FOYDALI MANBALAR
Вилоятлар

Maruza matinlari

O’zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi

 

     Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 

 

 

 

 

«Til va adabiyot ta’limi» kafedrasi

 

O`zbek tili    mutaxassisligi bo`yicha o’quv-metodik majmua

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Nukus-2016

 

 

 

 

“O’zbek tili” (Davlat tili)  mutaxassisligi bo’yicha o’quv-metodik  majmua

  1. Mutaxassislik nazariyasi va metodikasi masalalari

 

Jami soatlar hajmi- 38

Ma’ruzalarga ajratilgan soatlar hajmi- 12

Amaliy mashg’ulotlarga ajratilgan soat-26

  1. O’zbek tili   (Davlat tili)ni o’qitishda pedagogic texnologiyalar

 

Jami soatlar hajmi-18

Ma’ruzalarga ajratilgan soatlar-6

Amaliy mashg’ulotlarga ajratilgan soat-12

  1. O’bek tili  (Davlat tili)ni o’qitishda axborot-kommunikasiya texnologiyalari

 

Jami soatlar hajmi- 12

Ma’ruzalarga ajratilgan soatlar hajmi-4

Amaliy mashg’ulotlarga ajratilgan soat-8

 

  1. Chet tili (ingliz tili) asoslari

 

Amaliy mashg’ulotlarga ajratilgan soat-8

 

  1. Tanlov mavzular

 

Amaliy mashg’ulotlarga ajratilgan soat-6

 

O’quv-metodik majmua Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining 2016-yil -----yanvar kungi Ilmiy Kengashining ---- sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

 

 

 

 

 

“O’zbek tili”(Davlat tili) mutaxassisligi bo’yicha o’quv-metodik majmua materiallarining ro’yxati

 

  1. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning  malakasini oshirish bo’yicha davlat talablari.
  2. O’quv- metodik reja.
  3. Dastur.
  4. Kurs yuzasidan zaruruy adabiyotlar ro’yxati.
  5. Ma’ruzalar to’plami.
  6. Tarqatmali materiallar, ko’rgazmali qurollar( o’qitishning interfaol turlari yuzasidan materiallar).
  7. Test topshiriqlari.
  8. Mutaxassislik fanidan malakaviy ishlarining mavzulari

 

 

 

 

“O’zbek tili” (Davlat tili) mutaxassisligi bo’yicha o’quv-metodik majmua “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasining 2016-yil----  yanvar kungi yig’lishida qarab chiqildi --- sonli bayonnomasi bilan tasdiqlandi.

 

 

Taqrizchilar:                   f.f n. I. Qurbanboyev, QDU,

                                  O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi, dotsenti.

 

                                         f.f.n.  E. Xo’janiyozov, NDPI,

                                   O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi, dotsenti.

 

 

 

 

 

 

 

 

 Davlat (o`zbek) tili (rus va qardosh tillardagi sinflar) fanining nazariyasi va o`qitish metodikasi” moduli bo`yicha malaka oshirish     kursi tinglovchilariga qo`yiladigan davlat talablari

Davlat (o`zbek) tili (rus va qardosh tillardagi sinflar) fanining nazariyasi va o`qitish metodikasi moduli bo`yicha tinglovchilar:

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishining hozirgi bosqichida me`yoriy xujjatlar bilan ishlashning mohiyatini anglash va  mavzular asosida o`quvchilar ongiga etkazish,  mustaqil fikrlashga o`rgatish;
  • “2004-2009 yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ning ahamiyatini tushunib etish va  mavzular asosida o`quvchilar ongiga etkazish;
  • bugungi maktab muammolari va maqsadlari. Hozirgi  zamon O`zbek tilini o`qitish uslubining yutuqlari va kelajakda o`qitishni takomillashtirish yo`llarini;
  • ta`limga oid me`yoriy xujjatlardagi yangiliklarni mavzular mazmuniga  singdirib o`qitish metodikasini;
  • o`zbek tili bo`yicha yangi tahrirdagi Davlat ta`lim standartlari unga berilgan ta`riflarni;
  • o`zbek tili bo`yicha  o`quv yuklamalarni optimallashtirish va uzviylashtirish mazmunini;
  • o`zbek tilida  yaratilgan yangi muqobil darsliklarni tahlil qila olishi va ular bilan ishlashi;
  • o`zbek tilini o`qitish bo`yicha tajriba almashish va ilg`or tajribalarni ommalashtirish yo`llarini hamda O`zbek tili bo`yicha ilmiy-tadqiqot, metodik ishlarni olib borish va uni amaliyotga tatbiq etishni;
  •  maktabda o`zbek tili bo`yicha sinfdan va maktabdan tashqari mashg`ulotlar hamda to`garak ishlarni rejalashtirish, tashkil etishning yangi shakllarini;
  • metod birlashma ishlarini tashkil qilish va DTS talablari asosida O`zbek tili  fani xonasini jihozlash talablarini;
  • o`zbek tilini o`qitishda ona tilining o`rni an`anaviy, noan`anaviy darslar, dars tizimi, dars tipi va dars turlarini  bir-biridan farqlashi  va tanlay olishi;
  • o`zbek tili darslarida til va nutq ko`nikmalarini nazorat qilish,yozma ishlarni o`tkazish, murakkab mavzular bo`yicha testlar tuzish hamda ularni qo`llash metodikasini bilishi;
  • o`zbek tili darslarida leksik va grammatik materiallar ustida ishlash metodikasini;
  •  o`zbek tili darslarida  fonetik orfografik materiallar ustida ishlash metodikasini;
  • o`zbek tili darslarida rasm-matn (qo`shiq, she`r) ustida ishlash va ko`rgazmali qurollarni tayyorlashda o`qituvchi va  o`quvchilar bilan ishlash metodikasini;
  • maktabda o`zbek tili darslarini kuzatish va tahlil qilish yo`llarini  o`rgata olishi;
  •  o`zbek tili  o`qitish bo`yicha tajriba almashish va ilg`or tajribalarni ommalashtirish yo`llari  va xujjatlar bilan tanish bo`lishi;
  • mul`timediya va elektron dasliklarning tuzilishi.  O`zbek tili  darslarida Internet, mul`timediya va elektron darsliklardan foydalanish metodikasini;
  • o`zbek tili  darslarida Internet, mul`timediya elektron darsliklardan foydalanishda zamonaviy pedogogik texnologiya metodlari, rasmli animatsiyalar, giper tekst bilan ishlash orqali  o`quvchilar bilimini  boyitish metodikasini  o`rgata olishi;
  • pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta`riflari va metodikadan farqini anglashi;
  •  interfaol ta`lim, uning shakllari va ishtirokchilari interfaol ta`lim shakllarini amalda qo`llash mashqlari bilan ishlay olishi;
  • muammoli ta`lim texnologiyasi asoslari, muammoli ta`lim mashg`ulotlarini tashkil etish va boshqara olishi;
  • muammoli ta`lim texnologiyasi asoslari mazmunini bilishi, muammoli ta`lim mashg`ulotlarini tashkil etish va boshqara olishi
  • pedagogik texnologiya turlari va dars modullari o`quv fanlari misolida darslar mazmuni va jarayoni modullarini belgilash mashqlarini bajara olishi;
  •  tinglovchilarning turli pedagogik texnologiyalar bo`yicha dars ishlanmalarini tahlil qilishi va  baholay olishni;
  • mamlakatshunoslikka oid materiallar va yangi darsliklardan foydalanishning interfaol uslublarini;
  • o`quv fani vositasida o`quvchilarni  milliy g`oya va milliy mafkura ruhida tarbiyalashni;
  • o`quvchilarda ongli ravishda bilim egallash, mustaqil fikrlash va ijod qilish ko`nikmalarini shakllantirish yo`llarini;
  • o`qitish metodikasiga oid bilimlarni yangilab borish, kengaytirish hamda amaliy faoliyatda qo`llashni; 
  • o`quvchilar bilimini  baholashning reyting tizimini;
  • o`zbek tili  bo`yicha fan oyligini tashkil etish va o`tkazish metodikasini;
  • o`zbek tili  bo`yicha muammolar, izlanishlar va yangiliklarni;
  • kasbiy mahoratini mustaqil ravishda oshira borish yo`llarini bilishi lozim.

 

 

 

 

“Davlat (o`zbek) tili (rus va qardosh tillardagi sinflar) fanining nazariyasi va o`qitish metodikasi” moduli bo`yicha malaka oshirish kursining o`quv-mavzu rejasi

 

 

Mavzular nomi

Ma`ruza

Amaliy mashg`ulot

Ko`chma mashg`ulot

Jami

 

 

“Ta`lim to`g`risi”dagi Qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi.

 Rus sinflarida optimallashtirilgan o`zbek tili dasturlarini tuzilishi.

4

 

 

4

 

 

Yangi tahrirdagi  DTS va o`quv dasturlari, yangi avlod darsliklarining mazmun-mohiyati.

4

 

 

4

 

 

O`zbek tili darslarida darsdan tashqari mashg`ulotlarni tayyorlash va o`tkazish metodikasi.

2

6

 

8

 

 

Darsni kuzatish va  tahlil etish

 metodikasi.

 

6

6

12

 

 

O`quvchini baholashning tashkiliy jihatlari. Test tuzish texnologiyasi va undan foydalanish metodikasi.

2

4

 

6

 

 

O`zbek tili fan kabinetining namunaviy jihozlanishi .

 

2

 

2

 

O`zbek tili  darslaridao`yin texnologiyasidan foydalanish

 

4

 

4

 

 

Jami:

12

22

6

40

 

 

“Davlat (o`zbek) tili (rus va qardosh tillardagi sinflar) fanining nazariyasi va o`qitish metodikasi” moduli bo`yicha malaka oshirish kursining  o`quv dasturi

 

1-mavzu. “Ta`lim to`g`risi” dagi qonun  va kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi. (4 soat ma`ruza)

 O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari, “Oliy va o`rta maxsus, xalq ta`limi vazirliklari hamda o`rta maxsus kasb-xunar ta`limi markazining 2008-2012 yillarda uzluksiz ta`lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida ”gi qo`shma buyrug`ining ijrosini ta`minlash, xalq ta`limi vazirligining “Ta`lim muassasalarida ijodiy muhitni rivojlantirish” o`quv yili chora-tadbirlari dasturida belgilangan vazifalarning amalga tatbiqi.

2-mavzu. Yangi taxrirdagi DTS va o`quv dasturlari, yangi avlod darsliklarining mazmun–mohiyati. (4 soat ma`ruza)

Yangi taxrirdagi DTS va o`quv dasturi, yangi avlod darsliklarining bosqichma –bosqich yaratilib amaliyotga kiritilayotganligi. O`rta mahsus, kasb –xunar ta`limi va oliy talimi  DTS va dasturlari bilan  UO`T  DTSlar  qiyosiy o`rganish. Ularning mazmun –mundarijasini solishtirish. O`zbek tili bo`yicha yangi tahrirdagi  Davlat ta`lim standartlari. O`zbek tili bo`yicha yangi tahrirdagi UO`T DTS mazmuni, tuzilmasi. Har bir bo`limning maqsad, vazifalari, ularga ajratilgan vaqt, uning nazariy hamda amaliy jihati. O`zbek tilida  yaratilgan yangi muqobil darsliklar tahlili va ular bilan ishlash o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan majburiy minimal talablar majmui.  DTSni o`quv jarayoniga tatbiq etishda O`zbek tili  o`qituvchisining roli. O`quv materiallarini tanlash va tasniflash. O`zbek tilini o`qitish bosqichlariga tegishli vazifalar xususiyati va o`zaro aloqasi. O`zbek tili o`qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo`yilgan Davlat talablari bo`yicha munozara.

        O`zbek tilini o`qitish bo`yicha tajriba almashish va ilg`or tajribalarni  o`rganishda O`zbek tilida  yaratilgan yangi muqobil darsliklar bilan ishlash.Yangi darsliklarning yutuq va kamchiliklari. Yangi darslik xamda qo`llanmalar bilan ishlash yo`llari va ularning o`ziga xos xususiyatlari. Zamonaviy o`quv darsliklari va  uslubiy qo`llanmalarning tahlil qilish talablari Zamonaviy o`quv darsliklari va  uslubiy qo`llanmalar bilan ishlashda darslikning yutuq va kamchiliklarini ilmiy jihatdan asoslab bera olishi  tajribalari Zamonaviy o`quv darsliklari va  uslubiy qo`llanmalardagi o`kuvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarning muhim jabhalarni farqlash tajribalari.

Zamonaviy o`quv darsliklari va  uslubiy qo`llanmalardagi o`quvchi o`zlashtirishi qiyin  bo`lgan bilim, ko`nikma malakalarning  aniqlash tajribalari. Zamonaviy o`quv darsliklari va  uslubiy qo`llanmalar mazmuniga davra suhbatlari, uchrashuvlar orqali munosobat va fikr bildirish rejasini ishlab chiqish va ommalashtirishni o`rganish.

3-mavzu. O`zbek tili darslarida darsdan tashqari mashg`ulotlarni tayyorlash va o`tkazish metodikasi. (2-soat ma`ruza, 6-soat amaliy)

  Ta`lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarda darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazish, ularga tayyorgarlik jarayonida tadbirlar chog`ida o`quvchilarning nutqini o`stirish o`zbek tilini o`qitish samaradorligini oshirish omillaridan biri.

Darsdan tashqari o`tkaziladigan ommaviy tadbirlarda milliy istiqlol mavkurasi va g`oyalar tarbiyasini amalga oshirish bilan birga rusiyzabon o`quvchilarga o`zbek tilining mavqe, boyligi, qadr-qimmati, ahamiyati, rivojlanish tarixi haqidagi qiziqarli ma`lumot berish orqali ularning umuminsoniy ma`naviyatini yanada boyitish imkoniyati ham yaratiladi. Darsdan tashqari tadbirlar orqali o`quvchilarni o`zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari, musiqasi bilan yaqindan tanishtirish imkoniyatlari bor. Maktabda O`zbek tili bo`yicha sinfdan va maktabdan tashqari mashg`ulotlar hamda to`garak ishlarni rejalashtirish, tashkil etishning yangi shakllari haqida tushuncha uyg`otish, amaliy mashqlar  orqali reja tuzish malakasini rivojlantirish. Sinfdan tashqari  va to`garak ishlarini tashkil qilish, tili o`rganilayotgan mamlakatning qo`shiqlari, hazil latifalar,maqollari,topishmoqlaridan dars va sinfdan tashqari to`garak ishlari jarayonida foydalanish. O`zbek tili fani  bo`yicha  sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda yangi metod va usullardan foydalanish: «B.B.B», «Blum Taksonomiya», «Rezyume» «Sinkveyn», «MSCh» singari metodlardan foydalanish va tadbirlarni tayyorlash va o`tkazish metodikasi.

4-mavzu. Darsni kuzatish va tahlil etish metodikasi. (6 soat ko`chma mashg`ulot).

Maktabda o`zbek tili darsini kuzatish va darsda foydalangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o`rganish, darsning ijobiy, salbiy jihatlarini tahlil qilish. Dars tahlilining ijobiy natijalari. Dars tahlil qilish madaniyati “Fidbek” insturumentidan foydalanish. Fidbekning pedagog taraqqiyotiga ta`siri. O`zbek tili  fanini o`qitishda ona tilining o`rni dars tizimi, dars tipi va dars turlari, an`anaviy, noan`anaviy darslar o`rtasidagi farqlarni amaliy ravishda anglash, o`zbek tilidan dars ishlanmalarini ishlab chiqish va tahlil qilish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalardan namunalar beriladi va ularning tahliliga doir bilim, ko`nakma va malakalar o`rgatiladi.  Tinglovchilarning turli pedgogik texnologiyalar bo`yicha dars ishlanmalarini tayyorlash va taqdimotini tashkil qilish.

5-mavzu. O`quvchini baholashning tashkiliy jihatlari. Test tuzish texnologiyasi va undan foydalanish metodikasi. (2-soat maruza, 4-soat amaliy)

Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o`zbek tilini o`qitishning maqsad va vazifalari, mazmunidan kelib chiqib o`quvchilar BKM sini baholash. Turli manbalardan olingan og`zaki va yozma malumotlarni tushuntirish yo`llari.

 

6-mavzu. O`zbek tili fan kabinetining namunaviy jihozlanishi(2-soat amaliy)

         O`quv xonasining namunaviy jihozlanishi ijtimoiy hayotning illyustratsiyasi emas, balki o`quvchi ruhiyatini, ma`naviy olamini boyitishdagi vositalaridan biri ekanligi.

DTS talablari asosida O`zbek tili  fani xonasini jixozlash, ko`rgazmali qurollarni tayyorlashda o`qituvchi va  o`quvchilar bilan ishlash metodikasi, o`qituvchi, o`quvchi faoliyatini rivojlantirishda metod birlashmaning roli hamda  sinfdan   va  maktabdan tashqari ishlarni tashkillashtirish  bo`yicha chiqarilgan davlat talablari va buyruqlar mazmuni beriladi. Metod birlashma ishini rivojlantirish yullari o`rgatiladi. Metod birlashma faoliyati va  O`zbek tili o`qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari;

  • darsliklar;
  • o`quv metodik qo`llanmalar;
  • didaktik materiallar yaratish;
  • ko`rgazmali materiallar;
  • o`zbek tili o`qituvchilarinig ilmiy tadqiqot ishlari;
  • darsliklar, o`quv metodik ishlar, didaktik materiallar yaratishdagi talablarning muhimligi, ularni yaratishdagi asosiy talablar;
  • ko`rgazmali materiallar, (malakaviy ijodiy)ishlarni tayyorlash yo`llariva ularga qo`yiladigan pedagogik talablar:
  • fan  metodbirlashmasining ish hujjatlari;
  • fan  metodbirlashmasining maqsad  va  vazifalari

fan  metodbirlashma a`zolarining burchlari, huquqlari va vazifalari haqida ma`lumot berish.

Mul`timedia va elektron darsliklarning tuzilishi.  O`zbek tili  darslarida internet, mul`timediava elektron darsliklardan foydalanish . Darslik asosida ochiq dars ishlanmasi texnologik xaritasi yordamida  ishlanma tayyorlashni o`rgatish metodikasi. O`zbek tili  darslarida elektron darsliklarda  o`quvchilar bilimini  rasmli animatsiyalar bilan ishlash orqali boyitish. Rasmlar tasnifi. Rasm ustida ishlashda e`tibor qaratiladigan  jihatlar. Rasm mohiyatini ochishda savollarning ahamiyati. Rasm ustida ishlashning o`ziga xos xususiyatlari, internet orqali dasturdan foydalanish yo`llarini o`rgatish va amaliy  topshiriqlarni mustaqil bajarish, amaliy mashg`ulotni tashkil etish orqali tinglovchilarining  komp`yuterda ishlash malakasini rivojlantirish.

 

7-mavzu. O`zbek tili  darslarida o`yin texnologiyasidan foydalanish(4-soat amaliy)

Ta`limda zamonaviy texnologiya. Ona tili darslarida zamonaviy texnologiyaniqo`llash.

 Adabiy ta`limda o`yin texnologiyalarining o`rni va ahamiyati. O`yin turlari va ulardan foydalanish texnologiyasi.  O`yin texnologiyalari asosida ona tili darslarini tashkil etish.  O`yin-mashqlar har doim shaxsning ma`lum bir  faoliyatga bo`lgan qiziqishini orttiradi.

Mashq davomida o`quvchining muloqotga kirishishi kommunikativ-muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi.

O`quvchining o`z iqtidori, qiziqishi, bilimini va o`zligini namoyon etishga imkon yaratadi.

Hayotda va mashq jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engish, mo`ljalni to`g`ri olish ko`nikmalari tarkib topadi.

O`yin-mashq jarayonida ijtimoiy normalarga mos hulq–atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati  yaratiladi.     

Ko`chma mashg`ulot (6 soat)

G`ofur G`ulom, Abdulla Qahhor uy muzeylari,  “Adabiyot” muzeyida ko`chma ashg`ulotlarni tinglovchilar tanlovi asosida o`tkazish.

          Mashg`ulot o`tkazishdan kuzatilgan maqsad:

  1. Adib hayoti va ijodi bo`yicha muzey rahbarining suhbati.
  2. Muzey eksponatlari bilan ekskursovodning tanishtirishi.
  3. O`rta maktabda AL va KXK da o`tiladigan adiblar hayoti va ijodiga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari haqida suhbat – dars.

 

«Davlat (o`zbek) tili fannini o`qitishda pedagogik texnologiyalar» moduli bo`yicha malaka oshirish kursi tinglovchilariga qo`yiladigan
davlat talablari

 

«Davlat (o`zbek) tilifannini o`qitishda pedagogik texnologiyalar» moduli bo`yicha tinglovchilar:

  • pedagogik texnologiya tushunchasini, uning mazmun – moxiyatini bilishi;
  • pedagogik texnologiyalar ta`lim maqsadini amalga oshirishdagi o`rni va mavqeini tushunib etish;
  • pedagogik texnologiyalarni qo`llash printsiplarini egallash;
  • Ta`limiy va ishchanlik o`yinlarini bilishi;
  • muammoli rivojlantiruvchi ta`lim metodlarini anglay olishi;
  • O`quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishva ta`millash yo`llarini bilishi;
  • o`quvchi faoliyatini baxolay olishi;
  • o`quv jarayonini texnologiyalashtirish haqida tasavvurga ega bo`lishi;
  • Pedagogik muloqot asoslarini tushinib etishi;
  • “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da o`qituvchi va o`quvchi shaxsigaqo`yilgan talablarni bilishi;
  • pedagogik menejment asoslarini egallashi;
  • pedagogik texnologiyalarni qo`llashda vaqt chegarasi masalasini anglab etishi;
  • o`qituvchilarning o`z ustida mustaqil ishlash maxoratini oshirish usullarini egallashi;
  • ko`rgazmali o`qitish usullarini bilish va qo`llay olishi;
  • ilg`or pedagogik texnologiyalarni qo`llab namunaviy –imitatsiya o`quv mashg`ulotlarni tashkil eta bilishi;
  • ta`lim – tarbiyaningfaollashtiruvchi usullarini bilishi, anglay olish va egallashlari kerak.

 

“Davlat (o`zbek) tili fannini o`qitishda pedagogik  texnologiyalar” modulining o`quv-mavzu rejasi 

 

 

MAVZULAR

 ma`ruza           

amaliyot              

Ko`chma                                                              darslar

jami      

 

O`zbek tili o`qitishning zamonaviy muammolari. Pedagogik texnologiya metodlaridan darslarda foydalanish yo`l-yo`riqlari.

6

-

-

6

 

“Venn ”diagrammasi metodidan o`zbek tili darslarida foydalanish.

-

4

-

4

 

“BBB”metodini o`zbek tili darslarida qo`llash.

-

4

-

4

 

“Bumerang”texnologiyasini o`zbek tili darslarida qo`llash.

-

2

-

2

 

“Charxpalak” metodi va uni o`zbek tili darslarida qo`llash.

-

2

-

2

 

Dars ishlanmalarini yaratish, Darsning texnologik xaritasini tuzish.

-

-

6

6

 

Jami:

6

12

6

24

 

 

“Davlat (o`zbek) tili fannini o`qitishda pedagogik  texnologiyalar”
modulining o`quv dasturi 

 

 1-mavzu: O`zbek tili o`qitishning zamonaviy muammolari. Pedagogik texnologiya metodlaridan darslarda foydalanish yo`l-yo`riqlari.  (6 soat ma`ruza)

        Zamonaviy pedogogik texnologiya vositasida yosh avlodni milliy ruxda tarbiyalash va ta`lim berish uchun dars berishning turli-tuman usullaridan foydalanish orqali ko`zlangan maqsadga erishish mumkin.

O`zbek tili o`qitishning zamonaviy muammolari, unda yangi pedagogik  texnologiyalarning  o`rni va ahamiyati,  ta`lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi  taraqqiyotimizning asosi ekanligi, ta`lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarning interfaol metodlarini o`quv jarayoniga tadbiq qilish,  o`zaro hamkorlik tuyg`ularini shakllantirishga erishish nazarda tutiladi.

   2-mavzu. Interfaol  metodlar (Venn)  diagrammasi kabi  metodlardan o`zbek tili darslarida foydalanish (4 soat amaliy mashg`ulot)

    Dars samaradorligini oshirishda ta`lim texnologiyalari va interfaol metodlarning ahamiyati. Ta`limiy-o`yin texnologiyalari. Maktab darslarida interfaol uslublardan foydalanish uslubiyoti va ularni o`quvchilapning bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdagi hamda o`zlashtirish darajasini aniqlashdagi ahamiyati.

  3–mavzu: “BBB” metodini  o`zbek tili darslarida qo`llash (4 soat amaliy mashg`ulot)  

          “BBB”metodi haqidagi.

          Ushbu jadval bilan ishlash ishi ma`lum  o`quv materialini o`qish vaqtida amalga oshirish:

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib  oldim

 

 

 

 

Birinchi ustunga o`quvchi mavzu yoki muammo bo`yicha biladigan barcha narsalar yoziladi.Uchunchi ustunga esa mavzu o`rganilgandan so`ng, bilib olgan  ma`lumotlar, bilimlar yoziladigan.

           Foydalanish doiralari. Gumanitar fanlar tarkibiga kiruvchi darslarda axborot bilan ishlash strategiyasi sifatida, biron mavzu yoki muammo bo`yicha tadqiqotlar o`tkazish uchun tavsiya qilinadi.

            Afzalliklari. Axborot bilan mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantiradi, savollarni ifodalash qobiliyatini shakllantiradi, tadqiqotchilik ishlari bo`yicha dastlabki ko`nikmalarni beradi. 

          

          4-mavzu.”Bumerang” texnologiyasini o`zbek tili darslarida qo`llash bo`yicha amaliy mashg`ulot.(2soat amaliy mashg`ulot).

        “Bumerang”texnologiyasi haqida. Dars va darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, fikrni erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotga ega bo`lish hamda dars mobaynida o`qituvchi tomonidan barcha o`quvchilarni baholay olish. Kitob va matn bilan ishlash taxnikasi. Texnologiyadan foydalanish tartibi. O`zbek tili darslarida qo`llashga qo`yiladigan talablar.

“Bumerang”  texnologiyasi

Texnologiyaning  tavsifi.  Bu  texnologiya  o`quvchilarni  dars  jarayonida,  darsdan  tashqarida  turli adabiyotlar,  matnlar  bilan  ishlash,  o`rganilgan  materialni  yodida  saqlab  qolish,  so`zlab  berish,  fikrini erkin  holda  bayon  eta  olish,  qisqa  vaqt  ichida  ko`p  ma`lumotga  ega  bo`lish  hamda  dars  mobaynida  o`qituvchi  barcha  o`quvchilarni  baholay  olishga  qaratilgan.

         Texnologiyaning  maqsadi.  O`quv  jarayoni  mobaynida  tarqatilgan  materiallarni  o`quvchilar  tomonidan  yakka  va  guruh  holatida  o`zlashtirib  olishlari  hamda  suhbat- munozara  va  turli  savollar  orqali  tarqatma  materialdagi  matn  qay  darajada  o`zlashtirilganligini  nazorat  qilish  va  baholash.  O`quv  jarayoni  mobaynida  har  bir  o`quvchi  tomonidan  o`z  ballarini  to`plashga  imkoniyat  yaratish.

         Texnologiyaning  qo`llanishi.  O`qish  fanida  sinfdan  tashqari  o`qish  darslarida    yakka  tartibda, kichik  guruh, va  jamoa  shaklida  foydalanish  mumkin.

         Mashg`ulotda  foydalaniladigan  vositalar.  O`quvchi  dars  jarayonida  mustaqil  o`qishlari ,  o`rganishlari,  o`zlashtirib  olishlari   uchun  mo`ljallangan  tarqatma  materiallar.

         Mashg`ulotni  o`tkazish  tartibi. Bu  texnologiyaning  bir  necha bosqichda  o`rganilishi aytiladi.

5-mavzu.  “Charxpalak” metodi va uni o`zbek tili darslarida qo`llash metodikasi (2 soat amaliy mashg`ulot).

Charxpalak” metodi va uning tavsifi, maqsadi qo`llanilishi, mashg`ulotni o`tkazish tartibi. O`zbek tili darslarida “Charxpalak” metodini qo`llash uchun o`quv materiallarini tayyorlash. Tarqatma materiallar va matn bilan ishlash metodikasi. 

Charxpalak  texnologiyasi

         Texnologiyaning  tavsifi, maqsadi,  mashg`ulotda  foydalaniladigan  vositalar  (Qog`oz  va  flomaster,  tarqatma  materiallar), mashg`ulotni  o`tkazish  tartibi o`rganiladi.  

         6-mavzu: Dars ishlanmalarini yaratish. Darsning texnologik xaritasini yaratish (6 soat ko`chma mashg`ulot).

   Ta`lim jarayonini loyihalash bosqichlari, darsning 6 bosqichi, ta`lim maqsadi va natijalarini  to`g`ri belgilashda amal qilinadigan tamoyillar. Darsning texnologik xaritasi, uni tuzish bo`yicha tavsiyalar. Dars ishlanmasini namunaviy loyihasini yaratish. Darslarda uyga vazifaning mazmunini ishlab chiqish. Darsga qo`yiladigan talablar. Modellashtirilgan dars. Ta`lim samaradorligini oshirishda darsning ahamiyati. Dars jarayonini tashkil etish. Darsni tahlil qilishning asosiy yo`nalishlari. Darsni baholash tartibi o`qituvchi va o`quvchining darsdagi faoliyati.

 

«Davlat (o`zbek) tili fannini o`qitishda axborot texnologiyalari» moduli
bo`yicha malaka oshirish kursi tinglovchilariga qo`yiladigan
davlat talablari

 

«Davlat (o`zbek) tili fannini o`qitishda pedagogik texnologiyalar» moduli bo`yicha tinglovchilarning:

  • Davlat (o`zbek) tilida axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish;
  • Microsoft Word dasturi yordamida geografiya elektron dars ishlanmalarini yaratish texnologiyasi;
  • Microsoft Excel dasturi yordamida geografik ma`lumotlarni qayta ishlash texnoloiyasi;
  • Microsoft Power Point dasturi yordamida geografiyadan dars taqdimotlarini yaratish texnologiyasi;
  • “Paint” dasturidan geografiya darslari jarayonida foydalanish;
  • Davlat (o`zbek) tili fanidan yaratilgan elektron darsliklardan o`quv jarayonida foydalanish. Internet tarmog`ida ishlash, elektron pochta xizmatidan foydalanish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlari talab etiladi.

 

«Давлат (ўзбек) тили фанини ўқитишда ахборот технологиялари» модулининг ўқув-мавзу режаси

Mavzular

Jami

Ma`ruza

Amaliy

 

O`zbek tili  fani yo`nalishida yaratilgan elektron darsliklar, elektron ta`lim vositalari va ularni dars jarayonida qo`llash

2

-

2

 

O`zbek tili   darslarida foydalaniladigan internet saytlari, resurslari va ulardan darsda foydalanish metodikasi

2

-

2

 

Maktab   O`zbek tili   kursini o`qitishda axborot kommunikasiya texnologiyalaridan  va texnik vositalardan foydalanish bo`yicha amaliy topshiriqlarni bajarish (o`qituvchi o`zining elektron portfoliosini yaratishi)

2

-

2

 

O`zbek tili   fani uchun o`quv fil`mlari to`plamidan dars jarayonida foydalanish metodikasi

2

-

2

 

O`zbek tili   fanidan audiovizual mul`timedia vositalari yordamida metodik mahsulot yaratish usullari va undan foydalanish

2

-

2

 

«S-TeST» diagnostik test dasturi bilan ishlash

 

2

-

2

 

Jami:

12

 

12

 

“Davlat (o`zbek) tili fannini o`qitishda axborot texnologiyalari
modulining o`quv dasturi 

 

 

1-mavzu: O`zbek tili darsi uchun Microsoft Office Power Point dasturi yordamida o`quv materiallarini, dars taqdimotlarini tayyorlash metodikasi (2 soat amaliy mashg`ulot).

TaqdimotlarMicrosoft Office Power Point dasturi va uning imkoniyatlari. dasturi menyusi, uskunalar paneli va formatlash elementlari.  Slaydlar bilan ishlash, ularni o`zgartirish, yangi slaydlar qo`shish. Slaydlarga animatsiyalar kiritish, ovoz yozish, dizayn berish amallarini o`zlashtirish. Dars taqdimotlarini yaratish.

2-mavzu:O`zbek tili darslarida foydalaniladigan internet saytlari, resurslari va ulardan darsda foydalanish metodikasi (2 soat amaliy mashg`ulot, 2 soat mustaqil ish).

Internet saytlari va ularning tasnifi. Ona tili va adabiyot  faniga oid saytlar va ulardan darsda foydalanish metodikasi.

Tarmoq kundaligida Coogle, MSN and Yahoo kabi qidiruv tizimlaridan foydalanish. Biznes, siyosat, din, oilaviy munosabatlar, musiqa, san`at, matn, fotosurat, audio va video fayllardan foydalanish. Blok yaratish uchun  www.Blogger.com`da ro`yxatdan o`tish.

3-mavzu: Maktab O`zbek tili  kursini o`qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan  va texnik vositalardan foydalanish bo`yicha amaliy topshiriqlarni bajarish (o`qituvchi o`zining elektron portfoliosini yaratishi)

e-portfolioni tuzishda qo`llaniladigan dasturiy ta`minot: Ms Power Point, Adobe Acrobat. Elektron portfolioning tarkibiy qismlari:Titul sahifasi, Kirish va mustaqil ish mavzusining qisqacha mazmuni, Mundarija aks ettiriladi: o`rganilgan/ bajarilgan topshiriqlar/ salohiyat ko`rsatkichlari, Dalillar / artefakt: bajarilgan topshiriqlar bo`yicha materiallar joylashtirilgan papkalar (mundarija giperssыlkasi), calohiyatini rivojlantirish bo`yicha o`rganishning davomi. Portfolio formati. Titul sahifasi.     Mening Portfoliom.   Ismi – 2.  Kirish va mavzu bo`yicha umumiy ma`lumot. 3. Mundarija 4.  1-mazmun 5.  2-mazmun

4-mavzu: O`zbek tili fani uchun fil`mlar to`plamidan dars jarayonida foydalanish metodikalari (2 soat amaliy mashg`ulot)

Ona tili va adabiyot badiiy fil`mlar va o`quv fil`mlaridan dars jarayonida foydalanish uchun materiallar to`plash, ularni qayta ishlash, dars mavzusiga moslashtirish, taqdimotni tayyorlash metodikasi

5-mavzu: Virtual muzeylar, virtual kutubxona materiallaridan o`zbek tili  darslarida foydalanish (2 soat mustaqil ish).

Internet tarmog`ida dunyo muzeylari saytlarini izlash, virtual muzeylar  materiallarini to`plash, ularni davrlar yoki hududlar bo`yicha turkumlashtirish, dars uchun muzey materiallaridan o`quv materiali tayyorlash va undan darsda foydalanish  metodikasi

6-mavzu: O`zbek tili fanidan audiovizual mul`timedia vositalari yordamida metodik mahsulot yaratish usullari va undan foydalanish (2 soat amaliy mashg`ulot, 2 soat mustaqil ish)

  1. Ma`lumot yig`ish. Birlamchi qayta ishlash. Audio va video materiallarni qayta ishlash. Yig`ilgan materiallarni tizimlashtirish. Dasturiy ta`minot bazasiga biriktirish. Yaratilgan audiovizual mul`timedia metodik mahsulotlaridan dars jarayonida foydalanish.

7-mavzu: «S-TEST» diagnostik test dasturi bilan ishlash

(2 soat amaliy mashg`ulot).

S-TEST diagnostik test dasturining tuzilishi:  Fanni baholash uslublari. S_test diagnostik test dasturining ish prinsipi. Dasturiy ta`minot uchun test tuzish texnologiyasi va printsiplari. Dastur bazasi bilan ishlash. Test natijalarini savol-javob sxemasida tahlil qilish.

 

Davlat (o`zbek) tili  o`qituvchilari malakasini  oshirish kurslari uchun
 tavsiya etiladigan tanlov mavzulari bo`yicha tinglovchilarga qo`yiladigan davlat talablari

 

Tanlov mavzulari  moduli bo`yicha tinglovchilar:

  • zamonaviy ta`lim vositalaridan o`zbek tili o`quv predmetini o`qitishda foydalanish;
  • o`zbek tili o`quv predmetini o`rta maxsus, kasb- hunar ta`limi muassasalaridagi tayyorlov yo`nalishlariga moslab o`qitish;
  • o`zbek tili o`quv predmetini o`qitishda didaktik o`yin-mashq materiallarni ishlab chiqish texnologiyasiga ega bo`lishlari lozim.

 

 

 

 

Davlat (o`zbek) tili  o`qituvchilari malakasini oshirish kurslari
uchun tavsiya etiladigan tanlov mavzulari

 

Mavzular

Jami

Ma`ruza

Amaliy

1

Zamonaviy ta`lim vositalaridan o`zbek tili o`quv predmetini o`qitishda foydalanish

 

2

 

2

2

O`zbek tili o`quv predmetini o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalaridagi tayyorlov yo`nalishlariga moslab o`qitish

 

2

 

2

3

O`zbek tili o`quv predmetini o`qitishda didaktik o`yin-mashq materiallarini ishlab chiqish texnologiyasi

 

2

 

2

 

Jami

6

 

6

 

 

 

 

Davlat (o`zbek) tili  o`qituvchilari malakasini oshirish kurslari
uchun tavsiya etiladigan tanlov mavzularining
o`quv dasturi

 

1. Zamonaviy ta`lim vositalaridan o`zbek tili o`quv predmetini o`qitishda foydalanishni bilishi (2 soat amaliy mashg`ulot).

2 O`zbek tili o`quv predmetini o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalaridagi tayyorlov yo`nalishlariga moslab o`qitishni o`rganish (2 soat amaliy mashg`ulot).

3. O`zbek tili o`quv predmetini o`qitishda didaktik o`yin-mashq materiallarini ishlab chiqish texnologiyasidan foydalanishni bilish (2 soat amaliy mashg`ulot).

 

 

Foydalaniladigan adabiyotlar, elektron ta`lim ashyolari va didaktik vositalar

 

1. И.Каримов. «Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида». Тошкент. 1999 йил.

2. И.Каримов. «Ўзбекистон буюк келажак сари». Тошкент. 1998 йил.

3. И.Каримов. «Баркамол авлод орзуси» Тошкент. 1998 йил.

4. И.Каримов. «Ўзбекистон ХХ1 асрга интилмоқда» Тошкент. 1999 йил.

5. И.Каримов. «Маънавий юксалиш йўлида» Тошкент. 1998 йил.

6. И.Каримов. «Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори» Тошкент. 1997 йил.

7. Каримов И.А. «Юксак маънавият енгилмас куч» асари. Тошкент «Маънавият» нашриёти 2008 йил.

8. Kаримов И.А. «Ўзбекистониннг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли». Т.: «Ўзбекистон», 2007, «Халқ сўзи» 2007 йил  31 август.

9. Kаримов И.А. «Янгиланиш ва барқарор тараққиёти йўлидан янада изчил ҳаракат қилиш, халқимиз учун фаровон турмуш шароити яратиш - асосий вазифамиздир». «Халқ сўзи»,   2007 йил   13 феврал.

10. Karimov I.A. «O`zbek xalqi hech qachon va hech kimga qaram bo`lmaydi». Asarlar, 13 tom. 2006 yil.

11. Karimov. I. A. -Yangi O`zbekiston Prezidenti. T.: «O`zbekiston», 1996.

12. Karimov I.A. «Milliy davlatchilik, istiqlol mafkurasi va Huquqiy madaniyat to`g`risida». T., 1999.

13. Karimov I.A. «O`zbekiston buyuk kelajak sari». T.: «O`zbekiston», 1999.

14. Karimov I.A. «Inson, uning xuquqi va erkinliklari hamda manfaatlari - eng oliy qadriyat». O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi hay`at majlisining 2001 yil 21-iyuldagi «Xalq ta`limi tizimida uzluksiz Uslubiy xizmatni takomillashtirish to`g`risida»gi 7/3 sonli qarori.“Ta`lim taraqqiyoti” 2001 yil 3-soni.

15. Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида» ги қонуни ва «Кадрлар тайёрлаш миллий дастури» 1997 йил 29 август.

  1. «Ўзбекистон Республикасида умумий ўрта таълимни ташкил қилиш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 1998 йил 13- майдаги 203-сонли қарори.
  2. «Умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида». 1999 йил 16 август.

18. Ўзбекистон Республикасининг давлат рамзлари.

19. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Тошкент. 2003 йил.

20. «Маънавият ва маърифат» маркази фаолиятини янада такомиллаштириш ва самарадорлигин ошириш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1996 йил  9 сентабрдаги фармони.

21. «Маънавий-маърифий ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва унинг самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида» ги Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 24 июлдаги 311-сонли қарори.

  1. «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» Тошкент. 2001 йил.

23. М.Мирқосимов. «Мактабни бошқаришнинг назарий ва Педагогик асослари». Тош-1995 йил.

24. Р.Ахлидинов ва бошқалар. «Мактаб бошқарувида ички назорат» Тошкент-1996 йил.

25. Ж.Ғ.Йўлдошев,  С.А.Усмонов. Педагогик технология асослари.  «Ўқитувчи»  2004 йил.

26. Р.Ҳ.Жўраев, Ў.Қ.Толипов, Ш.С.Шарипов.  Узлуксиз таълим тизимида ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтиришнинг илмий-педагогик асослари.  «Фан» 2004 йил.

27. А.Агзамов, А.Юсупов. Ўқувчиларга билим беришда инновацион    усуллардан фойдаланиш. Тошкент, 2003 йил.

24. Рейтинг тизими тўғрисида Низом. Тошкент 2006 йил.

25. Ж.Ғ. Йўлдошев. “Таълимимиз истиқлол йўлида”. Тошкент. 1996 йил.

26. Р.Ҳ. Жўраев, С.Т. Турғунов. “Таълим менежменти”. Т. 2006 йил.

27. Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш бўйича меёрий ҳужжатлар тўплами. НВПКҚТМОИ нашириёти 2005 – йил.

28. Узлуксиз таълим тизимида ўқувчиларнинг касб-ҳунарга йўналтиришнинг илмий-педагогик асослари мавзусида Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Тошкент 2002-йил 15-16 ноябр.

29. Э. Қўрғонбоев. Мактаб ички бошқарув тизими мониторинги ва уни амалга оширишнинг педагогик йўналишлари. Тошкент 2003 йил.

30. Узлуксиз таълим тизимида методик хизматни такомиллаштириш.  Халқ та`лими вазирлигининг 2002 йил 26 аърелдаги 70-сонли буйруғи.

31. Педагог ходимларни қайта тайёрлаш ва малакасини оширишга қўйиладиган Давлат талаблари. Халқ таълими вазирлигининг 2002- йил 26- аърелдаги 70-сонли буйруғи.

32. Ўзбекистон Республикаси  Вазирлар Маҳкамасининг 2006- йил 16 февралдаги  “Педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида”ги 25 – сонли қарори.

33. ХТВ нинг 2006  йил 7 июндаги “Педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва малака ошириш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида”ги 149-сонли буйруғи.

34. ХТВ нинг 2006- йил 21-июлдаги “Қайта тайёрлаш ва малака ошириш таълими бўйича бериладиган ҳужжатлар ҳақида ”ги 187-сонли буйруғи.

35. Farberman B.L, Asomov D.K. Pedagogik testlar va Tinglovchilar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting usuli. T. RUUI. 1995. 102 b.

36. A.Hojiahmedov. She`riy san`atlar va mumtoz qofiya. – T.:Sharq,1998,160 b.

37.A.Hojiahmedov. She`riy san`atlarni bilasizmi? – T.: Sharq, 1999, 96 b.

38.A.Hojiahmedov. Mumtoz badiiyat malohati. – T.: Sharq, 240 b.

39.A.Hojiahmedov. Maktabda o`rganiladigan mumtoz she`riyatning vazn ko`rsatkichlari. – T.: Sharq, 2001.

40.A.Hojiahmedov. O`zbek aruzi lug`ati. – T.: Sharq, 1998.

41.O. Madaev. O`quvchilar bilimini baholashda vaqtdan samarali foydalanish usullari. T:- 2007y.

  1. http://www.istedod.uz - “Iste`dod” jamg`armasi sayti.

43. http://www.edunet.uz - maktablar, o`quvchi va o`qituvchilar sayti.

 

 

 

 

 

1-Mavzu: “Ta’lim to’grisida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi. Rus va qardosh tillardagi sinflarda optimallashtirilgan o’zbek tili dasturlarining tuzilishi

 

                                                                         (4 soat ma’ruza).

                          

Fan:        O’zbek tili (Davlat tili) fani                         Auditoriya : 324

 

Mavzu: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi. Rus va qardosh tillardagi sinflarda optimallashtirilgan o’zbek tili dasturlarining tuzilishi   (4 soat ma’ruza).

Kalit so’zlar: DTS , yangi avlod  darsliklari , uzviylik, izchillik, uzluksizlik, takomillashtirilgan o’quv  dasturi, interfaol ta’lim, ta’limda  tenglik, дидактика, методика.

 Soatlar soni: (4 soat ma’ruza)

Мa’ruza matnini ishlab chiquvchi: Ikrombek Xolmurodov.

Ма’ruza matnni tayyorlagan vaqti: 2016 yil, 4- yanvar.

Ish joyi: Qoraqalpog’iston RXTXQT va UMOI.

 

Mavzuning qisqacha ta’rifi:

«Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ona tili masalasiga katta e’tibor berilgan. SHunga ko’ra har qanday etuk kadrning o’z ona tilini yaxshi egallagan bo’lishi unga qo’yiluvchi asosiy talablardan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o‘qish va ishlash jarayonida mahalliy millat vakillari bilan teng munosabatda bo‘lishlari, barcha sohalarda erkin fikr almashishlari uchun o‘zbek tili ta’limi xalqaro standart talablariga javob berishi, o‘zbek tilini kommunikativ va lingvistik kompetensiyasi bo‘yicha yetarli darajada egallashlari ko‘zda tutiladi.        

Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz majburiy ta’lim tizimida  o‘zbek (davlat) tilini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun o‘zbek tilida kommunikativ kompetensiyasini,  ya’ni o‘quvchining o‘zbek tili bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikmalarini muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.

“O‘zbek tili” fanidan o‘quv dasturi  ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarining 2-9-sinflari  o‘quvchilari davlat ta’lim standartining A1 darajasi talablariasosida  tuzildi.  DTSning  A1 darajasi umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich – 2-4-sinflari uchun me’yor hisoblanadi. Ushbu ta’lim bosqichlari bitiruvchilari DTSning ushbu darajalari uchun qo‘yilgan talablarga javob berishlari shart. 

 

 O’quv jarayonini amalgаoshirishtexnologiyasi. Kattalar bilan ishlash.

Меtod:  Suhbat, savol- javob  metod.

 

Shakl:  Suhbat, ma’ruzа, yakkа tartibdа, juftlikdа vа kichik guruhlardа ishlash.

Vositalar (Texnik  va didak): o’zbek tili darsliklar, tarqatma materiallar, marker, kley, skvoch, flipchat  va rangli qog’ozlar, ma’ruzaа asosidа tayyorlangan taqdimot slaydlati,  doska, kompyuter, proektor va boshqа resuslar.

Nazorat:   Og’zaki nazorat,  savol- javob,  kuzatish.

Baholash: Rag’batlantirish, guruhlar ishini baholash, o’z-o’zini  baholash.

Dars / ma’ruza/ning maqsad  va  vazifalari:

Maqsadlar:

 Ta’limiy:Ishtirokchilaro’zbektili  fanidanyangitahrihdagiDTS, optimallashtirilgano’quvdasturlari, darslik, o’quvqo’llanmalarihaqidama’lumotgaegabo’ladilarvaularningtahlilibilan  tanishadilar.  

  Tarbiyaviy:  Tinglovchilar o’zbek tili   fanidan uzviylashtirilgan DTS asosida ta’lim va tarbiya uzviyligiga oid uzviylashtirilgan mavzularning mahiyatini amaliy mashqlar orqali o’zlarida sinovdan o’tkazadilar.

Rivojlantiruvchi: Tinglovchilarning mavzuga oid nazariy va  amaliy bilim hamda  ko’nikmalari rivojlantiriladi. 

 

Vazifalar: (maqsadga mos ravishda vazifalarni tinglovchi uchun topshiriq yoki savol shaklida ifodalang).

Ta’limiy savol:

 1. Yangi tahriridagi DTS haqida qanday ma’lumotga egasiz?

2. Amaldagi darsliklar va uzviylashtirilgan dastur va  darsliklarning  o’xshash va farqli tomonlari  haqida o’z  fikrlaringiz bilan  o’rtoqlashing?

Tarbiyaviy savol:Mavzularning  o’zaro bog’liqligiga misollar keltiring.

Rivojlantiruvchi savol: Optimallashtirilgan DTS va takomillashtirilgan  o’quv  dasturlari hamda yangilangan darsliklardagi bilim, ko’nikma va malakalarning o’quvchi yoshiga mosligi darajasiga to’xtalib o’ting?

 

REJA:

 

  1. Til – ijtimoiy hodisa.
  2. O’zbek tili – davlat tili.
  3. Hozirgi o’zbek adabiy tili kursi shu tilning ilmiy asosda o’rganuvchi fan.
  4. O’zbek tili va uning taraqqiyot bosqichlari.
  5. O’zbek tili rivojlanishining asosiy omillari.
  6. Hozirgi o’zbek adabiy tilining bo’limlari.

Til ijtimoiy hodisadir. Chunki u biror yakka shaxs yoki guruh tomonidan yaratilmaydi. Til jamiyatning maxsuli bo’lib, ibtidoiy jamoa davrida kishilarning birlashib yashashi va birga mehnat qilish jarayonida yuzaga kelgan. U faqat jamiyatda, odamlar orasidagina mavjud bo’ladigan ijtimoiy quroldir. Til jamiyat tomonidan yaratilganligi uchun ham, uning yashashi va rivojlanishi shu tilda gaplashuvchilarning mavjudligi va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. CHunki jamiyatda ro’y bergan o’zgarishlar ta’sirida til ham o’zgarib va rivojlanib boradi. Buni ayniqsa, tilning lug’at sathida yaqqol kuzatish mumkin. Demak, tilning rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’langandir.

O’z navbatida jamiyat ham tilsiz rivojlana olmaydi. Zero, u kishilarning o’zaro muomala va munosabatlarini ta’minlovchi eng muhim aloqa vositasi sanaladi. Kishilar o’zlarining eng nozik his-tuyg’ularidan tortib eng oddiy salomlashishgacha barchasini til orqali ifoda etadilar.

Hazrat Alisher Navoiy:

Til ayladi insonni judo hayvondin

Bilkim guhari yo’q sharifroq ondin.  

deb bejiz yozmagan edi.

         Dunyoda 3000 dan ortiq til bo’lib, ular o’zaro genetik jihati, tipologiyasi, mohiyati, yozuvga ega yoki ega emasligi, jamiyat hayotida tutgan o’rni va unda gaplashuvchilarning umumiy miqdori kabi belgilari bilan farqlanadi. O’zbek tili ham shular jumla

Жойлаштирди: Холмуратов Икром Окманович
Кўриб чиқилди: 2715