшин гуруҳларининг ташкил этилиши, ўз таркибида энг муҳим ҳарбий тузилмаларни бирлаштирган Қуролли Кучлар Бирлашган штабининг шакллантирилиши мамлакатимизда ягона мақсад ва вазифалар негизида узвий боғланган ишончли мудофаа тизимини яратиш имконини берди.

Шу йиллар мобайнида сержант ва офицер кадрларни профессионал асосда тайёрлаш тизимини такомиллаштириш борасида кўп ишлар қилинди. Бугунги кунда сержантларнинг қарийб учдан икки қисми замонавий ўқув базасига эга бўлган, салоҳияти тобора ортиб бораётган сержантлар тайёрлаш мактабларида таълим олганини қайд этиш лозим. Қуролли Кучларда хизмат қилаётган сержантлар шахсий таркибининг юксак жанговар ва сиёсий тайёргарлигини таъминлаш ҳарбий қисм ва бўлинмаларда соғлом маънавий-ахлоқий муҳитни, ҳарбий тартиб-интизомни сақлашнинг муҳим омилига, армиянинг асосий ўзагига айланди.

Айниқса, армияни қурол-яроғ ва техника билан таъминлаш, қўшинларнинг моддий-техник базасини мустаҳкамлаш, ҳарбий хизматчилар ва уларнинг оилалари учун ижтимоий-маиший шароитларни яхшилаш масалаларига алохида эътибор қаратилди. Масалан, биргина 2008 йилнинг ўзида ҳарбий хизматчиларнинг иш ҳақи ўртача 51 фоизга оширилди. Муддатли ҳарбий хизматни ўтаган ёшлар учун ишга жойлашиш ва олий ўқув юртларига ўқишга кириш бўйича қатор имтиёзлар тизими белгиланди. Муддатли ҳарбий хизматни ўтаган ва тегишли тавсиянома олган фуқаролар олий ўқув юртларига ўқишга киришда тест синовларида тўплаш мумкин бўлган энг юқори бўлган баллнинг 27 фоизи миқдорида имтиёзли баллга эга бўлади. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2005 йил 31 октябрдаги қарори ёшларда ҳарбий хизматга бўлган иштиёқни янада оширишга хизмат қилмоқда. Ҳозирги кунда мамлакатимиз олий ўқув юртларида армия сафларида мардлик ва жасорат мактабини ўтаган, жанговар ҳамда сиёсий тайёргарликда юксак натижаларга эришган 22 минг нафардан зиёд ёшларимиз таълим олмоқда.

Бир сўз билан айтганда миллий мудофаани барпо этиш соҳасидаги чуқур тизимли ўзгаришлар натижасида армиямизнинг жанговар ва сиёсий тайёргарлик даражаси ва қудрати сезиларли равишда ошди, жамиятимизда, давлатимизда ҳарбий хизматнинг нуфузи, Қуролли Кучларнинг ўрни ва аҳамияти янги босқичга кўтарилди.

 

 

ҲАРБИЙ ҚАСАМЁД – қуролли кучлар сафига кираётган ҳар бир фуқаронинг Конституция ва қонун талабларига биноан Ватанни ҳимоя қилишдек муқаддас бурчни бажаришга берадиган тантанали ваъдаси (қасами). Аксарият давлатлар қуролли кучларида қадимдан мавжуд. Хусусан, Ҳ.қ. қабул қилиш ўтмишда Маҳмуд Ғазнавий, Амир Темур армияларида ҳам бўлган. Ҳ.қ. мазмуни халқнинг урф-одатлар и, анъаналари билан боғлиқ. Ҳ.қ. давлат нуқтаи назаридан Ватанни муносиб ҳимоя қилиш бўйича ҳарбий хизматчига қўйиладиган асосий талабларни мужассам этадиган ҳуқуқий ҳужжатдир. Ҳ.қ. қуролли кучларда ҳарбий интизомни мустаҳкамлаш, уюш-қоқлик ва ҳарбий хизматчиларда ватанпарварлик ҳиссиётларини уйғотишда катта роль ўйнайди. Ҳуқуқий нуқтаи назардан Ҳ.қ. ҳарбий хизматчи асосий мажбуриятларининг қисқача, лўнда ифодаси. Бу – мустақил Ватанимиз, унинг суверенитети ва ҳудудий яхлитлигини ҳимоя қилиш бўйича ҳақиқий жанговар ҳаракатлар жараёнида ёки тинчлик даврида турли шароитлардаги жанговар ўқувларда аскар руҳияти, ватанпарварлик ҳиссиёти, Ватан олдидаги бурчларининг ўзига хос жамланган ифодасидир. Ижтимоий-сиёсий нуқтаи назардан у жангчиларни Ватанга фидокорона хизмат қилишга, ҳарбий бурчга садоқатли бўлишга ўргатади ва ўзида халқимизнинг энг олий фазилатларини, юксак ватанпарварлик туйғуларини, буюк аждодлар анъаналари ҳамда васиятларига содикликни мужассам этади.

 

Vatan haqida mutafakkirlar so'zi:

 

“Inson hammadan avval o‘z mamlakatining farzandi, vatan manfaatlarini diliga jo qilgan grajdanindir.” V.G.VELINSKIY

“Saxovatning eng buyuk jasurliklari vatanga muhabbat tufayli yuzaga kelgan.”

J.J.RUSSO

“Kim bo‘lishdan qat’iy nazar, uning vatanparvarligi so‘zi bilan emas, ishi bilan isbot qilinadi.” V.G.BELINSKIY

“Vatan oldidagi burch inson uchun muqaddasdir.” V.A.SUXOMLINSKIY

 

 

Mavzular yuzasidan savollar

 

1. Vatan nima?

2. O’zbekiston Qurolli Kuchlari to’g’risidagi qonunqachon qabul qilingan.

3.Milliy xavfsizlik deganda nimani tushunasiz?

4. Milliy xavfsizlikni tahminlash bo’yicha qanday tadbirlar ko’rildi?

5. Mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashning huquqiy asoslari         qanday   hujjatlarda o’z ifodasini topdi?

6. Qurolli Kuchlar tizimiga qanday qo’shinlar kiradi?

7. Mudofaa vazirligi zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan?

8. O’zbekiston Qurolli Kuchlarining vazifalari nimalardan iborat?

9. Qurolli Kuchlarni milliy kadrlar bilan tahminlash sohasida qanday ishlar    amalga oshirilmoqda?

 

 

 

Tayanch so’z va iboralar

 

Qurolli Kuchlar, himoya, burch, mas’uliyat, mudofaa, mamlakat.

Qurolli kuchlar, O‘zbekiston armiyasi, milliy havfsizlik, qo‘mondon, fuqoro mudofaasi, Mudofaa Vazirligi, harbiy safarbarlik, muddatrli xizmat.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar

 

1. Karimov I.A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, T. O’zbekiston, 2011

2. Karimov I.A. “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”, T. O’zbekiston, 2015 yil

3. Karimov I.A. “Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz”, 9-jild,

T. O’zbekiston, 2001 yil

4. Sh. Ubaydullayev, A. Norboyev, M. Ziyoyeva, M. Ortiqov,  O‘.Yo‘ldoshev “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik”.

5.Hasanmurod jo‘rayev “Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash” Sharq. Toshkent-2004.

6.I.Karimov O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. “O‘zbekiston” 1997

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Жойлаштирди: Соипова Мавжуда Каримовна
Кўриб чиқилди: 219

testlar

Жойлаштирди: Соипова Мавжуда Каримовна
Кўриб чиқилди: 63

семинар

Жойлаштирди: Соипова Мавжуда Каримовна
Кўриб чиқилди: 80

ayol bahti jamiyat bahti

Жойлаштирди: Соипова Мавжуда Каримовна
Кўриб чиқилди: 34

глобаллашув

ГЛОБАЛЛАШУВ ВА УНИНГ ИНСОНИЯТГА ТАЪСИРИ .

 

  Фарғона ВХТХҚТМОИ   ўқитувчиcи:                            М.Соипова 

                                                                                        

              

Ҳар бир халқнинг яратган бой маънавий мероси ва салоҳияти унинг миллий қиёфасини сақлаб қолиш, бўлажак тақдирини белгилаш, тараққиёт стратегияси ва йўналишларини аниқлаштиришда муҳим ҳалқа бўлиб хизмат қилади. Шунингдек, оламда кечаётган мафкуравий ва маънавий буҳронлар остида унинг жаҳон сиёсати ва халқаро муносабатлар саҳнасида ўз овози, нуфузига эга бўлиши, дунё цивилизациясига дахлдор эканлиги алоҳида ўрин тутади.

Албатта, глобаллашув жараёнлари давлатлар ва халқлар ўртасида интеграция ва ҳамкорлик алоқаларининг кучайиши, капитал ва товарлар, ишчи кучининг эркин ҳаракати учун қулайликлар вужудга келиши, илм-фан ютуқларининг тезлик билан тарқалиши, турли қадриятларнинг умуминсоний негизда уйғунлашуви, цивилизациялараро мулоқотнинг янгича сифат касб этиши билан белгиланади.

ХХ аср бошларига келиб дунё мамлакатлари ўртасидаги ўзаро таъсир шу қадар кучайиб бордики, бу жараёндан ўзини тўла ажратиб олган бирорта давлат йўқ деб тўла ишонч билан айтиш мумкин. Ҳаттоки халқаро ташкилотлардан узоқроқ туришга интилаётган, уларга аъзо бўлишни истамаётган мамлакатлар ҳам бу жараёндан мутлақо четда эмас.

Глобаллашув шундай жараёнки, ундан четда тураман деган мамлакатлар унинг таъсирига кўпроқ учраб қолиши мумкин. Бундай ғайри ихтиёрий таъсир эса кўпинча салбий оқибатларга олиб келмоқда.

Глобаллашувнинг турли мамлакатларга ўтказаётган таъсири ҳам турлича. Бу ҳол дунё мамлакатларининг иқтисодий ахборот, маънавий салоҳиятлари ва сиёсати қандай экани билан боғлиқ. Дунёда юз бераётган шундай жараёнларнинг ҳар бир мамлакатга ўтказаётган салбий таъсирини камайтириш ва ижобий таъсирини кучайтириш учун шу ҳодисанинг моҳиятини чуқурроқ англаш, унинг хусусиятларини ўрганиш лозим.

Глобаллашув яна шундай жараёнки, уни чуқур ўрганмаслик, ундан фойдаланиш стратегияси, тактикаси ва технологиясини ишлаб чиқмаслик мамлакат иқтисодиёти ва маданияти, маънавиятини тоғдан тушаётган шиддатли дарё оқимига бошқарувсиз қайиқни топшириб қўйиш билан баровар бўлар эди.

Глобаллашув миллий маънавиятга ҳам таъсир ўтказади. Ҳар қандай сиёсат, жумладан, иқтисодий сиёсат ва маънавият соҳасидаги сиёсат ҳам илмий асосга эга бўлгандагина мувофақият келтиришини назарда тутсак, бу масалалар олимларимиз сиёсатчиларимизга етарли кўмак беришларини эътироф этишга тўғри келади. Мамлакатимизнинг жаҳон майдонида олиб бораётган сиёсати, қолаверса таълим – тарбия саморадорлигини оширишда кўпроқ самара ва мувофақият келтиришини истасак, глобаллашувнинг моҳияти, йўналишлари, хусусиятларини чуқурроқ тадқиқ ва таҳлил қилиш зарур. Айнан шу жараённи таҳлил қилиш орқали ўқувчи –ёшларнинг тўғри йўл танлаши ва қарорлар қабул қилиши учун имконият яратиш мумкин.

Глобаллашув турли мамлакатлар иқтисоди, маданияти, маънавияти, одамлар ўртасидаги ўзаро таъсир ва боғлиқликнинг кучайишидир.

Глобаллашувга берилган таърифлар жуда кўп. Лекин унинг хусусиятларини тўлароқ қамраб олгани, француз тадқиқотчиси Б. Бандининг таърифи ҳарактерлидир.

а) Глобаллашув-муттасил давом этадиган тарихий жараён.

б) Глобаллашув-жаҳоннинг гомогенлашуви (юн.хонкоденс таркиби, келиб  чиқиши жиҳатидан бир хиллик, бир жинслик) ва универсаллашуви жараёни;

в) Глобаллашув-миллий чегараларнинг “ювилиб кетиш” жараёни.

Глобаллашувнинг уччала ўлчовига ҳам эътироз билдириш мумкин. Бироқ жаҳондаги жараёнларни кузатсак буларнинг уччаласини ҳам кўриш мумкин.

Шу боис миллий истиқлол ғояси бугунги глобаллашув жараёнида уйимизни ҳаётимизни тоза ҳаво билан таъминлаб, айни пайтда, “довуллар”дан сақлаш омили эканлигини англаш муҳим.

Глобаллашув мухолифлари эса аксилглобалистлар номини олган бўлиб, улар орасида кўпроқ сўл кучлар, касаба уюшмалари ва ёшлар ташкилотларининг вакиллари бор. МДҲ ҳудудида аксилглобалистлар Россия Федерацияси ҳудудида фаол ҳаракат олиб бормоқдалар, улар турли анжуманлар, семинарлар ўтказиш учун тўпланиб турадилар.

ХХ аср ўртасида глобаллашувнинг ташкиллашуви кучайгандан кейин бу жараённинг ўзи ҳам кескин тезлашди ва шиддатли тус олди. Бу ташкиллашувнинг кучайганини Бутунжаҳон савдо ташкилоти, Халқаро Валюта жамғармаси, Жаҳон банки, Европа тараққиёти ва тикланиш банки ташкилотларининг вужудга келгани мисолида ҳам кўриш мумкин.

Глобаллашувнинг маънавиятга таъсири ва маънавий глобаллашув масалалари социология, фалсафа, маданий антропология фанларида ўзининг аксини етарли даражада топиши керак.

Глобаллашув бир томондан инсониятнинг бирлашиши ва интеграция жараёнларини кучайтирувчи, унинг фаровонлик даражасини оширувчи, давлатларнинг иқтисодий ва сиёсий жараёнларини жадаллаштирувчи, мамлакатлар ва халқларнинг технологик илмий ва маданий ютуқларини ўзаро алмашишини фаоллаштирувчи омил бўлса, бошқа томондан бой, қудратли Ғарб ва қашшоқ ҳамда заиф Ғарб дунёсига тегишли бўлмаган давлатлар ўртасидаги фарқни тобора кучайтирувчи омил сифатида намоён бўлади.

Таҳлиллар шуни кўрсатадики, глобаллашув жараёнларини фақат салбий ҳодиса сифатида баҳолаш ва унга қарши туриш ижтимоий ҳаётдаги турли хил табиий, ижтимоий боғлиқликларни инкор этишга олиб келиши мумкин. Глобаллашув жараёнлари "мафкуралашишдан" ҳамда мафкуравий таъсир ўтказиш мақсадларидан холи бўлиши керак. Глобаллашув имкониятларидан уни ҳаракатга келтирувчи кучлар ўз манфаатлари йўлида фойдаланишдан ташқари бошқаларнинг манфаатлари ва қизиқишлари билан ҳисоблашишлари ўта муҳим.  Ислом Каримов таърифлаганидек, “глобаллашув жараёнининг яна бир ўзига хос жиҳати шундан иборатки, ҳозирги шароитда у мафкуравий таъсир ўтказишнинг ниҳоятда ўткир қуролига айланиб, ҳар хил сиёсий кучлар ва марказларнинг манфаатларига хизмат қилаётганини соғлом фикрлайдиган ҳар қандай одам, албатта, кузатиши муқаррар”[1].

Глобаллашувнинг турли тараққиёт даражасига эга мамлакатларга ўтказаётган таъсири ҳам турлича. Бу ҳол дунё мамлакатларининг иқтисодий, ахборот, маънавий салоҳиятлари ва жаҳон сиёсат майдонида нуфузи қандай эканлигига боғлиқ. Дунёда юз бераётган шиддатли жараёнларнинг ҳар бир мамлакатга ўтказаётган салбий таъсирини камайтириш ва ижобий таъсирини кучайтириш учун шу ҳодисанинг моҳиятини чуқурроқ англаш, унинг хусусиятларини ўрганиш лозим.

 

Ҳозирги кунда глобаллашув жараёни янги-янги ҳудуд ва минтақаларни, инсон фаолиятининг барча соҳаларини ўз домига тортмоқда. Айниқса, мафкуравий ва маънавий соҳада ўз ғоя ҳамда мафкураларини сингдириш, таъсир доираларини кенгайтиришда глобаллашув жараёнлари муҳим ҳалқа бўлиб хизмат қилаётгани ҳаммамизга аён.

Биргина ахборот-коммуникация соҳасидаги глобаллашув жараёнини кузатар эканмиз, унинг таъсири жаҳонда ғоявий ва маданий гегемонлик учун асосий қуролга айланаётганини кўрамиз. Ахборот технологиялари юксалган давлатлар эса, бу жараённинг ҳаракатга келтирувчи кучлари бўлмоқда. Бизнингча, глобаллашув жараёни билан боғлиқ зиддиятлар, аввало маданий-маърифий соҳада яққол намоён бўлмоқда. 

Глобаллашув яратаётган имкониятлардан ҳозирги кунда маънавий бўшлиқни тўлдиришга ҳаракат қилаётган сиёсий ва мафкуравий марказлар фойдаланмоқдалар. Бунинг оқибатида инсоният томонидан катта маънавий йўқотишлар, миллатнинг асрий қадриятлари, миллий тафаккури ва турмуш тарзи издан чиқаётганини, ахлоқ-одоб, оила ва жамият ҳаёти, онгли яшаш тарзига хавф солаётганини алоҳида қайд этиш лозим. Маънавий таҳдид инсон эркинлигига, уни ғоявий қарам қилиш, руҳий дунёсини издан чиқаришга қаратилган бўлиб, у жозибали шиорлар ва ғоялар остида яширинади, диний ва миллий ришталарга болта уради, ёшларнинг қалбини ва онгини эгаллашга, уларнинг дунёқарашига зарарли фикрларни тиқиштиради, охир-оқибатда мамлакат хавфсизлигига ва миллий манфаатларга таҳдид солиб, жамиятни инқироз кўчасига олиб келади. Демак, мазкур хатарлар мамлакати, миллати, ўзи яшаб турган жамиятнинг келажаги ҳақида қайғурадиган, ўзини фуқаролик позициясига эга, юртга дахлдорлик ҳисси юксалган ҳар бир инсонни ташвишга солиши, ўз навбатида унинг олдини олиш учун ўз иқтидори ва салоҳиятини ишга солишни талаб этади.

 

 

[1] Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б 112.

Жойлаштирди: Соипова Мавжуда Каримовна
Кўриб чиқилди: 89
Video darsliklar:

Video darsliklari qo'shilmagan